Florens Naytingeyl
Jo‘raboyev Davronbek
Florens Naytingeyl (12-may, 1820-yil, Toskana knyazligi, Florensiya, Italiya) — Uning otasi Uilyam Edvardildingle boy yer egasi hisoblangan. Onasi Frensis Smit boʻlgan. Florensning millati ingliz boʻlgan. U yoshligidan odamlarga yordam berib, ularni kasallik va oʻlim haqida ogohlantirardi. 20 yoshligidan hamshira boʻlishni orzu qila boshlagan. Ammo oʻsha paytlarda hamshiralar haqida asossiz, beʼmani, buzuq fikrlar mavjudligi sababli, bu orzusini bajarish amri mahol edi. U 33 yoshida kasalxonada ishlab tajriba orttirgach, „Shafqat hamshirasi“ katolik muassasini boshqara boshlaydi.

1853-yilda Florens Naytingeyl Londondagi xasta ayollarni davolash muassasida nazoratchi boʻlib ishlaydi. Nazoratchi sifatida ish olib borgan chogʻida Naytingeyl hamshiralarni tayyorlash maxsus maktablarini ochish zaruryati borligini taklif etadi. 1854-yilda Turkiya bilan Rossiya oʻrtasida urush kechayotgan vaqtda, Angilya qoʻshinlarini Turkiyaga yordamga berish uchun Qrimga joʻnatadi. Urushda yaralangan Angilya askarlariga hech qanday yordam koʻrsatilmasdan, ular Uskudardagi Angilya harbiy gospitaliga joylashtiriladi. Shu yilda Florens Naytingeyl boshchiligida 38 ta tibbiyot hamshirasidan iborat otryad gospitalga yetib keladi.

1857-yil “Angilya armiyasida Sogʻliqni saqlash, gospitalarini unumli bosharish masalalari boʻyicha mulohazalar” kitobini yozadi. Shuningdek u “Parvarish haqida xotiralar“ kitobini ham yozadi. Florens Naytingeyl hamshiralikni kasb sifatida rivojlantirish uchun ancha samarali mehnat qildi. Jumladan, uning modellari boʻyicha Yevropada, soʻngra Amerikada birinchi hamshiralar maktabiga asos solinadi. Xalqaro Qizil Xoch jamiyati 1912-yili „Florens Naytingeyl“ medalini taʼsis etadi. Harbiy harakatlar sohasida qahromanlik koʻrsatgan hamshiralar bu medal bilam taqdirlanadi.

Florens Naytingeyl bemor askarlardan yarim tunlarda ham hol-ahvol soʻrab yurushi xalq tilida “Chiroq bilan Xonim” afsonaga aylangan. 1857-yilda Amerika Longfello „Muqaddas Filiomen“ poemasini Florens Naytingeylga bagʻishlaydi. 1951-yilda Britanyalik tarixiy film rejissori Herbert Vilkox “Chiroq bilan Xonim” filmini yaratadi. 12-may Florens Naytingeylning tugʻulgan kuniga bagʻishlab “Xalqaro hamshiralar kuni” deb nishonlanib kelinmoqda. U 1910-yil 13-avgustda 90 yoshida Londonda vafot etadi. U Xampshirning okrugidagi Sharq-Uilla cherkoviga dafn qilinadi.

Florens Naytingeyl portreti 1975-yildan 1994-yilgacha muomalada bo‘lgan 10 funt sterlinglik banknotlarning orqa tomonida joylashgan.