Turon Express foydalanish qo'llanmasi

Turon Express foydalanish qo'llanmasi

Umid Gafurov

turonexpress.com saytiga kirib odatdagi kabi ro'yxatdan o'ting. Sizga avtomatik ravishda AQSHdagi manzillar biriktiriladi. Mana bu ko'rinishda:

Delaware dagi manzilni ishlatib online xaridlarni boshlash mumkin.

Masalan, Amazon.com saytidan nimadir xarid qilmoqchi bo'lsangiz, Delaware dagi manzilni qo'shish kerak. Chunki Delaware shtati soliqlardan ozod.

Shu ko'rinishda:

Lekin xarid qilish sayti har qanday bo'lishi mumkin. Apple.com dan boshlab bestbuy, ebay, Walmart, Carter's, nike, Columbia va hokazolargacha.

Xullas, manzilni qo'shganingizdan keyin istagan buyumni xarid qilasiz. Masalan men AirPods xarid qildim.

Endi TuronExpress ni "ogohlantirish" kerak men uchun shunday tovar keladi deb. Buning uchun "Yangi Buyurtma" tugmasini bosish kerak va buyurtmaning raqami, nomi, narxini kiritish kerak.

Keyin O'zbekistondagai qaysi manzilga yetkazish kerak bo'lsa, o'shani ko'rsatasiz. Bo'ldi. Buyurtma kelganidan keyin sizga qo'ng'iroq qilishadi.

Aytganday, bir kvartalda $1000 dan qimmat bo'lgan tovarlar xarid qilmang. Bo'lmasa bojxonadagilar salom berishadi :)


Report Page