Fransiyaning “Veolia” kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Fransiyaning “Veolia” kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi


Vazirlik rahbariyati va “Veolia” kompaniyasining Markaziy Osiyo, Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari bo‘yicha katta ijrochi vitse-prezidenti Filip Gitar boshchiligidagi kompaniya vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muhokamaning asosiy mavzulari hamkorlik istiqbollari, xususan, barqaror rivojlanish institutini tashkil etish imkoniyatlari bo‘ldi. Institut kommunal va energetika sohasi uchun muhandis hamda texniklarni tayyorlash bilan shug‘ullanadi.

Shuningdek, “Veolia” kompaniyasi O‘zbekistonda DXSh sohasida qo‘shma loyihalar uchun mintaqaviy platforma yaratish niyatida ekanini maʼlum qildi. Platformaning asosiy yo‘nalishlari issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti, kanalizatsiya va sug‘orish nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish bo‘ladi.

Bundan tashqari, uchrashuvda Oʻzbekistonda “Veolia” kompaniyasi ishtirok etayotgan joriy qo‘shma loyihalar ham muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlashga tayyor ekanini bildirdi.


Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Axborot xizmati

Report Page