For takrorlanuvchi operatori(For loop)
Baratov Muslimbekfor takrorlanuvchi operatori

for .. in operatori ob’yektlar ketma-ketligida iteratsiyani amalga oshiruvchi, ya’ni ketma-ketlikning xar bir elementi orqali o’tuvchi tsikl operatori hisoblanadi. Ketma-ketliklar haqida keyingi darslarimizda imkon qadar tanishishga harakat qilamiz. Lekin xozircha ketma-ketliklar — bu tartiblangan elementlar to’plami ekanligini esalb qoling.
Misol: (for.py nomi bilan saqlang)
for i in range(1, 5):
print(i)
else:
print("Sikl tugadi")
Natija:
$ python for.py
1
2
3
4
Sikl tugadi
Bu qanday ishlaydi:
Bu dasturda biz sonlar ketma-ketligini ekranga chop etamiz. Bu ketma-ketlikni biz range funksiyasi yordamida generatsiya qilamiz.
Biz ikkita son beramiz va range funksiyasi bizga birinchi sondan ikkinchi songacha bo’lgan sonlar ketma-ketligini qaytaradi. Misol uchun, range(1,5) bizga [1, 2, 3, 4] ketma-ketligini beradi. O’z holicha range funksiyasi qadami qiymati 1 ga teng. Agar biz range funksiyasiga uchinchi sonni bersak, bu uning uchun qadam qiymati bo’lib xizmat qiladi. Misol uchun, range(1,6,2) bizga [1, 3, 5] ni beradi. Esda saqlang, range funksiyasi ikkinchi songacha boradi, ammo uni olmaydi.
So’ng for sikli ushbu — for i in range(1,5) ekvivalenti bo’lgan for i in [1, 2, 3, 4] diapazoni bo’ylab iteratsiyani amalga oshiradi. Bunda io’zgaruvchiga har bir iteratsiyada bittadan son (yoki ob’yekt) biriktiradi va har bir i ning qiymati uchun buyruqlar bloki bajariladi. Bu holatda biz buyruqlar blokida i qiymatini ekranga chop etyapmiz.
Eslab qoling else majburiy emas. Agar u mavjud bo’lsa, for sikli tugaganidan so’ng bir marta bajariladi. Lekin bunda ham while kabi sikl brekoperatori bilan tugatilmagan bo’lishi kerak.
Ya’na eslab qolingki, for..in sikli barcha ketma-ketliklar bilan ishlaydi. Bizning holatda bu range funksiyasi bilan generatsiya qilingan sonlar ketma-ketligi edi. Umuman olganda, ixtiyoriy ob’yektni ixtiyoriy ketma-ketligi bilan ishlatish mumkin.

break operatori
break operatori agar siklning bajarilish sharti hali False qiymat olmagan bo’lsa ham yoki ketma-ketlik elemantlari hali tugamagan bo’lsa ham siklni to’xtatish, ya’ni buyruqlar bajarilishini to’xtatish uchun xizmat qiladi.
Shuni aytib o’tish kerakki, for yoki while sikllarini break operatori bilan to’xtatilsa, ularga tegishli bo’lgan else bloki bajarilmaydi.
Misol: (break.py nomi bilan saqlang)
while True:
s = input("Nimadir kiriting : ")
if s == "exit":
break
print("Satr uzunligi: ", len(s))
print("Tamom")
Natija: $ python break.py
Nimadir kiriting : Dasturlash qiziq.
Satr uzunligi: 17
Nimadir kiriting : Agar ish zerikarli bo’lsa,
Satr uzunligi: 27
Nimadir kiriting : Unga berish uchun quvonchli ton
Satr uzunligi: 32
Nimadir kiriting : Ishlating Python
Satr uzunligi: 17
Nimadir kiriting : exit
Tamom
Bu qanday ishlaydi:
Bu dasturda biz foydalanuvchi tomonidan ko’p marta kiritilgan qiymatni olamiz va uning uzunligini ekranga chop etamiz. Dasturni to’xtatish uchun biz maxsus tekshirish yordamida foydalanuvchi kiritgan qiymat ‘exit’ satri bilan mos kelishligini tekshiramiz. Agar mos kelsa, siklni break sikl to’xtatish operatori bilan to’xtatamiz va dasturni oxiriga yetamiz. Kiritilgan satr uzunligi lenfunksiyasi yordamida topiladi. Eslab qoling, breakoperatori for siklida ham ishlatilishi mumkin.
continue operatori
continue operatori joriy blokdagi o’zidan keyingi qolgan barcha buyruqlarni bajarmay siklning keyingi iteratsiyasidan davom ettirish uchun ishlatiladi. Misol: (continue.py nomi bilan saqlang)
while True:
s = input("Nimadir kiriting : ")
if s == "exit":
break
if len(s) < 3:
print("Juda ham kam")
continue
print("Kiritilgan satr yetarli darajada uzun")
# Boshqa har-xil buyruqlar...
Natija:
$ python continue.py
Nimadir kiriting : a
Juda ham kam
Nimadir kiriting : 12
Juda ham kam
Nimadir kiriting : abc
Kiritilgan satr yetarli darajada uzun
Nimadir kiriting : exit
Bu qanday ishlaydi:
Bu dasturda biz foydalanuvchidan biror qiymat kiritishini so’raymiz, kiritilgan qator uzunligi 3 dan katta bo’lsa, tegishli amallarni bajaramiz. Satr uzunligini hisoblash uchun len funksiyasini ishlatdik va agar satr uzunligi 3 dan kichik bo’lsa, qolgan amallarni continue operatori yordamida bajarmay, siklning keyingi iteratsiyasiga o’tamiz. Aks holda biz uchun kerakli amallarni bajaruvchi buyruqlar bajariladi.
Eslab qoling, continue operatoti for sikli bilan ham ishlaydi.
Bu darsimizda buyruqlar ketma-ketligini boshqaruvchi uchta for operatorlari hamda ular bilan bog’liq bo’lgan break va continue operatorlaridan qanday foydalanishni ko’rib chiqdik. Bular Pythonning eng ko’p ishlatiladigan konstruksiyalaridan hisoblanadi. Shuning uchun ulardan foydalana olish ko’nikmasi juda ham muxim.
Keyingi darsda biz pythonda funksiya yaratishni o'rganamiz