Bootcamp dasturlash kurslari endi qay tartibda o'tiladi?

Bootcamp dasturlash kurslari endi qay tartibda o'tiladi?

Najot Ta'lim

Xo'sh, bundan keyin Najot Ta'lim markazi bootcamp dasturlash kurslarini qay tartibda tashkil etadi? Ushbu kursda nimalar oʻrgatilishi va aynan qanday vazifalar bajarilishini maqola davomida bilib olishingiz mumkin!

Eslatma: bo'lajak o'quvchi, iltimos, butun umr davomida tanlamoqchi bo'lgan yo'lingizni aniqlashtirib olish maqsadida 2 soat vaqtingizni ajratib, ushbu videoni, albatta, ko'rib chiqing.


Yangi tuzilgan rejaga muvofiq, bundan keyin bootcamp dasturlash kursida o'qish istagini bildirgan o'quvchilar birinchi navbatda "Foundation" kursini tamomlashlari so'raladi.


Foundation- bu inglizchadan to'g'ridan-to'g'ri tarjima qilinganda, "poydevor" ma'nosi kelib chiqadi. Ya'ni, dasturlash sohasida o'qishni istagan o'quvchilarda bootcamp kurslari uchun ma'lum bir darajada bilim poydevori bo'lishi kerak. Markaz bu qarorga kelish borasida, yetarlicha izlanishlar va ustozlarning bildirgan fikrlariga alohida e'tibor qaratdi va natijada shunday xulosaga kelindi.

Foundation kurslari 4 oyga mo'ljallangan bo'lib, darslar quyidagi reja bo'yicha bo'lib o'tadi:

Kompyuter savodxonligi- 15 kun
C dasturlash tili- 1 oy
Python dasturlash tili- 2.5 oy
English for IT - haftada 2 kun (bonus tariqasida:-)

Qisqa qilib aytganda, Foundation kursini tamomlab, dasturlash siznikimi yoki yo'qligini tushungan holda, dasturlashning mag'zini tushunasiz. Bu sizga dasturlashning qaysi sohasini tanlashingiz kerakligini o'rgatadi. Masalan, siz uchun frontend qulaymi yoki backend bilib olasiz. Bilish bilan birgalikda, mutaxassislik kursimizda mavzularni qiynalmasdan o'zlashtirasiz, sababi siz, dasturlash logikasini bilasiz. :)

Foundation kursini tamomlagan o'quvchilar birinchi navbatda "IT sohasi men uchunmi yoki yo'q?, degan savolga aniq javob topa oladi. Asosiy ko'zlangan maqsad ham shu. Bu anglasa bo'ladigan haqiqat, ya'ni, hammani o'ziga yarasha iqtidori va salohiyati mavjud. Shu salohiyat va iqtidordan kelib chiqib, yoshlar jamiyatda o'z pozitsiyasini egallaydi. Bizning markaz missiyasi ham IT sohasini o'ziniki deb bilgan yoshlarni o'z mutaxassisligi bo'yicha "TOP" kadr bo'lib yetishishini ta'minlashdan iborat.

Undan tashqari, o'quvchilar foundation kursi davomida dasturlash strukturasi, dasturlash mantig'i, uning algoritmi, dastur yaratilgandan keyin uning orqa fonida qanday prosseslar bo'layotganini to'laqonli tarzda anglab yetadi va eng qizig'i o'quvchilar kurs davomida ingliz tilidan ham bilim olishlari ta'minlanadi (albatta bu bonus😉)

Bunday o'quvchilar uchun markaz ustozlari tomonidan ishlab chiqilgan reja bo'yicha imtihon olinadi va imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan o'quvchilar bootcamp mutaxassislik kurslariga qabul qilinadi, aks holda foundation kursida o'qish tavsiya etiladi.


Web yo'nalishida "Frontend" yoki "Backend" turlarini tanlashlari;
Mobile yo'nalishida esa Android yoki IOS turlarini tanlay olishlari mumkin bo'ladi.

Web- ushbu mutaxassislik kursini bitirib siz istalgan turdagi network application (sayt, dasturlar va hkz) larni noldan tayyor darajaga olib kelish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

Mobile- ushbu mutaxassislik yo'nalishini bitirib siz istalgan Android yoki IOS tizimida ishlovchi mobil ilovalarni ishlab chiqishingiz mumkin bo'ladi. Ya'ni foundationdan so'ng ikkisidan birini tanlaysiz.


Agarda siz Web yo'nalishini tanlasangiz, ikki mutaxassislikdan biri bo'yicha ta'lim olishingiz mumkin bo'ladi.

Kurs bootcamp tarzida bo'lgani uchun saytlarning frontend va backend qismlarini alohida yo'nalishga bo'lgan holda o'rganish imkoni mavjud. Ya'ni, siz foundation kursini tamomlaganingizdan so'ng, xohlasangiz "Frontend" yoki "Backend" qismlarini tanlashingiz mumkin bo'ladi. Tanlovingizga ko'ra, siz yuqoridagi ikki frontend yoki backend qismdagi kurslardan biriga yo'naltirilasiz. Bundan tashqari turli xil dasturlar, messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar kabi web ilovalarni ham ishlab chiqa olasiz.

Agarda siz Mobile yo'nalishini tanlasangiz, bunda ham ikki xil mutaxassislik yo'nalishi bo'yicha tanlov imkoniyatingiz mavjud bo'ladi. Bular:
Android dasturlash biz smartfonimizda turli xil dasturlardan foydalanib kelayotgan ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, surat tahrirlovchi ilovalar, bir so'z bilan aytish mumkin bo'lsa: smartfon orqali bajarayotgan ishlarimizning bari mobil dasturlarning imkoniyatlari hisoblanadi. Xuddi shu dasturlar va ilovalarning Android tizimidagi smartfonlar uchun ishlab chiqish aynan Android dasturchining vazifasi hisoblanadi.
IOS dasturlash- IOS operatsion sistemasida ishlaydigan dasturlardan tortib ilovalar, messenjerlar, qisqa qilib aytganda Apple kompaniyasi mahsulotlarini yaratuvchi aynan IOS dasturchining vazifasi sanaladi.

Bootcamp (Intensiv) Frontend mutaxassislik yo'nalishi React texnologiyasini o'z ichiga oladi.

Bootcamp (Intensiv) Backend mutaxassislik yo'nalishida siz NodeJs yoki Python yo'nalishini tanlashingiz kerak bo'ladi.

Bootcamp (Intensiv) Android mutaxassislik yo'nalishi Java va Kotlin texnologiyalarini o'z ichiga oladi.

Bootcamp (Intensiv) IOS mutaxassislik yo'nalishi Objective-C va Swift texnologiyalarini o'z ichiga oladi. (Eslatma, ushbu IOS intensive kurs markazda yaqin kelajakda rejalashtirilgan kurs hisoblanadi, ayni vaqtda mavud emas)

Eslatma: ayni vaqtda foundation yo'nalishi uchun qabul boshlangan bo'lib, yuqoridagi mutaxassislik yo'nalishlari uchun yangi o'quv rejalar ishlab chiqilmoqda. O'quv rejalarga ko'ra mutaxassislik kurslarimiz davom etadigan vaqtlari ma'lum qilinadi.

Ko'rib turganingizdek, ushbu tuzilgan reja bilan o'quvchilarning oldida tanlov eshiklarini yanada kengaytirishga harakat qildik. Va eng asosiysi, bu sistema asosida o'qishni tamomlagan o'quvchilar to'laqolni Software engineer bo'lib yetishishiga ishonamiz.


Dasturlashdan umuman xabari yo'q bo'lgan o'quvchining bu soha uniki yoki uniki emasligini 4 oy ichida anglab olishga imkon mavjudligi;

Foundation'da o'qish davomida dasturlashning mag'zini tushunish imkoniyati;

● Foundation kursini tamomlab, dasturlashda o'z kelajak yo'l xaritasini tuza olish;

Bonus tariqasida ingliz tilini o'rganish imkoni;

Kuchli mutaxassislar muhitida o'rganish;

Mutaxassislik kurslarimizda haftada besh kun, har kuni besh soatdan chuqurlashtirilgan ta'lim;

Kurs bootcamp tarzida bo'lgani uchun to'liq va kerakli bo'lgan barcha bilimlarni olish imkoniyatiga ega bo'lasiz;

● Kursda mijoz bilan ishlash va xizmat haqlarini qanday belgilash, ishga qabul qilinish uslublari ham o'rgatiladi;

Darsdan tashqari qolib ishlash imkoniyati;

Amaliyotga katta e'tibor.

Yuqoridagi mutaxassislik kurslarning har biri 6 oy davom etadi va o'quvchilar kurs davomida sohaga aloqador bo'lgan har bir bilimni to'liq o'zlashtira oladi. Ya'ni, Foundation kursi 4 oy, intensive mutaxassislik yo'nalishlarimiz esa 6 oy davom etadi. Umumiy 10 oydan so'ng, 1 oy real proyektlar asosida to'laqonli amaliyot o'tashadi.
Dasturlashga kirishni istagan barcha ko'rishi kerak bo'lgan video:

Foundation kursi uchun ro'yxatdan o'tish


Administratorga bog'lanish


Telefon: +998712001123 

🔴 YouTube sahifa

Report Page