Flutter dasturchisi
@unilanceVazifalar:
- iOS va Android uchun Flutter platformasida mobil ilovalar ishlab chiqish;
- Mobil qurilmalar uchun UI/UX dizaynini eng yaxshi amaliyotlar asosida loyihalash va joriy etish;
- RESTful API va tashqi xizmatlar bilan integratsiya qilish;
- Ilovalarning turli qurilmalarda samarali ishlashini ta’minlash;
- Unit va UI testlar yozish, kod barqarorligini ta’minlash;
- Loyihadagi versiyalar va bog‘liqliklarni boshqarish;
- Ilova arxitekturasini ishlab chiqishda ishtirok etish, takomillashtirish takliflarini berish;
- Turli qurilmalar va operatsion tizim versiyalarida test va nosozliklarni tuzatish;
- Agile formatida jamoaviy yig‘ilishlarda qatnashish (daily stand-up va boshqalar).
Talablar:
- Flutter bo‘yicha kamida 1–2 yillik ish tajribasi;
- Dart dasturlash tilini yaxshi bilish;
- RESTful API bilan ishlash tajribasi;
- Flutter Web yoki Desktop bo‘yicha tajriba;
- Responsive Design tamoyillarini bilish va UI’ni turli ekranlarga moslashtirish;
- Git bilan ishlash tajribasi;
- Clean Architecture, MVVM, BLoC, Provider kabi patternga ega bo‘lish;
- Firebase, SQLite va shunga o‘xshash texnologiyalar bilan ishlay olish;
- Unit, Widget va Integration test yozish tajribasi;
- Jamoada ishlash ko‘nikmasi va yaxshi kommunikatsiya;
- CI/CD jarayonlari bilan ishlash tajribasi.
Sharoitlar:
- Rasmiy ishga joylashuv va to‘liq ijtimoiy paket (ta’til, kasallik varaqasi, tibbiy sug‘urta);
- Ish vaqti: 09:00–18:00 (Dushanba–Juma);
- Tashkentdagi qulay ofisda ish o‘rni;
- Tajriba va malakaga mos raqobatbardosh maosh;
- Tajribali mutaxassislar jamoasida ishlash, bilim almashish va o‘sish imkoniyati;
- Korporativ tadbirlar va teambuildinglar;
- Loyihalardagi muvaffaqiyatli natijalar uchun bonuslar va mukofotlar;
- Ofis — qulay joylashuvda, yaxshi transport aloqalari bilan.