Front End dasturlash nima va Front End dasturchi kim?

Front End dasturlash nima va Front End dasturchi kim?

Jahongir Murodboev

Assalomu alaykum hurmatli do'stlar!

Bugun siz bilan “Front End dasturlash nima va Front End dasturchi kim?”  ekanligini ko’rib chiqamiz.

Front End Web Development
  • Front End nima va Front End dasturchi kim o’zi?
  • Front End dasturchi uchun qanday dasturlash tillari va kutubxona-freymworklari kerak?
  • Front End dasturchi uchun qaysi dasturlar kerak bo’ladi?
  • Front End dasturchilar qancha maosh olishadi?

1. Front End nima va Front End dasturchi kim o’zi?

Front End – bu turli xil web-saytlar, web-ilovalarning bizga ko’rinib turgan qismi hisoblanadi. Siz ko’rgan barcha saytlardagi turli xil animatsiyalar, tugmalar, matnlar, rasmlar va boshqa barcha bizga ko’rinib turgan qismi Front Endga kiradi.

Front End dasturchi – bu o’sha saytni Front End qismini yaratuvchi dasturchi hisoblanadi.

2. Front End dasturchi uchun qanday dasturlash tillari va kutubxona-freymworklari kerak?

 Asosan Front End dastuchi uchun 1-kerak bo’ladigan texnologiyalar – HTML5,CSS(Sass, SCSS),Bootstrap 2-kerak bo’ladigan dasturlash tili va kutubxona – Javascript, jQuery va siz uchun hozirgi 2021-yilda eng kerak bo’ladigan Front End freymworklar – React.js, Vue.js, Angular.js(Typescript). 

  • HTML5,CSS(Sass, SCSS), Bootstrap
  • Javascript, jQuery
  • React.js, Vue.js, Angular.js(Typescript)

Agar siz ushbu texnologiyalarni yaxshi, puxta o’rgansangiz siz haqiqiy Front End dasturchi bo’lasiz!

3. Front End dasturchi uchun qaysi dasturlar kerak bo’ladi?

Front End dasturchi uchun eng kerak bo’ladigan dasturlar: 

  • Kod yozish uchun – Visual Studio Code, Sublime Text, Atom, Notepad ( hamma o’z hohishiga binoan har turli dasturlarni ishlatishadi J )
  • Brauzer – Google Chrome, Yandex Browser
  • Dizayn uchun – Adobe XD, Figma, Adobe Photoshop

4. Front End dasturchilar qancha maosh olishadi? 🤔

O’zbekistonda Front End dasturchilar kamida 500$, o’rtacha 1 000$, eng ko’pi bilan va ishiga qarab 2 000$ – 3 000$ gacha topishadi. 

( hh.uz sayti ma’lumotlariga ko’ra)

Boshqa davlatlarda esa Front End dasturchilar kamida 3 500$, o’rtacha 5 000$, eng ko’pi bilan va ishiga qarab 8 000$ – 10 000$ gacha topishadi.

( linkedin.com sayti ma’lumotlariga ko’ra )

Savol: 🤔 Men qanday Front End dasturchi bo’lishim mumkin?

Javob: Siz bepul Uzbekcoders.uz platformasining Front End Development kursida o’qib Front End dasturchi bo’lishingiz mumkin. 

 Albatta o’zingiz ham internet orqali o’rganib bilimlaringizni mustahkamlab turishni unutmang!

Motivatsiya: 
🔷 Agar ta‘lim sizga juda qimmat tuyulayotgan bo‘lsa, bilimsizlik qanchaga tushishini tekshirib ko‘ring!
📓 Benjamin Franklin
🔷Muvaffaqiyatga erishish uchun sizdagi g'alabaga bo'lgan istak muvaffaqiyatsizlikka bo'lgan qo'rquvdan kuchli bo'lishi kerak!
✍️ Rokfeller
🔷“Ertaga” hech qachon kelmaydigan kun. Agar nimadir qilmoqchi boʻlsang, bugun boshla!
📓Lavanda Ilindi
🔷Faqat fokus guruhlarga tayanib mahsulotlar yaratish juda mushkul. Odamlar koʻpincha toki koʻrsatmaguninggacha, oʻzlariga nima kerakligini bilishmaydi🙂
📓Stiv Jobs 
🔷Agar baxtli yashashni istasangiz baxtni maqsadga bog'lang, odamlar yoki narsalarga emas
✍️ Albert Einstein

 Maqolani Uzbekcoders Community da o'qish uchun: 👉http://community.uzbekcoders.uz/post/front-end-dasturlash-nima-va-front-end-dasturchi-kim-600ff02b4c720dbf3e84fb53

Report Page