Frontend (React)

Frontend (React)

@unilance

Vazifalar:

  • React.js asosida web-ilovalarni ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash;
  • Frontendni backend xizmatlari bilan REST API orqali integratsiya qilish;
  • Foydalanuvchi interfeysini yuqori tezlik va kross-brauzer mosligi uchun optimallashtirish;
  • Responsive va moslashuvchan dizaynni amalga oshirish;
  • Zustand yoki Redux orqali holatni boshqarish tizimlari bilan ishlash;
  • TanStack Query yordamida API bilan samarali o‘zaro aloqani yo‘lga qo‘yish;
  • React Router orqali navigatsiya va marshrutlashni amalga oshirish;
  • Google Maps, Yandex Maps yoki Leaflet kartalarini integratsiya qilish;
  • Mavjud kodni yaxshilash, yangi funksiyalarni joriy etish;
  • Dizaynerlar va backend dasturchilar bilan hamkorlikda kompleks yechimlar yaratish;
  • Loyihaning arxitekturasi ustida rejalashtirish va muhokamalarda ishtirok etish.

Talablar:

  • React.js da tijoriy tajriba — kamida 1–2 yil;
  • TypeScript va JavaScript (ES6+) ni yaxshi bilish;
  • HTML5, CSS3 ni mukammal bilish;
  • Zustand/Redux yoki boshqa state management kutubxonalarida tajriba;
  • TanStack Query va React Router bilan ishlash tajribasi;
  • Google/Yandex/Leaflet kartalarini integratsiya qilish tajribasi;
  • Git bilan ishlash va jamoaviy dasturlash tamoyillarini tushunish.

Afzal jihatlar:

  • Vite bilan ishlash tajribasi;
  • styled-components bilan ishlash ko‘nikmasi;
  • Ant Design (AntD) dan foydalanish tajribasi;
  • Frontend ilovalari ishlash tezligini optimallashtirish bo‘yicha bilimlar.

Ish sharoitlari:

  • Suhbat natijasiga qarab raqobatbardosh maosh;
  • Zamonaviy mahsulot jamoasida ish;
  • Katta IT-loyihalarni rivojlantirishda ishtirok va professional o‘sish;
  • Do‘stona jamoa, zamonaviy texnologiyalar va qiziqarli loyihalar.

Report Page