Frontend Dasturchi
@MylanceBytetown - saytlar yaratuvchi kreativ studiya. Biz zamonaviy dizayn va murakkab animatsiyaga ega shablonsiz loyihalar yaratamiz va shuning uchun mijozlar bizni yaxshi ko'radilar. Biz loyihalarimizning Frontend qismini yaratuvchi va jamoamizning bir bo'lagiga aylanishga tayyor dasturchini izlayapmiz.
Biz qanday ishlaymiz:
- CJM va strukturani yaratamiz
- Figma'da dizayn qilamiz va prototiplashtiramiz
- Verstka va dasturlashga beramiz. Ayrim loyihalarni React'da yozamiz
- JIRA'da davriy ravishda loyihalarni boshqarib boramiz
Biz uchun muhim:
- Murakkab loyihalarni verstka qilishda 3 yildan ortiq tajriba (animatsiyani qo'llagan holda, agar webgl ishlatgan bo'lsangiz plyus bo'ladi)
- Saytning yuklash tezligini optimizatsiya qilish va oshirish
- BEM metodologiyasi yoki biror boshqasini bilish (tizimli yondashuv muhim)
- Git
Plyus bo'ladi:
- React/Vue, Next.js/Nuxt.js bo'yicha ish tajribasi
- GSAP va uning plaginlari bo'yicha ish tajribasi
- Google PageSpeed Insights 80 balldan yuqori saytlarni optimizatsiya qilish bo'yicha tajriba
- Linux bo'yicha ish tajribasi
Biz taklif etamiz:
- Ishni erkin boshlash va masofaviy ish
- Jamoa lidigacha o'sish imkoni
- Yilda 28 kunlik ta'til
- Portfolio'ga joylab faxrlanish imkonini beruvchi qiziqarli loyihalar bo'lishiga va'da beramiz
Tanishishdan xursand bo'lamiz, intizorlik bilan bizga murojaat qilishingizni kutamiz!
👉 Murojaat uchun: hr@bytetown.ru