📺 Film tomosha qilishni qanchalik yoqtirasiz?

📺 Film tomosha qilishni qanchalik yoqtirasiz?

O‘zJOKU Rasmiy | @uzjmcu

☕️ Ayniqsa qish kunlari bir finjon qahva yoki choy bilan shinamgina uyingizda, oila davrasida kino koʻrish qanchalik maroqli, toʻgʻrimi? 😍

❗️❗️ Taʼtil kunlari vaqtni qanday oʻtkazishni bilmay kun-u tun televizor qarshisidan keta olmayotgan talabalar diqqatiga 🥳🥳


💰 Film tomosha qilib ham pul mukofotini qoʻlga kiritish mumkin ekanligiga ishonasizmi? Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti sizga shu imkoniyatni beradi. Aynan taʼtil kunlari siz talabalar uchun Cinema Review (Kino sharhi) tanlovi eʼlon qilinmoqda! 

❓ Tanlovda qanday ishtirok etish va buning uchun nima qilish kerak deb oʻylayapsizmi? Bu juda ham oson.


Tanlov shartlari:

— Birinchi navbatda, quyida keltirilgan filmlar roʻyxati bilan yaxshiroq tanishib chiqing: 

1. Ibrat;

2. Mo‘jiza;

3. Qo‘rg‘oshin; 

4. Islomxo‘ja;

5. Avloniy;

6. Ilhaq;

7. Vatan;

8. Temur;

9. Mimino;

10. Gandi;

11. Судьба человека/Inson taqdiri;

12. Cherchill;

13. Побег из Шоушенка/ Shoushenkdan qochish;

14. Большие спорщики/ Buyuk baxschilar;

15. Умница Уилл Хантинг/ Aqlli Uill Xanting;

16. Невидимая сторона/Ko‘rinmas rishta;

17. Унесенные ветром/Shamollarda qolgan hislarim;

18. The King’s speech/Король говорит;

19. Unbroken/ Не сломленный;

20. По половому признаку.


Tanishib boʻldingizmi? Endi esa oʻzingizga maʼqul boʻlgan filmni tanlab, sharh tayyorlang. 


⚠️ ESLATIB OʻTAMIZ:


Cinema review 3 xil koʻrinishda boʻlishi mumkin:

1. Esse;

2. Taqdimot (foto/audiotaqdimot);

3. Videorolik.


Agarda sizda yutush ishtiyoqi baland boʻlsa, unda birgina kino bilan cheklanib qolmang va bir-nechta filmga sharh tayyorlang. 


⏳ Tayyorlangan materiallar 2022-yil 20-yanvar kuniga qadar qabul qilinadi. Jurnalistik materialingizni manaviyat.uzjoku@jmcu.uz manziliga yuboring.


🏆 YUTUQLAR:

1-oʻrin uchun: 2 000 000 soʻm;

2-oʻrin uchun: 1 500 000 soʻm;

3-oʻrin uchun: 1 000 000 soʻm.


Tanlovda ishtirok etgan barcha talabalar rag‘batlantiruvchi mukofotlar bilan taqdirlanadi.


SHOSHILING! Omadingizni sinab koʻring, aynan siz gʻoliblar qatorida boʻlishingiz mumkin😌


Batafsil maʼlumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: 

🔍Batafsil maʼlumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: https://telegra.ph/Diqqat-tanlov-01-10


Facebook | Instagram | Telegram | www.uzjoku.uz

Report Page