Formativ baholashda foydali yondashuvlar

Formativ baholashda foydali yondashuvlar


Formativ baholash o‘rganish uchun va o‘rganish davomidagi baholashdir. Natijalar bo‘yicha doimiy xulosalar berib borish va yaxshilash o‘rganish jarayonini foydali va samarali qiladi.

1. O‘quvchilar bajargan ishlarni tahlil qilish.

O‘qituvchilar o‘quvchilar bajargan vazifani tekshirganda, quyidagilarni bilib olishi mumkin:

-  O‘quvchining mavzuga doir ayni vaqtdagi bilimi, munosabati va qobiliyati;

- Ularning kuchli va kuchsiz tomonlari hamda o‘rganish uslubi;

-  Qo‘shimcha yoki alohida ko‘makka muhtojligi.

2. Yumaloq shakldagi Robin jadvali

4-5 o‘quvchidan iborat har bir guruh jadval va markerlar bilan mashg‘ulotni boshlashadi. Guruh jadvalda berilgan ochiq savollarga javob yozadi. Har bir guruh barcha jadvallar bilan ishlaydi, javoblar esa sinf darajasida muhokama qilinadi.

3. Strategik savol berish.

Samarali formativ baholash strategiyalarida o‘quvchilar Nima uchun? va Qanday? kabi yuqori darajali savollarga javob berishi ko‘zda tutiladi. 

4. Uch tomonlama xulosalar berish.

Bu turli mulohaza yuritish usullari va detallarga e’tibor berishni o‘z ichiga oladi. Savolga yoki mavzuga oid so‘rovga javob berishda, o‘quvchilar 3 xil shakldagi xulosalar yozishi so‘raladi:

- 10-15 so‘zdan iborat

- 30-50 so‘zdan iborat

- 75-100 so‘zdan iborat

5. O‘yla - Juftlikda ishla - Ulash.

O‘qituvchi biror muammoni o‘rtaga tashlaydi va o‘quvchilar o‘zlarining javoblarini yozadilar. Keyin o‘quvchilar o‘z javoblarini muhokama qilish uchun juftliklarda ishlashadi.

6. 3-2-1 Ortga qarab sanash

O‘quvchilarga yozish uchun kartochkalar beriladi yoki og‘zaki javob berishlari mumkinligi aytiladi. Keyin ular quyidagi 3 ta fikrga javob berishlari so‘raladi.

-  Oldin bilmagan 3 ta narsangiz

- Bu mavzuga doir sizni ajablantirgan 2 ta narsa

- O‘rganganlaringiz ichidan qilishni boshlamoqchi bo‘lgan 1ta narsa

7. Sinf so‘rovnomalari

So‘rovnomalar o‘quvchilarni tez va to‘g‘ri javob berishga o‘rgatadi. Anonim so‘rovnomalar omma oldida gapirishga qiynaladigan uyatchan o‘quvchilar uchun, ayniqsa, juda mos.

8. Chiqish/Tan olish biletlari

Tan olish biletlaridan dars boshida o‘quvchilar uyga vazifa va o‘tgan mavzular bo‘yicha savollarga berayotganda foydalanish mumkin.

Chiqish biletlari esa o‘quvchilar o‘sha kungi darsdan chiqayotganlarida darsga doir mulohaza va takliflari uchun ishlatiladi.


Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇

Telegram |Facebook |Instagram



 

 

Report Page