Fleek'dan offer oldim.

Fleek'dan offer oldim.

Muhammadhusayn

Bismillah. Ushbu maqolada Amerikaning Protocol Labs kompaniyasining fleek.co produkti jamoasiga ish uchun qanday qilib offer olganligim haqida yozaman. Kim uchundir foydalik bo'lsa xursandman.

fleek.co logo
fleek.co - Protocol Labsga tegishli, xuddi Heroku, Netlify ga o'xshab ketadigan, web3 ustiga qurilgan, domain va hosting servislarini taqdim qiladigan cloud servis.

Men o'tgan yili sentabr oyida Polshaning fireart.studio kompaniyasiga ishga kirgan edim. Kompaniyada ishlashni boshlaganimga bir yil bo'lib qolay dedi. Bir yil davomida bir mahsulotni noldan ko'tarib, uni bozorga olib chiqdik. U usedigest.com siz ham undan foydalanib ko'rsangiz bo'ladi. Kompaniya bilan tuzgan shartnomam o'z nihoyasiga yetar ekan, boshqa bir kompaniyada ishni davom etishni istadim va ertaroq harakatni boshlayverdim.

LinkedIn profilni tayyorlash.

Iyul oylari o'rtalarida LinkedIn profilimni to'ldirdim. Uni kirib ko'rsangiz bo'ladi. Ishga kirishda, LinkedIn profilingiz holati judayam muhim ahamiyatga ega. Iloji boricha uni recruiter'lar, HR'lar nazariga tushadigan qilib, LinkedIn qidiruv va filterlarida topiladigan qilish kerak. Youtube'da Jeff Su ismli blogerning career va LinkedIn profilni to'ldirishga doir videolaridan kerakli ma'lumotlarni oldim.

Profile compatibility.

LinkedIn profilni to'ldirganimdan keyin albatta, barcha boshqa ish elonlari beriluvchi platformalarimdagi akkount malumotlarimni ham LinkedIn'dagi ma'lumotlarim bilan bir xil (compatible) bo'lishi uchun, ularni ham o'zgartirdim. Resumeni qaytadan yozib chiqdim. Yangilangan resumeni bu yerda ko'rishingiz mumkin.

Eslatma! Hech qachon resume/CV va LinkedIn'dagi malumotlaringiz ikki xil bo'lib qolmasin. Birida boshqacha, ikkinchisida boshqacha narsani yozib qo'ymang. Bundan tashqari, hamma akkountlarda bitta bir xil rasmni ishlating. Turli rasmiy joylarda turli rasmdan foydalanishingiz, ularni hammasi aslida bitta shaxs ekanligiga shubha solishi mumkin.

Umumiy tayyorgarlik ko'rish.

Yangi ishxonaga tayyorlanar ekanman. Bu safar faqatgina texnik bilimlarimni mustahkamlash bilangina emas, balki soft skillarimni oshirib, jumladan qanday qilib positiv suhbat olib borish, story telling, system design uchun ham tayyorlandim.

System design. Bu uchun juda chuqur tayyorlanmadim. Chunki hali FAANG'ga topshirmoqchi emas edim. Lekin system design, uning qanday tartibda bo'lishi haqida umumiy ma'lumot olishni istadim. Eng avvalo, Azimjon Pulatov bergan maslahatlar eng asosiy fundament vazifasini bajardi. Keyin, Youtube'da IGotAnOffer: Engineering kanalida yuklangan bor yog'i 4 ta video ham ancha as qotdi. Ularda avval Google'da Engieer Manager bo'lib ishlagan inson bilan bo'lgan mock system design interview'larni ko'rish mumkin. U inson Spotify, Telegram va TikTok kabi platformalarini design qilib ko'rsatib beradi.

Story telling. Sizning texnik bilimingiz yaxshi bo'lishi, system design bo'yicha ham yaxshigina bilimga ega bo'lishingiz mumkin. Lekin qandaydir voqeani ravon, chiroyli, tushunarli, eshitayotgan odamni hayratga soladigan qilib aytib berish bu alohida mahorat. Story telling va umumiy boshqa interview payti beriladigan "kutilmagan" savollarga yaxshi tayyorlanish uchun sizlarga aniq bir manbani keltira olmayman. Lekin Telegramda Jahongir Rahmonov bergan tavsiyalarga amal qilsangiz bo'ladi. Bundan tashqari, LinkedIn premimum sotib olsangiz, unda career'ni rivojlantirish bo'yicha, interview payti beriladigan turli xil "tricky" HR savollarga qanday javob berish bo'yicha butun boshli kurs bor.

Men yuqoridagi manbalardan foydalanganimdan so'ng, LinkedImdagi turli ishxonadagi turli qilgan ishlarimni esladim. Va uni bir hikoya ko'rinishiga keltirib, avvaldan o'zimga o'zim aytib yurib tayyorlandim.

Eslatma: Ishxonada bo'lib qoladigan, siz yechim bergan yoki qilgan zo'r ishlaringizni qayergadir yozib yursangiz, ular keyinchalik boshqa joylarga ishga kirayotgan paytiz aytib berishingizga ancha as qotadi. Bo'lmasa esingizdan chiqib ketishi ham mumkin.

Takliflar kelishni boshladi.

LinkedIn'imni to'ldirib qo'yib, o'zim tayyorgarlik ko'rishda davom etdim va kutdim. Sekin asta menga yozishni boshlashdi.

Ularni ichida fleek.co etiborimni tortdi. Menga yozgan recruiterga positsiyaga qiziqqanimni va call qilib ko'rishga rozi ekanligimni aytdim.

Call qildik. Oddiy suhbat bo'ldi. Menga kompaniya va fleek produkti haqida gapirib berdi. Keyin men o'zim haqimda gapirib berdim. Call'dan avvalroq unga resume'imni yuborgan edim. Call vaqti menga mening nomzodim Team Lead'ga ma'qul kelganini aytdi va tech interview uchun meni tavsiya qilishini, interview'da menga omad tilashini aytib xayrlashdi.

Intervew'ning bekor bo'lishi.

Texnik interview'ni 23-avgust sanasiga belgilagan edim va menda tayyorgarlik ko'rish uchun bir hafta vaqt bor edi. Tayyorlandim. Web3 haqida, fleek haqida o'rganib chiqdim. Lekin Interviewda bir necha soat avval, ular interviewni bekor qilishdi.

Aytishlari bo'yicha, deadlinega yaqin qolgani va ishlar judayam ko'payib ketgani uchun boshqa kunga ko'chirishni taklif qildi. Keyin bir hafta keyinga, 31-avgust kunga qayta schedule qildim.

Interview'ning ikkinchi bor bekor bo'lishi.

Men bir hafta kutdim. Keyin esa interview vaqtidan yarim soat avval yana interviewni bekor qilishdi.

Bundan tashqari endi kompaniya ichida ichki tizimni boshqattan strukturalashtirayotgani va hozircha bu recruitment proccess'ni to'xtatib turishlarini aytishdi. Agar hammasi tugasa o'zlari aloqaga chiqishmoqchiligini bildirishdi. Qattiq disappoinment oldim. Ikki marta ketinma-ketin bekor qilishlari xafa qildi. Keyin esa "o'zlaringdan ko'rlaring, menday dasturchidan quruq qolishding" dedimda boshqa kompaniyalar bilan jarayonni davom etdim.

Lekin boshqa kompaniyalar bilan jarayon yaxshi ketmadi. Ba'zilari aytgan requirement'lar to'g'ri kelmadi yoki ba'zilarida oylik maosh qoniqtirmadi. Shuning uchun fleekka bu safar o'zim yana bir chiqib ko'rmoqchi bo'ldim holatni tekshirish uchun. Bosh recruiterni pochtasini topdim va unga yozdim.

Yaxshi, u tezda javob qaytardi va bo'lgan voqealar uchun uzur so'rab, qayta yangi interview tashkillashtirishini aytdi.

Shunday qilib nihoyat, 7-sentabr kuni tech interview'ni uchunchi marta qayta tashkillashtirdik.

Birinchi tech interview.

Interview avvalida ozgina hayajon bosdi. Birinchi kuni recruiter opa, ular coding challenge va DSA bo'yicha imtixon qilmasliklarini, ko'proq Fleek haqida, Web3 texnologiyalari va Cloud platformalari, GrahQL va TypeScript haqida suhbat bo'lishini aytgandi. Shuning uchun men ham asosan suhbatga tayyorlandim.

Suhbat Nacho bilan bo'ldi. Kelib chiqishi Ispan bo'lgani uchun accent bilan gapirar ekan inglizchani. Suhbat boshida gapiga umuman tushunmay, ispanchada gapiryapti deb o'ylabman. Keyinroq yaxshiroq quloq solsam inglizcha ekan. Keyin, yaxshi, buni unga bilintirmay suhbatni davom etib ketdim.

Suhbat davomida texnologiyalar bo'yicha mayda savollar bo'lmadi. Aksincha har bir ishlagan kompaniyamda qanday muammoga qanday texnik yechim berganimni gapirib berganimni so'radi. Unga ikkita asosiy ishimni juda chiroyli qilib gapirib berdim.

Birinchisi. Pokiza nomli loyihada ishlagan vaqtim, ERP platformasining permission system qismi bor edi. API GraphQL 'da qilingan. Permission juda ham dynamic bo'lib har bir kichik action uchun kichik permission'lar yaratilgan va ular har bir adminga vazifasiga ko'ra berilishi mumkin. Taxminan, 120 dan ortiq permission'lar bor. Bundan tashqari, ularni xuddi AWS'dagi kabi guruhlab ham qo'yish mumkin bo'lishi va adminga guruhni ham biriktirish mumkin bo'lishi kerak. Biror admin backendga so'rov yuborsa, yuborilgan GraphQL query va parametrlarni parse qilib, bu query uchun unda access bor yoki yo'q ekanligini tekshirish kerak. Aslida butun loyihaning backend qismini o'zim yozganman lekin aynan mana shu servis o'zim uchun yoqqan bo'lgani uchun unga alohida urg'u berib gapirib berdim. Nacho ancha muncha lol qoldi.

Ikkinchisi. usedigest.com loyihasida qanday qilib, Amazon SES va SNS dan foydalangan holda har bir foydalanuvchiga yuboriladigan email holatini track qiluvchi servisni qanday yozganimni aytib berdim. Bundan tashqari gap AWS haqida ketgani uchun, orqasidan AWS'da deployement haqida so'ragan vaqti, Bitbucket'da CI/CD piplene'ni sozlab, loyiha ichidagi app'larni qanday qilib AWS S3 va Elastic Beanstalk'ka deploy qilganligim, deploymentni automatlashtirganim va Route 53 bilan domain konfiguratsiyani to'g'rilaganligim haqida gapirib berdim.

Suhbat so'ngida unga ma'qul kelganimni aytdi lekin ishga olishlari uchun yana bitta undan ham kattaroq lead bilan ham suhbat o'tkazilishini bildirdi. Suhbatdan so'ng, keyingi interview'ni schedule qilish uchun link yubordi.

So'nggi interview va offer.

Keyin texnik interviewda yana bir xil jarayon sodir bo'ldi. Birinchi interview'da aytgan narsalarimni qaytadan aytib berdim. Lekin oralarida savol berib turdi. Unga javob berib o'tib ketdim. Suhbat tugadi va keyin o'ylab ko'rishlarini va agar ma'qul kelsam, offer yuborishlarini bildirishdi.

Ikki kundan so'ng offer yuborishdi.


Report Page