Forever Happiness

Forever Happiness

𝑨𝒆𝒆♡



- xiyonat qilding...

- huddi sendek!

- bunday bo'lmasligi kerak, sen bunday ish qilolmaysan!

- sen qilding-ku!


5-qism ....RASHK....



Biroz avval bo'lgan voqealar barchaning hayrati va qiziqishiga sabab bo'lgandi. Atrofda pichir-pichirlar boshlanarkan yigitning nafasi qayta boshladi. Biroz bo'yinbog'ini bo'shatgach yengillagandek bo'ldiyu, tomoq qirdi...


- Kxm, xonimlar va janoblar majlisimiz yakunlandi, barchangizga katta rahmat! -gaplarini yakunlagan yigit barchadan avval xonani tark etdi...

Nimalar bo'layotganiga tushunmaganlar esa qiziquvchanlik bilan yigitga tikilgach, xonadan chiqishga tayyorlanishdi...




Uzun va keng yo'lak bo'ylab ketayotgan yigit o'ziga kerakli joyni topgach to'xtadi. Biroz o'ylanib turgach, asta eshik tomon yaqinlashdida, hohlamaygina ichkaridagi suxbatga quloq tutdi...


- Jin, seni juda sog'indim... - qiz mamnun ovozda so'zladi

- menchi, men sog'inmabmanmi?! Sendan ko'p sog'indimku puchuqvoyim! - yigit bag'rini keng ochdiyu yonidagi mittivoyni quchog'iga kirgazdi

- sen juda kelishgansan, shuni bilasanmi? - qiz boshini ko'targancha yigitning qirrali hamda tiniq yuziga tikilib qoldi

- bilaman, buni judaaa ko'o'p eshitganman! Bilasanmi, hatto qizlar men uchun Jang qilishgan! - yigit mag'rur jilmaydi...

- oh, lekin baribir ular seni mendan tortib olisholmaydi! - Minsu Jinning bo'ynidan qo'lini aylantirdi

- seni yaxshi ko'raman puchuqcham!

- men seni, sendan ko'p yaxshi ko'raman!


Jin Minsuning kichik bo'yi barobar egilarkan, Minsu shunchaki yigitning ummondek mavj urayotgan ko'zlariga tikildi.


Jin qizning nozik bo'ynidan yo'g'on barmoqlarini aylantirdi, ikkinchisi bilan nozik belidan siladi...qadamlar asta ortga ketarkan manzil kitoblar javoni bo'lgandi...


Jinning nigohi qirmizi lablar tomon qaratilarkan, Minsu ko'zlarini yumdi...



- lanati, Jin ursin! Bular nima qilyabdi? Ish xonada shunday jirkanchlik qilmoqchimi? Nega odamini nega o'ziga yaqinlashtiradi!!! Ming lanat hammasiga!! Ming lanat! - Tae shishali oyna ortidan xona ichida bo'layotgan barcha ishlarni ko'rib turardi...


- u ketdi Minsu... - Jin Minsudan keskin uzoqlashdi

- rahmat senga Jin - Minsu ko'zlarida qalqib turgan tomchi yoshni tashqariga chiqardi - bu o'sha, meni sobiq erim. Suhoning dadasi


- endi nima qilamiz?! - Jin so'radi qizning sochlarini erkalarkan


- bilmadim...M- yelka qisdi qiz


- menimcha, u seni sevadi...



- nega unday deyabsan?! -


- chunki, agar u seni sevmaganda, ortingdan kelmasdi va kelib g'azablanmasdi! - Jin qizning ko'zlariga tikildi



- u meni hech qachon sevmagan



- sevmagan bo'lsa endi sevadi! - Jin mag'rur ovozi bilan so'zladi

- qanaqasiga bunday bo'ladi? - Minsu hayratlanib ko'zlarini katta ochgancha yigitga tikilarkan, Jin shunchaki ayyor jilmayib turardi


- men sabab shunday bo'ladi! Endi yuraqol Suhoning oldiga boramiz! Uni juda sog'indim...


Jin shunday degancha hamon gapga tushunmayotgan Minsuning qo'lidan tutib, barmoqlarini uniki ichidan o'tkazib jipslashtirdi




Lift eshiklari butunlay ochilib ichkaridagi manzara boricha ko'rinmaguncha unga hech kim etibor bergan emas, ammo lift to'xtash va ochilish ovozini eshitgan barcha xodimlar-u mehmonlar beixtiyor o'sha tarafga qarashdi...

Pich-pichrlar quyuni ikki insonni batamom qoplab olgandek go'yo. Biroq ular bunga etibor berib o'tiradigan darajadan ancha yuqori. Yuqori nigohlar shunchaki, g'ururni ifodalaydi


- yengil tabiat ekanligi yuzidan ma'lum edi!


- ammo, yangi hamkor va u uzukka ko'z qo'ygandek mos! Ayniqsa ularning jipslashgan qo'llari... ohhhh - qiz ko'ksi ustidan yuragiga qo'lini qo'yib boshini biroz aylantirdi...



Bir gap bilan bu yerni kompaniya emas, g'iybatxona deb atasak to'g'ri bo'lar balki...?!



Yigit boshini qo'lidagi qog'ozlar ustidan biroz ko'tardi, bir qancha vaqt avval ish shovqinlari bilan to'lgan bu katta zalni hozir pichirlash shovqinlari egallagan, nigohlar bog'langan qo'llarda bo'lsada quloqlar suhbatni tinglab, miya uni sintezlamoqda. To'liqnisimon sochli yigit ham nigohini barchaning g'iybat markazida bo'lgan yoshlarga* tikib g'azabdanmi yoki bo'lmasa rashkdan quloqlari qizardi. Qog'ozlarini yonidagi kotibiga tutgach, yirik qadamlarini lift tomon kulishib kelayotgan juftlikka to'g'irlab yura boshladi...


- janob Kim Seokjin, juda yaqin bo'lsangiz ham ish xonada biroz o'zingizni yig'ishtirsangiz nima bo'ladi?! - yigit o'tkir nigohlarini Jinning mayin nigohlariga to'qnashtirdi so'ng bog'lanib turgan qo'llarga qaradi


- mmm menimcha bizning yaqinligimiz sizga yoqmayabdi janob Kim Taehyung! - Jin istehzoli jilmayib qo'ydi


- aslini olganda, janob Seokjin buni menga zarracha qizig'i yo'q! Ammo bu yer foxishaxona* emas! - Tae hamon g'azabda edi


- qani janob Kim Taehyung menga aytingchi bu yer foxishaxona* bo'lmasa nega siz AEIN xonim bilan har kecha JINSIY ALOQA* da bo'lasiz?! - Minsuning bu gapi barchani aqldan ozdirdi go'yo va yana diqqatni ko'proq shu yerga jamlashga majbur qildi - biz hali siznikidek ish qilganimizcha yo'q va biz unashtirilmoqdamiz! Endi esa yo'limizni bo'shatib qo'ysangiz! - Minsu yigitni bir qo'li bilan chetga surib Jin bilan birga bu yerni tark etdi... Tae esa ularning bog'langan qo'liga tikilgancha qoldi


- nima? Men to'g'ri eshitdimi?! Aein xonim va janob Kim birga tunlarni o'tkazishadimi?!


-- Nahot yangi hamkor va Minsu xonimning to'ylari bo'lsa!


- nima bo'lganda ham janob Taehyungdan ko'ra janob Seokjin Minsu xonimga mosroq va uni jonidan ortiq sevishi ko'zlaridan ayon!


- men janob Taehyungga achindim...


- ohhh gapirma men ham!


- G'IYBATINGIZ TUGAGAN BO'LSA ISHINGIZGA TARQANG! BARCHANGIZ DAF BO'LING!!! - yigitning yo'g'on ovozi barchani uchirib yubordi....




- opa, men aniq bilamanki bu sizning birinchi marta yopiq kiyim kiyishingiz! - malla sochli yigit shirin tabassum qilgancha qizning jig'iga tegishni boshladi


- Jimin seni o'ldiraman! - qiz kalta sochlarini ortiga tashlab yigit tomon yura boshladi


- kichik Chempion! Meni qutqar!!! - Jimin o'rnidan turib divan ortiga o'tdi


- tog'ajon hafa bo'lmangkuya men sizga emas Simi xolamga yordam bermoqchiman! - Suho tabassum qilib qizga termuldi


- ohhh mening Suhoyim... - Simi sevinib bolani qo'llariga ko'tardi. Uning qo'liga yostiqni tutgancha Jiminni urishga ishora qilib, birga bechora yigitni quva boshlashdi...


Park Simi 21 yoshda


G'azab, insonning eng katta dushmani ekanligi rost bo'lsa, ajablanishni keragi yo'q. Ammo hozir qahramonimiz nima sabab g'azablanmoqda?! Eshitgan jirkanch so'zlaridanmi yokida jipslashgan qo'llardan?! Uniki bo'lgan barmoqlarni boshqasi tutganidan?!


Xona eshiklarini boricha ochgan yigit asabiy holatda edi. Uning ko'zlari hozir hech narsa va hech kimni ko'rmaydi. U shunchaki xona ichiga to'liq kirib shishali oyna tomon ketarkan, ortidagi og'ir yuk uning irg'ib ketishiga asosiy sabab edi!


-- aka, shunchalik ham g'ilay bo'lasizmi?! - yigit ortidan kelgan ovoz sabab bo'yniga o'ralgan yo'g'on qo'llarni yoyib ustidagini yerga qulatdi! - ohhh og'ridi!!! - marmar Pol ustiga tushgan yigit harhasha bilan ortini siladi


- Hwang Junwoo bu yerda nima qilyabsan?! - yigit yerda ingrayotgan bolaga qaradi



- Jade Hwang ham shu yerda! - endi yigitning ortidan ayol ovozi yangradi


- amma?! Siz bu yerda nima qilyabsiz?! - hayratlandi yigit



- o'z jiyanimni ko'rishga ham kelmasligim kerakmi?! Akam o'limidan so'ng kelmaganim sabab meni tez unutdingmi-a Tae?! - ayol o'rnidan turib Taehyungni bag'riga bosdi. Tae ham ammasini qucharkan endi barchasi avvalgidanda qiyin bo'lishini sezib ho'rsinib qo'ydi....



- Tae aka nega bunday qo'polsiz?! Ozgina yumshoqlik bilan tashlasangiz ham mayli edi! - o'sik sochli chiroyli yigit yana nolidi



- aslida sen qo'polsan! Nega meni ustimga sakrading? Tankdek og'ir ekanligingni bilmaysanmi? - Tae biroz hazil qildi


-- yaaa aka! - ular bir-birlarini quchoqlasharkan Jade xonim mehrli ko'zlari bilan ularga tikildi


Jade Hwang va Hwang Junwoo




- sevgilim, anavi irkit o'rdakcha.... - xonaga beso'roq kirib kelgan Aein Jade xonimni ko'rishi bilan dokadek oqardi


Jade Hwang nigohlarini qizga qaratarkan birozgina oldin Mehr to'lgan ko'zlarda nafrat paydo bo'lgandi


- Jade xonim?! Uzr suxbatingizni bo'ldim meni ma'zur tutasiz. Xohlasangiz chiqib turishim mumkin - Aein boshini egdi


- shaytonning urg'ochisi, sen haliyam jiyanimni tinch qo'ymadingmi? Sen foxisha* deb mening nabiram otasiz katta bo'lmoqda! - Hwang xonim jahlini bosish degan joyga tufurib qo'ygan ayollar tipidan


- men foxisha* emasman! - Aeinning ikki qarich tili o'zini bu xonim ko'ziga yomon ko'rinishiga doimiy sabab


- tili uzun ilon! Ko'zimdan yo'qol!!! - Jade Hwang baqirib bergach Aein yoshlariga qo'shilib xonadan chiqib ketdi....




- Jinni ham olib kelib yaxshi qilibsan qizim. - janob Park bo'lingan go'sht bo'lagini og'ziga solish barobarida so'zladi


- aslida bu yerga o'zimni o'zim taklif qildim amaki, bu qizingiz hech qachon meni mehmon qilmagan! To'g'rimi mening toychog'im! - Jin tizzasida o'tirgan Suhoning sochlaridan siladi


- albatta - bolakay ham bir narsani bilgandek bosh chayqab qo'lidagi xo'rozqandni yaladi


- Minsu Jin sizlarga bir taklifim bor. Qaror chiqarishga shoshilmang


- yaxshi

- yaxshi Dada


- Woobin va men ikkingizni turmush qurishingizni hohlaymiz. Bu taklifni men kiritmadim va avvaliga qarshi bo'ldim. Ammo keyin, Suhoning kelajagini o'yladim. Otasiz katta bo'lishini istamadim.


- men roziman amaki, Suho va Minsuni baxtli qilaman! - Jin o'z qarorini aytgach janob Park biroz hursand bo'ldi


- men ham roziman dada - Minsuning javobidan chol quvonib ketdi



- amaki, kechiring lekin biz bugun kunduzi o'z qarorimizni qabul qildik va uzuklarni taqdik. Bir necha kundan so'ng esa biz buni ziyofat qilib nishonlaymiz! - Jin janob Parkka tasalli bergandek bo'ldi



Forever_Happiness

5-qism tugadi

Muallif:: Aeri

Kanal:: fanfics_queens


Report Page