Franklin Mars - yirik oilaviy biznes asoschisi

Franklin Mars - yirik oilaviy biznes asoschisi

Buyuklik Sirlari

Mars Inc. kompaniyasi barchamizga ma'lum bo'lgan eng ko'p savdo markalariga egalik qiladi. Mars, Snickers, Bounty, Twix va Milky Way shokoladlari, Wrigley, Orbit va Juicy Fruit meva sharbatlari, M&M’s konfetlari, Skittles va Rondo, Whisks, Pedigree, Kitekat va Royal Canin chorva mahsulotlari va boshqalar aynan ushbu kompaniya mahsulotlari sanaladi. Ajablanarlisi shundaki, 100 yildan ortiq vaqt mobaynida faoliyat yuritib kelayotgan korporatsiya bir vaqtning o'zida bir nechta sohalarda jahon miqyosida yetakchilikka erishib, oilaviy korxona bo'lib qolmoqda. Ushbu materialimiz aynan shu oilaviy korxona asoschisi va yetuk tadbirkor Franklin Mars haqida bo’ladi.

Mars Inc.ga tegishli brendlar

Erta yillar

Franklin Clarence Mars 1883 yil 24 sentyabrda Minnesota shtatining Newport shahrida tug'ilgan. Uning oilasi boy emas edi, shuning uchun u erta ishlashni boshlashi kerak edi. Bolaligida Franklin poliomielit kasalligiga chalinganligi bois u qo'lqopsiz yura olmas edi va maktabga ha bormas edi. Uzoq muddatli davolanish paytida u uyida sotish uchun shirinliklar tayyorlashga onasiga yordam berar edi. O’sha paytlar qandolatchilikga bo’lgan muhabbati bois yosh Franklin hayotini shu sohaga bag’ishlashni istar edi.

Franklin Mars

Biznesning boshlanishi

Franklin Mars 19 yoshga savdo sotiq bo’yicha, aniqrog’I qandolat mahsulotlari savdosi bo’yicha ish topdi. U ota-onasi kabi kamtarona va unchalik boy bo’lmagan hayot tarzini afzal korar edi. Uning xotini Ethel hayotidagi ilk hamkori bo’ldi. 28 yoshida Mars ishni tark etishga va o'z biznesini boshlashga qaror qildi. Xotini bilan birgalikda ular o'z uyida shirinliklarni tayyorlashni va sotishni boshlaydilar. Bu ish foyda keltirdi va 1911 yilda juftlik Mar-O-Bar kompaniyasini tuzdi, ko’p o’tmay ular kompaniya nomini Mars Candy Factory deb atashga qaror qilishdi. Uning oddiy va sodda assortimenti, asosan, turli xil nachinkalik konfetlardan iborat edi. Ish jadali oshib, kichik uy do’konidan 125 kishidan iborat Chikago shahrida joylashgan qandolat fabrikasi tashkil topdi. 1920 yil Frenk Minneapolis shahriga ko’chib o’tishga qaror qilgani behihikmat bo’lmagan ko’rinadi, chunki u yerda u o’zining ilk bestsellerini yaratdi. Bu Milky Way batonchiklari edi. Jahon iqtisodiy depressiyasi tufayli ko’plab korxonalar yopilib inqirozga uchrab turgan vaqtda Franklin o’z batonchiklarini xatto 5 sentdan ham sotishga majbur bo’lgan. Qiyin paytlarga qaramay, mehnat va matonat o’z samarasini beradi va 1925 yil ushbu batonchik Amerika bozorida mutlaq liderlikga erishadi va kunma-kun kompaniya uchun yangi bozorlar ochilaveradi.

Vaqt mobaynida Frenk o’z mahsulotlar liniyasini kengaytirib, Mars Almond(mindal batonchik), Musketeers va barchamizga tanish Snickersni ham savdoga chiqaradi. 1924 yilga kelib kompaniya savdo aylanmasi 700 000 dollardan oshib ketadi.

Forrest Mars

Ota va bola

1904 yilda Frenkning farzandi Forrest dunyoga keladi. Otalik bahti va aynan farzandi uni yuqorida sanab o’tilgan mahsulotlarni yaratishga turtki beradi. Kunlarning birida ota-bola do’konga harid uchun kirishganida o’gli otasidan shokolad olib berishini istaydi. O’sha vaqtlar shokoladlar faqat kilogramlab sotilar edi. Shu vaqt Frenkga oltin g’oya – shokoladlarni kichik ko’rinishda falga(metal qoplama)ga o’ralgan holda sotish fikri tug’iladi. Bu fikr u uchun juda istiqbolli edi va shunday bo’ldi ham. G’oyani birinchi bo’lib Milky Way botonchiklarida sinab ko’rishdi va aytib o’tilgan muvaffaqiyatlarga erishildi.

Farzandi Forrest 1928 yil Yel univeresitetini tamomlab Buyuk Britaniyaga o’z hayoti va karerasini qurish uchun ko’chib ketadi. 1930 yilda do’sti Uilyam bilan M&M kompaniyasiga asos solib M&M’s konfetlarini ishlab chiqarishni yo’lga qo’yadi. 1932 yilda esa Slou shahridan kichik binoni sotib oladi va aynan shu yerda yana bir afsonaviy brend Mars batonchiklari yaratiladi.

Forrest kompaniyani kattalashtirish usitda ishlab Uncle Bean’s tez tayyor bo’luvchi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyasini sotib oladi. Keyinroq Whiskas va Pedigree brendlari ostida uy hayvonlari uchun yeguvlik ishlab chiqarishni ham yo’lga qo’yadi.

Otasi Frenk esa 1934 yilda yurak hastaliga oqibatida hayotdan ko’z yumadi. Bu kunga kelib uning kompaniyasi savdo aylanma hajmi 30 million dollarga yetib qolgan edi.

2016 yilda Mars Inc. kompaniyasi yagona oilaga tegishli bo’lga eng yirik kompaniya deb e’tirof etildi. Hozirgi kunda kompaniyada jami 100.000ga yaqin ishchilar faoliyat yuritadi va kompaniya kapitalizatsiyasi 35 milliard dollarga teng. Boshqaruvda esa Frenkning nabiralari Jaklin, kichik Frenk va Jon faoliyat yuritib kelmoqda.

 

Haqiqiy matonat, mehnat va izlanishlar samarasi shunday bo’ladi. Biz ham yurtimizdan shundayin tadbirkorlar chiqishini umid qilib qolamiz.

Maqola manzur bo’lgan bo’lsa do’stlaringizga ulashishni unutmang!

Report Page