Forever Happiness

Forever Happiness

𝑨𝒆𝒆♑

~ ishon, xayollarimda sendan o'zgasi yo'q, yuragim faqat sen uchun urmoqda, ko'zlarim o'zgani ko'rishni hohlamayabdi...

Ammo sen ham men bilan emassan!


#Tae...πŸ‚


4-qism. Seni qo'msamayman (MI?)...



Uzun zal bo'ylab tarqalayotgan ayollar ovoziga chidash bermagan yigitning asablari va quloqlari, oyoqlar ixtiyorsiz ovozlar oldiga boshladi...


Yigit ko'rayotganlaridan na hayrat va na qo'rquvni his qildi. Ko'zlari kichik bolakayni ko'rarkan quvoch yoshlari yig'ildi, lekin, ular tashqariga chiqmadi. Malla sochli qiz bolakayni sitagancha baqirar, bolakay esa yig'lamas, ammo yerga boshini eggancha qarab turardi...


2 qadam oldinga yurgan yigit ikkinchi qizni ko'rishi bilan to'xtab qoldi... Undan keyingi harakatlar esa uni shunchaki joyida haykaldek qotirib qo'ydi. Bolakay va onasi ishlarini yakunlagach xonalariga kirib ketishdi...


- kichik Suhoyim ancha katta bo'libdi..! - yigit siniq jilmaygancha Aein tomon katta qadamlar bilan borishni boshladi



- AEIN!!! - Tae qizning oldiga yetib keldiyu, bilaklaridan qattiq ushlagancha o'ziga qaratdi... Qiz yoshli ko'zlari bilan yigitga tikilarkan alamli so'zladi


- Taehyung, anavi suyuqoyoq Minsu meni urdi! Eshityabsanmi Tae, meni yuzimga tarsaki tushurdi! Undan alamimni olaman!!! - qiz yoshlarini artib tashladida yurish uchun oldinga qadam tashladi, ammo bilaklaridagi yo'g'on qo'llar uni ketishiga yo'l qo'ymadi


- Aein, men barchasini ko'rdim. Sen mening o'g'limga baqirayotganding! - yigit asabiylasha boshladi


- men, men senga barchasini tushuntiraman Tae...


- men bilan yur! - yigit qizni qo'lidan qattiq ushlagancha Minsuning xonasi tomon sudrab bordi


Eshikning ruxsatsiz ochilishidan biroz cho'chigan qiz kim kelganini bilish uchun hujjatlardan boshini ko'tardi.


- bu yerga ruhsatimsiz kirishga qanday haqqingiz bor?! - qiz ko'z osti bilan kirib kelgan hamkorlariga tikildi...


- sen, nega meni sevgilimga qo'l ko'tarding?! - yigit ikki qo'lini stulga tirab qizga savolli nogohi bilan tikilib turardi...


- xo'sh, uni o'zidan so'rangchi janob Kim. Nega unga qo'l ko'taribman?! - qiz hamon o'sha ko'rinishda edi


- Aein, sen nima gunoh qilganding?! - keyingi savol qizni gangitib qo'ygandi...


- men, men shunchaki....


- bu xola menga baqirib, urishayotgandi! - qizni gapi tugamay xonadan mittivoy Suhoning qo'ng'iroq ovozi yangradi.


Tae sekinlik bilan ortiga o'girilarkan, hozir o'g'li bilan ko'rishishini so'zib yuragi boshqacha urib ketgandi...


Tae bolakay tomon qaradiyu quvongandek bo'lib qoldi... Kichik Suho esa unga jiddiy nigohlari bilan qarab turardi...



- kichkintoyim, Suho! Naqadar katta yigit bo'lib ketibsan! - Tae tizzalab bolaning bo'yi barobar bo'ldi


- men sizning kichkintoyingiz emasman Janob Kim Taehyung! - bolakay yoshiga mos bo'lmagan so'zlarni juda ko'p aytadi...


- bu nima deganing?! - Tae so'zlash barobarida Minsuga g'azab bilan tikildi


- nega sizning kichkintoyingiz bo'lishim kerak?! Men oyimning kichkintoyiman! Siz meni tashlab ketgansiz! Sizni deb oyim kechlari uxlamay yig'lab chiqadi! - Suhoning ko'zlaridan yoshchalari dumalab tushdi


- Aeri, iltimos Suhoni tashqariga olib chiq! - Minsu o'g'lining holiga chidolmay uni olib chiqishni aytdi


- Aein, sen ham tashqariga chiq! - Tae o'rnidan turib, qiz uchun chiqish eshigini ko'rsatdi. Aein ham ortiq so'z demay shunchaki xonadan chiqib ketdi...


Yigit sekin va kichik qadamlar bilan qizning aylanma kursisi yoniga yaqinlashardi, lekin qizning yuzida hech qanday ma'no yo'q edi.



Mana endi marra qizning qarshisi edi. Tae kursining ikki yoniga qo'llarini tiragancha Minsuning tiniq yuziyu, ummondek jo'shqin ko'zlariga tikildi...



- qani aytchi Minsu, nega o'g'lim menga bunday gaplarni gapiryabdi?! Sen meni unga juda ko'p yomonlagan ko'rinasan?! - Tae jiddiy unga tikildi


- seningcha men, seni unga yomonladim?! - Minsu shunchaki yigitning ko'zlariga tikildi


- sendan boshqa biror kishining bunga haddi sig'maydi!


- mmm mayli, sen aytgancha bo'lsin...


- Minsu, sendan o'g'limni tortib olaman!


- urinib ko'r, lekin uni mendan olib qo'yishing uchun, qonuniy oila va masuliyatli ona kerak bo'ladi! - qiz jilmaygancha gavdasini tiklay boshladi


- bu meni qo'limdan kelmaydi deb o'ylaysanmi!?


- men, buni hali o'ylamadim! - Minsu Taening keng yelkalari uzra ingichka barmoqlarini yurg'izdi


- xo'sh, unda nima qilding? - yigit qizning nozik belidan bir qo'lini o'rab o'zi tomon yaqinlashtirdi


- sen Aein bilan turmush qurolmaysan! - qiz yigitning lablarini bosh barmog'i bilan siypalagancha so'zladi


- bunchalik ishonch qayerdan? - Tae qizni yanada o'ziga tortdi


- mmm buni menga sen o'rgatding! Sevgilim! - qiz so'ngi so'zini pichirlab aytgach yigitni qulog'idan tishlab, ko'ksidan itargancha o'rnidan turdi


Tae hozir bo'lgan ishdan hayratlanarkan, hatto Minsu xonadan chiqib ketganini ham sezmay qolgandi...



Majlislar zaliga kirib kelgan qiz o'ziga tanish bo'lgan yuzni ko'rdiyu, quvonchdan deyarli sakkizinchi osmonga uchdi, ko'zlaridan quvonch nurlari taraldi, atrofidagi o'nlab juft ko'zlarga etibor berishni istamay o'zi hohlagan kishining bag'riga yugurgancha kirdi...


- Jin oppaaa. Oppa seni sog'indim - qiz yigitning bag'riga kirib olib quvonch bilan chinqirdi


- hoyy Minush, nega buncha hovliqasan! Tan olaman, men ham seni sog'indim puchuqvoy! - yigit ham qizni qucharkan hozir go'yo vaqt to'xtab qolgandi...


Ularni chetdan kuzatayotgan yigit esa g'azabdan olov misol alangalanardi...


_ Nima bu ikkisiga farqi yo'qmi? Ahir ular majlisda. Ozgina uyalishsa bo'lardi! Nega bu beo'xshovni oppa deyabdi. Lanati Puchoqvoymush! O'ziga o'xshagan g'alati ism!


- kxmm, yoshlar diydor shirinni majlisdan keyinga qoldirsangiz yaxshi bo'lardi. Janob Kim siz bilan ham shartnoma tuzsak degandim! - Tae jiddiy ohang bilan juftlikning hotirjamligini buzgandi


- ohh uzr, barchangizdan kechirim so'rayman! Puchuqvoy sen shu yerda ishlaysanmi?! - Jin Taega emas Minsuga qarab so'zladi


-- ha shu yerda. Bilsang oppa men bosh hamkorman! - Munsu mag'rurlangancha sochlarini ortga tashladi


- men roziman! Puchuqvoy shu yerda ekan, men ham shu yerda bo'lishim kerak! Qanday shartingiz bo'lsa ham roziman. Faqat Puchuqvoyim yonida bo'lsam bas! - Jin tirjayib Minsuning bellaridan yengil quchdi


Shartnoma Jinning qarshisiga qo'yilarkan u hatto shartnoma shartlari haqida ma'lumot eshitishni ham hohlamadi. Shunchaki ularga imzo chekkach qog'ozlarni Tae tomon qayta uzatdi


- men bir necha kundan keyin shartnoma nima haqida elanligini bilib olaman. Majlis tugadi. Endi men puchuqvoyim bilan Sayrga chiqaman. Ertagacha janob Taehyung! - Jin qizning qo'llari bilan o'zinikini birlashtirib, zaldan o'zini va qizni olib chiqib ketdi.




#forever_happiness // 4-qism.

Muallif : Aeri

Kanal : @fanfics_queens






Report Page