Flexbox ni o'rganamiz (1-qism).

Flexbox ni o'rganamiz (1-qism).

Web development

Flexbox orqali, float yoki position xusisiyatlarni ishlatmasdan moslashuvchan maket (dizayn) tuzilmalari yasashingiz mumkin.

Flex elementlar.

Flexbox dan foydalanish uchun flex kontainer yaritib olish kerak bo'ladi.

flex container(qizil maydon) uchta flex elementlar bilan

1

2

3

Parent Element (Konteyner)

Flex kontainer yuqoridagi parent elementning display xususiyatini o'zgartirish orqali hosil qilinadi. Flex kortainer ichidagi child (farzand) elmentlar flex elementlar hisoblanadi.

.flex-container {
display: flex;

Flex-direction xususiyati.

flex-direction xususiyati orqali flex elementlarning ketma-ket joylashish yo'nalishi belgilanadi.

flex-direction: column - qiymati joylashish yo'nalishini vertical yo'nalishda (yuqoridan pastga qarab) belgilaydi.
.flex-container {
display: flex;
flex-direction: column;

flex-direction xususiyatining yana 3 ta

column-reverse - qiymati vertical yo'nalishda pastdan yuqoriga

row - qiymati gorizantal yo'nalishda chapday o'ng tomonga (default qiymati) va

row-reverse - o'ngdan chap tomonda jo'ylashish tartibini belgilash uchun ishlatiladigan qiymatlari mavjud.

flex-wrap xususiyati.

flex-wap xususiyati elemetlar lozim bo'lganda(sig'maganda) keyingi qatorga o'tishi yoki o'tmasligi kerakligini nazorat qilish uchun ishlatiladi.

flex-wrap: wrap - qiymati: lozim bo'lganda flex elementlar keyingi qatorga o'tishi
.flex-container {
display: flex;
flex-wrap: wrap;

flex-wrap xusiyatining yana 2 ta

nowrap - keyingi qatorga o'tishini cheklash va

wrap-reverse - keyingi qatorlarga teskari tartibda o'tish kabi qiymatlari mavjud.

wrap-reverse ga misol
.flex-container {
display: flex;
flex-wrap: wrap-reverse;

justify-content xususiyati.

justify-content - xususiyati flex elementlarni tekislash uchun ishlatiladi (matnlar uchun text-align ni eslang).

justify-content: center - markazdan tekislash.
flex-container {
display: flex;
justify-content: center;

justify-content - xususiyatining yana quyidagi qiymatlari bor:

flex-start - konteyner boshidan boshlab tekislaydi.

flex-end - oxiridan tekislaydi.

space-around - elementlar orasidan bir xil kattalikda bo'shliq qoldiradi (a-rasm).

space-between - ikki chegara aniqrog'i boshi va oxiri dan tekislaydi (b-rasm).

justify-content: space-around (a-rasm)

justify-content: space-between (b-rasm)

align-items xususiyati.

Ushbu xususiyat yordamida flex elementlar vertikal o'q (konteyner balandligi) bo'yicha tekislash uchun ishlatiladi.

align-items: center xolati elementlar konteyner balandligi bo'yicha markazdan joylashishi.

.flex-container {
display: flex;
height: 200px;
align-items: center;

flex-start - vertical ravishda yuqoridan,

flex-end - pastdan va

stretch - kontainer balandligi bo'yicha to'liq joylashadi. Bu qolgan qiymatlarni mustaqil ravishda tekshirb ko'rishingiz maqsadga muofiq bo'ladi.

E'tibor bering: flex-direction xususiyati yordamida flex elementlarning ketma-ket joylashish yo'nalishi o'zgartirilgan taqdirda justify-content va align-items xususiyatlari ham mos ravishda yo'nalishini o'rgartiradi.

Tajriba:

Elementni haqiyqiy markazga joylashtirish.

Bu tajriba amaliyotda juda kam ko'p qo'llaniladi va ko'pgina qiyinchiliklarni bartaraf etadi. Yuqorida ko'rganimizdek Flex elementni gorizantal joylashtirish uchun justify-content va vertical uchun align-items xususiyatlaridan foydalanamiz.

index.html

style.css

.box {

display: flex;

align-items: center;

justify-content: center;

.box div {

width: 100px;

height: 100px;

Shuning bilan bu maqolada biz Parent element xususiyatlari

flex-direction
flex-wrap
justify-content
align-items

bilan tanishdik. 2 - qismda Child element xususiyatlari

• order
• flex-grow
• flex-shrink
• flex-basis
• flex
• align-self bilan tanishamiz.

Keyingi qismga o'tish ->

Manba:

w3schools.com

developer.mozilla.org

Firk va mulohazalar uchun :

Web development

Amirov Qodir

Report Page