Fransiya Tashqi ishlar vazirligining maxsus vakili Paskal Loro bilan uchrashuv.

Fransiya Tashqi ishlar vazirligining maxsus vakili Paskal Loro bilan uchrashuv.

MoliyaPress

Moliya vazirligida joriy yilning 7 fevral kuni, Bosh vazir o'rinbosari va moliya vaziri Fransiya Tashqi ishlar vazirligining Markaziy Osiyodagi iqtisodiy diplomatiya bo'yicha maxsus vakili Paskal Loro bilan uchrashdi.

Uchrashuv boshida, tomonlar mamlakatlarning sayyohlik, energetika, geologiya, qishloq xo'jaligi, fuqaro aviatsiyasi, transport va logistika sohalarida o'zaro manfaatli munosabatlarni yanada mustahkamlash va rivojlantirishga qiziqishi yuqori ekanligi qayd etishdi.

Jumladan, janob Loro O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil oktabr oyida Fransiyaga qilgan Davlat tashrifidan so'ng mamlakatlarimiz o'rtasidagi hamkorlik yangi yuqori-dinamilkali bosqichga ko'tarilganini ta'kidladi. Tashrif yakunlari bo'yicha 10 ta ikki tomonlama hujjatlar imzolangani qayd etildi. Paskal Loro shuningdek, aviatsiya, transport, logistika va energetika sohalaridagi hamkorlik doirasidagi ko'plab loyihalar bo'yicha olib borilayotgan ishlarga yuqori baho berdi. Fransiya kompaniyalarining joriy yil mart oyida bo'lib o'tadigan Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishga yuqori qiziqishini alohida ta'kidladi.

Janob Loro Fransiyaning “Renault Group” va “EDF Energy Group” kabi bir qator yirik kompaniyalar O'zbekistonga qiziqish bildirayotganini ham aytib, “EDF Energy Group” DXSh asosida Sirdaryo IESni modernizatsiya qilish loyihasi bo'yicha Xalqaro moliyaviy korporatsiya bilan hamkorlikdagi tenderda ishtiroki yuzasidan rejalarini ham bildirdi.

O'z navbatida, Moliya vazirligi tarafidan, O'zbekiston Fransiya bilan keng ko'lamli hamkorlik portfeliga ega ekanligini ta'kidlandi. Xususan, Fransiya Taraqqiyot agentligi, “Veolia Environment” va “Total Eren” bilan hamkorlikda qator yirik loyihalar rejalashtirilgani va amalga oshirishirilayotgani qayd etildi.


Report Page