Front-end , Back-end va Full-stack haqida
Javohir Abdirasulov
Frontend (frontend developer) saytning HTML, CSS va JavaScriptda tayyorlanishi uchun mas’ul bo’ladi. Bugun frontend ustalar kechagi oddiy verstka qiluvchilar emas. Ular endilikda saytlarning responsive (moslashuvchan) bo’lishi, barcha ekranlarda bir xil ko’rinishi, saytdan foydalanishdagi qulayliklar haqida o’ylashlari kerak bo’ladi. Front end dasturchilar dizayner chizib bergan sayt rasmini HTML, CSS va JavaScript yordamida jonlantiradilar. Sayt ko'rinishini foydalanuvchilarga qulay qilib tayyorlash, turli effektlar ishlatish ham front end dasturchilar vazifasidir.
Backend (backend developer) esa asosan server tomonda ishlaydigan dasturlash tillari bilan ishlashadi. Sayt foydalanuvchilari saytning frontend qismida yuborgan ma’lumotlarning serverga jo’nalishi, ularning qayta ishlanishi va foydalanuvchiga qaytarib jo’natilishi – bularning barchasi backend usta mehnati natijasi ro’yobga chiqadigan jarayonlar hisoblanadi.Back-end ustalar saytning ko’rinishi, tashqa tomoni haqida qayg’urmay, uning faqat ichki, “parda ortida” ishlashi to’g’risida bosh qotirishadi. Back-end dasturichilar sayt va ma'lumotlar bazasining xavfsizligiga ham javobgardir.
Full stack (Ma'lumotlar bazasi, foydalanuvchi interfeysi va dasturning biznes jarayonlarini tashkil qiluvchi) web dasturchilar, Ular Stack Overflowning 2019 yilgi olib borgan so'roviga ko'ra hozirgi kunda juda ham ko'p izlangan, kerakli hamda eng yuqori maosh oladigan dasturchilar bo'lib chiqdi. Chunki full-stack dasturchilardan bir vaqtning o'zida saytning ham tashqi ham ichki (frontend-backend) qismini birdek tushuna olishi talab etiladi.
Xulosa qilib aytganda, front end – saytning tashqi ko’rinishi,dizayni va moslashuvchanligi. Back end – saytning server qismi va baza boshqaruvini o'z ichiga oladi. Full-stack - bir vaqting o'zida ham fronend ham backend bilan ishlash.