«Foundation» kursi haqida batafsil ma'lumotlar

«Foundation» kursi haqida batafsil ma'lumotlar


► Kurs haqida:

Davomiyligi 1 oy, haftasiga 3 kun, 180 daqiqadan bo'lib o'tadi. Bir guruhga 10 nafar o'quvchi bo'lib, har biri dars davomida kompyuter ta'minlanadi. Darslar 90% amaliy bo'lib otadi.

► Kurs davomida o'rgatiladigan texnologiyalar:

Hardware va Software asoslari, Windows OS, Linux va Mac OS tizimlari,

► Kurs so'ngida:

Kurs davomida o'quvchilar kompyuterning Hardware va Software asoslarini, Windows OS, Linux va Mac OS tizmlarida ishlash, Internetda qidiruv tizimidan to'g'ri foydalanish, Axborot xavfsizligi tushunchasiga ega bo'lishadi. Bundan tashqari o'quvchilar dasturlashning boshlang'ich ko'nikmalari, algoritmlari va mantiqiy fikrlash hamda sohaga oid boshqa bilimlarga ega bo'lishadi.

Tanishing, "Foundation" kursi mentori Sardor Kuziyev

Sohada 7 yillik tajribaga ega. "UzMU" va "Xalq ta'limi boshqarmasi" bo'limida ta'lim sifati monitoringi va attestatsiya bo'limida bo'lim boshlig'i bo'lib faoliyat yuritgan.

Texnologik malakasi: HTML, CSS, Bootstrap, JavaScript, Word, Excel, Power Point, Elektron hujjatlar bazasini yaratish, QR kodlash, dasturlash.

➡️ 00:00 Kirish

➡️ 00:20 Foundation qanday kurs

➡️ 01:25 Nima uchun o'qish kerak

➡️ 03:00 Bu kursda nimalar o'rgatiladi

➡️ 04:07 Kursni tugatgandan so'ng o'quvchi boshqalardan farq qiladimi?

➡️ 06:20 Kurs davomiyligi qancha?

1.    KIRISH. IT sohasi haqida va unda kompyuter o'rni Kompyuterning ichki va tashqi tuzulishi ichki qurulmalar tasnifi.
2.    WINDOWS 10 bilan ishlash, sozlamalar bo'limi, fayllar bilan ishlash, tezkor klavishalar va Stamina dasturida klaviatura bilan ishlash.
3.    BOOT MENU, fayllar bilan ishlash, system recovery, xotira yacheykasi, ma'lumotlarni qayta tiklash. Ayrim CMD buyruqlari bilan tanishish.
4.    Internet, Local va Global tarmoqlar, browserlar va ularning imkoniyatlari, qidiruv tizimlaridan to'g'ri va xafsiz foydalanish, informatsiya oqimi hamda taqsimoti. E-mail pochta va registratsiya tizimlari.       
5.    Operatsion tizim turlari, ularning farqlari va ishlatilish sohalari. Linux va MacOS tizimi, Turli sohalar uchun OS tanlash.
6.    LINUX OS va Linux distributivlari hamda ularning bir biridan farqlari. Dasturlar o'rnatish hamda qidirish.
7.    Axborot xavfsizligi tushunchasi, kiberxafsizlik. Kompyuter viruslari va ularning turlari, antiviruslar. Hackerlar, ularning kiberxujumlari hamda ulardan ximoyalanish, IT sohasida axborot xafsizligining o'rni. Shaxsiy ximoya. Antiviruslar va ulardan fodalanish  
8.    Algoritimlar. Dasturlash sohasi, yo'nalishlari haqida tushuncha. Dasturlash tillari, IT sohasi mutaxassislariga jahon va mahalliy bozordagi talablar, IT sohasida ishni optimallashtirish.
9.    IT o'lchov birliklari, dasturlashda ko'p ishlatiladigan matematik amallar. Algoritmda sxema bloglar bilan ishlash.Masalalar yechish.
10. Algoritmlar yordamida turli muammolar uchun yechim topish va uni optimallashtirish.
11. Print, izohlar qoldirish. O'zgaruvchilar, ma'lumot turlari. Taqqoslash, if operatorlari hamda ularning vazifalari. Masalalar yechish.
12. Funksiyalar, Parametrlar, guruhlash, massivlar va ularning vazifalari.
13. Amaliy masalalar. Dasturlashda ishlatiladigan asosiy insturument dasturlar bilan tanishish.
14. Barcha mavzular yuzasidan imtihon topshirish.

"Foundation" qanday kurs?

Bu kompyuterda to’g’ri ishlashni, operatsion tizimlarda fayllar va maxsus dasturlar bilan ishlash, dasturlash sohasiga kirish uchun zarur bazaviy bilimlarini hamda umumiy dasturlash teoriyasining boshlang’ich bilimlarini berish maqsadida yo’lga qo’yilgan.

Kurs qancha vaqt davom etadi?

Kurs 1 oyga mo'ljallangan. Har haftada 3ta dars mashg'uloti bo'lib, dars 3 soat davom etadi. Jami kurs 12 darsdan iborat.

"Foundation" kursi kimlar uchun?

Bu kurs kompyuterda ishlashni o’rganmoqchi bo’lganlar, IT sohasiga endi kirib kelmoqchi bo’lganlar uchun.

"Foundation" kursida ta'lim olish uchun boshlang'ich qanday bilimlar talab qilinadi?

Boshlang'ich bilim talab qilinmaydi, sohaga qiziquvchi barcha uchun tavsiya qilinadi.

"Foundation" kursi uchun yosh chegarasi mavjudmi?

Kurs 14 yoshdan katta bo'lgan sohaga qiziquvchilar uchun tavsiya qilinadi.

"Foundation" kursida nimalar o'rgatiladi?

Bu kursda o’quvchilar kompyuter, uning dasturlaridan to’g’ri foydalanish, operatsion tizimlar haqida ma’lumotlar, axborot xavfsizligini ta’minlash, turli operatsion tizimlarida ishlash, dasturlash asoslarini va sodda algoritm masalalarni yechishni o’rganishadi.

"Foundation" kursi so'ngida qanday bilimlarga ega bo'lish mumkin?

Kurs davomida o'quvchilar kompyuterning Hardware va Software asoslarini, Windows OS va Linux OS, Internetda qidiruv tizimidan to'g'ri foydalanish, axborot xavfsizligi tushunchasiga ega bo'lishadi. Bundan tashqari o'quvchilar dasturlashning boshlang'ich ko'nikmalari, algoritmlari va mantiqiy fikrlash hamda sohaga oid boshqa bilimlarga ega bo'lishadi.

"Foundation" kursi davomida qaysi dasturlar o'rgatiladi?

Windows OS, Linux OS, Internet brauzerlar, antiviruslar, maxsus qo’shimcha dasturlar.

Nega aynan ushbu dasturlar tanlangan?

Ushbu dasturlar kompyuter imkoniyatlaridan to’laqonli va xavfsiz foydalanish uchun zarur.

Kursda o'qish uchun menda kompyuter yoki boshqa texnika kerak bo'ladimi?

Yo'q, kerak bo'lmaydi. "DATA" o'quv markazining o'zi kompyuterlar bilan o'quvchilarni ta'minlaydi.
Shaxsiy kompyuter bo'lsa, uyda mustaqil uy vazifalarini bajarib yana ham bilimlaringizni oshirasiz.

Kurs davomida dars beradigan o'qituvchi kim?

Kurs mentori Sardorbek Kuziyev. Sohada 7 yillik tajribaga ega. "UzMU" va "Xalq ta'limi boshqarmasi" bo'limida ta'lim sifati monitoringi va attestatsiya bo'limida bo'lim boshlig'i bo'lib faoliyat yuritgan.
Texnologik malakasi: HTML, CSS, Bootstrap, JavaScript, Word, Excel, Power Point, Elektron hujjatlar bazasini yaratish, QR kodlash, dasturlash.

Men ishlab ham darslarga qatnay olamanmi?

Ha, albatta. Dars mashg'ulotlari ertalabki, kunduzgi va kechki ta'lim shaklida olib boriladi. O'quvchilar o'z erkin vaqtiga qarab kursga qatnasha olishadi.

Avval bu sohada umuman shug'ullanmaganman, meni qo'limdan keladimi?

Kurs rejasiga ko'ra o'quv mashg'ulotlari o'quvchilarni noldan boshlab o'qitishga mo'ljallangan. Sohaga ishtiyoqi baland o'quvchilar yaratilgan qulayliklardan foydalanib sohani bemalol egallashi mumkin.

Sohada ish boshlash uchun minimum qanday kompyuter talab etiladi?

Minimum talablar - protsessor Intel Core i3, 4 gb operativ xotira va 128Gb SSD disk.

Ta'lim jarayoni qay shaklda o'tadi?

Darslar oflayn shaklda o'quv markaz hududida olib boriladi va 90% amaliy tarzda bo'lib o'tadi.

Kursni tugatgach qanday ko'nikmalarga ega bo'laman?

Bitiruvchilar Windows OS ishlash, kompyuterga dasturlar o’rnatish va o’chirish tartibi, turli operatsion tizimlarida ishlash, internetdan foydalanish, akkauntlar ochish, hujjatlar yaratish va boshqa kompyuterdan foydalanish uchun kerak bo’ladigan asosiy ko’nikmalarga hamda umumiy dasturlash teoriyasi orqali dasturlash tillarini o’rganish uchun zaruriy ko’nikmalarga ega bo’lishadi.

Kompyuterni mustaqil tarzda o'rgana olamanmi?

Ha, o’rgana olasiz. Faqat “Foundation” kursi kompyuterni bazaviy imkoniyatlaridan foydalanishni o’rgatishga mo’ljallangan. Internetdan bilim olish uchun kompyuter va internetdan foydalana olishingiz kerak. Agar internet va kompyuterdan foydalana olmasangiz va dasturlashni o’rganmoqchi bo’lsangiz, natijaga tezroq, tizimli va aniq reja asosida erishish uchun kursda ta’lim olish ma’qul.

Kursda o'qishni qanday boshlashim mumkin?

Kursda o'qish uchun https://datamarkaz.uz/entry/lead shu havola orqali ro'yhatdan o'ting yoki +998622277222 telefon raqamlariga qo'ng'iroq qiling.

 Kursda o'qish uchun hoziroq ro'yxatdan o'ting yoki menejerlar bilan bog'laning!

📞 Tel: +99862-227-72-22

🚩 Moʻljal: Urganch, Darital, 2-qavat

@data_learning_centre

 

Report Page