First time [ilk martta]🔞

First time [ilk martta]🔞

Sohe || Chapter-5

— Taehyung menga tushuntir


Men undan qo'limni oldim .


— Aytishga arzigulik narsa emas dedim.


U menga g'azab bilan gapirganida yuragim parchalanib ketdi. Ammo bobom nega mendan foydalanadi? Va aynan nima maqsadida.


— Taehyung menga rostni ayt? Bobom nega bu yerga kelgan


Uning bilagini ushlab olganimda u meni o'zidan yulqib tashladi. Keyin gaprish uchun shaylanganimda u xonadan butunlay g'oyib bo'ldi. Men yana yolgʻiz qoldim. Men juda ko'p.narsalar haqida o'yladim. Keyin sumkamda qolib ketgan mobil telefonim meni bezovta qildi. Uni olib Jeon menga qo'ng'iroq qilayotganini payqadim. Chuqur uh tortib qo'ng'iroqga javob berdim.


— iltmos tezroq gapring?


Mening ohangim birdan titrab ketdi. Huddi Jungkook ham buni sezgandek mendan havotir bilan so'radi.


— Nimadir bo'ldimi?

— Yo'q, hammasi joyida. Tezroq gapira olasizmi?

— Yaxshi, biz kerakli narsalarni harid qilishimiz kerak edi. Uying tagidaman. Chiqa olasanmi?


Birdan nigohim ilgʻab bo'lmas darajada kattalashdi


— Kelishdan avval bir og'iz so'rashingiz kerak edi?


Uning ohangi tezda tiqilib qoldi. Telefon ortidan o'lik sukunat oraladi. Keyin men hijolat bo'lib gapirdim.


— qo'polligim uchun uzur so'rayman, shunchaki bobom uyda, meni notoʻgʻri tushunishlari mumkin.

— Ha shundaymi? Men... bilmagandim. Hozir ketaman.


Men negadir uni ketib qolishini istamadim. Hozir menga tasalli kerak edi.


— Yo'q, iltmos o'n besh daqiqa kutib tura olasizmi?




Men qoʻngʻiroqni uzganimdan so'ng kayfiyatsiz o'zimni eng yaxshi versiyamni yaratib hech kimga bildirmay eshikdan chiqib tashqariga chiqib ketdim. Mashina turgan joyga borib oldi o'rindiqga joylashdim.


— Hayrli kech Jeon.

— Jungkook. Menga Jungkook deb murojaat qil.


Men u tomon qaraganimda u cho'ntagidan nimalaridir olib menga uzatdi.


— Bu nima?

— ro'yhat, olish kerak bo'lgan narsalar. Balki qarab ko'rarsan nimadir qolib ketgan bo'lishi mumkin.


Men enasmni qotirdim. Balki bu shunchaki shokolad bo'lishi mumkin edi. U mashinani haydab ketganida men hammasni ko'zdan kechirdim.


— menimcha hammasi joyida.

— Haqiqatdanmi?


Uning nigohi porlab ketganida men kichik tabbasum qildim.


— Ha albatta


Keyin biz do'konga yetib kelganimizda ro'yxatdagi hamma narsani harid qildik. Men ularni hisoblatish uchun turdim. Navbatim kelganida hisoblash uchun kassaga hamma narsani qo'ydim, shunda qarshimdagi yigit menga yuzlandi.


— Dam olishmi?


U kulib mayin gapirganda men javob berishni lozim topdim.


— Ha o'quvchilar bilan.

—Juda ajoyib, yoshingiz nechada?


Men yelka qisib qo'limni cho'ntagimga soldim.


— 21, men faqat amaliyotdagi ustozman.

— Oh, bu juda ajoyib, ismingiz?


Men endi gapirmoqchi bo'lganimda Jungkookning qo'pol ohangi ortimdan yangradi.


— Jungkook.


U o'z ismni tilida aylantirib labini burishtirdi va yonimga kelib joylashdi.


— Ismim Jeon Jungkook

— Kechirasiz Janob Jeon.


Kassadagi yigit huddi Jungkookni taniydandek muomala qilganida hayron qolib og'zimni ochdim.


— Siz bir biringizni taniysizmi?

— Yo'q, u tezroq ishini qilishi kerak edi. Men shuni eslatmoqchi bo'ldim. Ammo u bittada tushundi to'g'rimi?


Oxirgi jumlani takidlagandan so'ng u yigitga qaradi. Keyin biz hamma narsani olib mashinaga joylashdik..


— Mmm balki Sohil bo'yiga borish kerakdir?

— Aslida bu yomon taklif emas. Ammo men tezroq uyga bormasam bobom va ukam havotirlanadi. Dadam va oyim ham...


Men tushkunlikga tushganimda u qo'lini sochim ustiga qo'ydi.


— Ko'p emas, bir soat vaqt olaman. Senga aytadigan bazi narsalar bor.


U labini burdi. Keyin men nima ekanligiga qiziqib bosh irg'adim.




— tushishing mumkin.


Men mashinadan tushganimda sohilning yumshoq va mayin shamoli yuzmga urildi. Men ko'zimni yumib chuqur nafas yutdim.


— Kechgi Sohil juda go'zal bo'ladi.


Uning so'zlaridan ko'zimni ochib mayin jimlaydim. Keyin u qo'lini menga uzatganda olgan nafasim tamogʻimga tiqilib qoldi. Ammo negadir men ham unga qo'l uzatishni istadim. Uning yo'g'on ammo nafis qo'lidan tutganimda u menga bir on oshiq qoldi. Ko'zlarni mendan uzib sohil tomon yetkaladi. Sohilga kelganimizdan so'ng dengiz suvlari oyoqlarimizga yetar darajada biz tomon suzilib keldi. Jungkookning qo'lini kutilmagan xolatda belimda his qilganimda allaqachon oyoqlarim yerda uzilgan edi.


— Hey, nima qilyapsiz?

— Oyoqlaringa suv tegyapti, shamollab qolasan.


U meni qo'lida ko'tarib mayin gapirganda men so'zsiz jim qoldim. Ammo ikki qo'limni keng yelkasiga joylab uning ko'zlariga tikildim.


— Amaliyotgi oʻqituvchi bilan universitetda dars beradigan ustoz o'rtsidagi bunday munosabat yaxshi emas.


Men sekin gapirganimda u yuziga chiroy tabbasum oldi.


— Men bularga ahamiyat bermayman.

— Bu shilqimlikdan biror maqsadingiz bormi?


Jungkookning yuziga tezda hayron ifoda oraladi. Yashin tezligida meni quruqroq yerga tushirib qo'lini qorin qisimga joylab qattiq kulib yubordi.


— Shilqimlik? Ayi sen ahmoqsan.


U ustimdan kulishda davom etarkan, men ikki qo'limni bir birga bog'lab labimni burgancha oyoq kiymimni taqillatdim.


— Bu kulgli emas.


Jiddiy so'zladim. Keyin u bir on to'xtab qo'lini sochlarim tomon yo'latdi.


— Bu shilqimlik emas.


Keyin u sochim orasiga sekin barmoqlarini o'rab pastroq gapirdi.


— buni sevgi deya eʼtirof etish ham mumkin.


Nigohim birdan yonib ketdi. Labim hayratdan osilib qoldi, ko'zlarimni katta ochib boshimni uning qo'lidan uzoqlashtirdim.


— Uyga borish kerak, Taehyung havotir ola boshlaydi.


Taehyungni eslashim bilan sumkamdagi mobil telefonimga bildirishnoma kelib meni biroz chalgʻitidi. Men vaziyatdan chiqish uchun telefonimni olib ekarinni surgancha qulogʻimga tutdim


📞: Ayi qayerdasan?


Oh, yo'q, men shu qadar qattiq hayajonga berildimki hatto ekradagi yozuvga ham ahamiyat bermadim. Men dovdirab qolgandim.


— M-Men shunchaki toza ... Toza havoga chiqdim.

📞: Men seni ko'rmayapman, aynan qayerda toza havo olayapsan?


Ukam onsonlikcha taslim bo'ladigan yigit emas edi. Labimni chorasizlikdan qattiq tishladim.


— Meni tergashni bas qil. Hozir uyga boraman.

📞: Dadam seni so'rayapti. Keyin.....Iltmos hozricha mensiz tashqariga chiqma. Men havotirdaman.


Uning ovozi biroz havotirli chiqganida bu yerda jiddiy nimadir bor ekanligini tushundim. Men so'ramoqchi bo'ldim, ammo qarshimda menga tikilib turgan Jeonni ko'rib fikrimni tezda yig'ib oldim.


— Havotir olma men hozir boraman.


Men qizilni bosib bo'lgandan so'ng Jungkookga qaradim.


— Meni uyga olib borasizmi?


Uning mukammal qoshlari tezda uchburchak shaklida tizildi.


— Biz hozir keldik axir.

— Taehyung havotirlanayapti. Va siz bilan ekanligimni bilishini istamayman.

— Negadir ukangdan ham rashk qilishni boshlayapman.


Men buni hazil deb qabul qilgancha sekin kulib qo'ydim. Jungkook chuqur nafas yutib ortidan yetaklagancha mashinasiga yo'l ochdi. Va tezda uyga meni yetkazdi.


— Ertaga biroz barvaqt universitetiga kela olasanmi?


U mendan so'rganda, men mashina eshigidan qo'limni oldim va unga qaradim.


— Biror muammo bormi?

— Sayohat uchun tayyorlanishga ko'maklashishing kerak.


Men biroz o'ylanib labimni qiyshaytirgancha bosh irg'idim.


— Albatta, men ukam bilan boraman.


Ukamni eshitgan Jungkookni birdan yuzi burishib ensa qotirgancha rozi bo'ldi. So'ng u bilan hayirlashib uyga kirdim. Qorongʻu yoritgichlar o'chirilgan uy bo'ylab oyoq uchida yurib xonamga kirdim. Eshikni yopib ortimga o'girilganimda xonaning chirogʻi yonganida yuragimni hovuchlab oldim.


— Qayerda eding?


Onamning sovuq ifodasini ko'rib yuragim muzlab qoldi.


— Toza havoga...

— Bobong kelganini ko'rding, nega kech bo'lganda tashqariga chiqasan.


Men sekin yuragimni joyiga qaytarib onamning yoniga joylashdim.


— Oyijonim ! Havotir olmang, bobom hech narsa qilmaydi.


Onam ikki qo'lini kaftimga mahkamlab ko'zimga achinish hissi bilan qaradi.


— Qizalogʻim, iltmos endi tashqariga ukangsiz aslo chiqima maylimi?


Men qiziqish bilan so'radim.


— Nega siz ham Taehyung ham bunday deyapsiz? Nimadir bo'ldimi?

— Hozircha emas. Ammo sening hayoting hafsizlik ostida emas. Bu haqida boshqa so'rama.


Mening tanam muzlab qolganini his qildim. Terimdan otilib muzdek ter chiqdi. Ammo onam allaqachon o'rnidan turib tashqariga chiqish uchun shaylangandi. Keyin men onamni to'xtatdim


— Qanday havf?

— Shunchaki bobongdan va uning odamlaridan biroz extiyot bo'l


Men gapirshimdan avval onam xonadan chiqib ketdi. Men o'zimning mashaqqatli savollarim bilan yolgʻiz qolib ketdim.


***


Hali kun yorishmasidan avval men universitetga keldim

Albatta ukam bilan yana nechanchidir jahon urushini yakunlagan xolda.


— U nima desa hammasni so'zsiz qilish kerak emas.


U jahil qilgancha universitetning binosi ichiga kirdi.


— Taehyung sekinroq.


Ortidan yugurgancha borib yelkasidan qattiq ushlab oldim.


— Bugun sayohatga chiqamiz ahir. Iltmos sen ham biz bilan bor.

— Men borishni istamayman. Kerak emas.

— Ammo onam, Taehyungsiz yurma dedi.


Men ikki barmoqlarimni bir birga niqtab nigohim bilan yer chizdim.


— Yolgʻiz dedi. Ammo seni yoningda hamma bo'ladi.

— barbir sensiz u joy tatimaydi.


Men qo'limni bir birga o'radim. Kichik labimni burib ko'z qirimni unga qadadim. Taehyung kulgancha yonimga kelib sochimga qo'lini qo'yib to'zg'itib tashladi.


— Ayi, Ayi.... Men boraman, faqat egzagim uchun


Taehyung rozi bo'lganda hursandchilikdan osmonga sakradim. Men u bilan kelishib olgancha Jeonning xonasiga oshiqdim. Ichkariga kirganimda esa uning doimgidek aylanma qora stulda o'tirganini ko'rdim.


— Kirishim mumkinmi?


U ortiga qaradi. Ko'zlarida biroz yosh bor edi. Men hayron qolib unga tikilib turdim. U yosh to'la ko'zlarni sidirib yonimga keldi.


— Biroz kech qolding.


Men unga yanada yaqinroq keldim. Bilmayman, menga nima bo'ldi. Ammo uning yosh to'la mayus ko'zlari meni qayğurishimga sabab bo'ldi. Kichik qo'limni uning yuzida aylantirib ko'ziga olib bordim.


— Nima bo'ldi.


Men qiziqish bilan so'radim. U mendan uzoqlashganida qo'lim havoda muallaq qoldi.


— Shunchaki eski xotiralar.

— Jungkook, Menga aytishingiz mumkin.


U yuzini boshqa tomon burganida men bo'ynimni biroz egib uning ko'zlariga qarshi chiqdim.


— Hm? Aytasizmi?

— Men shunchaki sogʻindim .


Men og'zimni ochdim. Nahot Jeonda ham sog'inadigan biror kimsa bo'lsa. Ammo negadir bu yuragimni siqib qalbimni azobga duchor qilardi.


— Menga hammasni aytishingiz mumkin.


U menga qaraganida men aqildan ozdim. Bir qo'li bilan yuzimga yugurib labimni tutdi.


— Ayi, hozir emas. Men keyinroq hammasni senga aytaman. Faqat biroz vaqtdan so'ng.


U muloyim gapirganida, men ko'zimni pirpirtdim. Keyin bir ikki qadamlar bilan ortga chekinib chiroyli tabbasum qildim.


— Yaxshi Jungkook. Balki biz sayohat uchun tayyorlanishimiz kerakdir?

— Albatta.


U tezda o'zini tutib, xonaning chap burchagida turgan qora va yashil sumkalar yoniga bordi. Uni ichini ochib, o'ziga kerakli bazi narsalarni oldi.




— Balki men bilan borarsan..?


Taehyung qarshidagi qizga mayin jilmaydi. Qiz buni biroz hushlamagach boshini ortiga tashlab labini burdi.


— Taehyung o'zing boraver men borishni istamayman.

— Hari, shu safar bunday qilma?

— Men sen bilan borishni istamayman.


Hari oxrgi so'zni be ETBOR aytib u oyoqlarini boshqa tomon burib Taehyungni ohrgi achchiq alam bilan birga tashlab ketdi.


Сохэ || Аари || Чаптер-5

Report Page