⭕️Firibgarlik holatlari bo‘yicha ogohlantirish!

⭕️Firibgarlik holatlari bo‘yicha ogohlantirish!



💸 Hozirgi kunda naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi rivojlanib bormoqda, lekin shu bilan birga savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalariga o‘rnatilgan to‘lov terminallari bilan bog‘liq firibgarlik holatlari ham tez-tez uchramoqda. Odatda jismoniy shaxslar tomonidan xalqaro bank kartalari orqali to‘lov terminallaridan mablag‘lar yechib olinadi va oradan ma'lum bir vaqt o‘tgandan so‘ng go‘yoki tovar berilmagan yoki xizmat ko‘rsatilmagan degan vaj bilan nizo ochilgan holda to‘lov terminali orqali bank kartasidan yechilgan mablag‘lar qaytarib olinadi. Afsuski, bir qator tadbirkorlik subyektlarining esa bunday noqonuniy xatti-harakatlarga aloqadorligi ham aniqlangan.


❗️ Yuqoridagi firibgarlik holatlari O‘zbekistonda keng tarqalib borayotganligi sababli biz Sizga quyidagilarni eslatib o‘tmoqchimiz.


🤝 Savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari o‘z terminallarida to‘lovlarni xalqaro bank kartalari orqali qabul qilish bilan bog‘liq yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar, da'volar yoki nizolar, shuningdek, savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarining jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarini legallashtirish bilan bog‘liq firibgarlik sxemalariga aloqadorlik uchun javobgar hisoblanadi.


💳 Shu bilan birga tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlar xalqaro to‘lov tizimi kartalari orqali qabul qilinganda kelgusida mumkin bo'lgan zararlarni oldini olish maqsadida savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari tomonidan karta egasi - jismoniy shaxsga tovar sotilganda yoki xizmat ko‘rsatilganda to‘lov chekidan tashqari mijozning tovar yoki xizmatni qabul qilib olganligi ko‘rsatilgan videotasma / mobil telefon yozuvlari, mijoz va tovar aniq ko‘rsatilgan holda olingan fotosuratlar, hisob-faktura kabilar olinishi lozimligi hamda bu hujjatlarni tovar berilganligi yoki xizmat ko‘rsatilgandan keyin kamida 120 kun saqlanishi va bankning tegishli so‘roviga asosan bankka taqdim qilinishi shart.



Report Page