Filip Kotler

Filip Kotler

@KhanAcademyUzbek

Filip Kotler, S.C. Jonson & Son xalqaro marketing bo‘yicha Kellogg menejment maktabining faxriy professori bo‘lib, u bu yerda 50 yildan ortiq dars bergan. AQSh biznes maktablari o‘rtasida o'tkazilgan biznes haftaligida Kellog "Marketingni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi biznes maktabi" sifatida baholandi. Professor Kotler muvaffaqiyatiga, uning Kelloggdagi ko‘p yillik tadqiqoti, ta’lim yoʻnalishidagi xizmatlari sezilarli darajada hissa qo‘shdi. U Chikago universitetida magistr va "MIT"da iqtisod bo'yicha doktorlik darajasini oldi. Kotler Garvard universitetida matematika va Chikago universitetida xulq-atvor fanlari bo‘yicha post-doktorlik ishlarini olib bordi.


Professor Filip Kotler Amerika Marketing Assotsiatsiyasi (AMA) "Marketing bo‘yicha taniqli o‘qituvchi mukofoti"ning (1985-yil) birinchi laureati bo‘lgan. Yevropa marketing bo‘yicha maslahatchilar va savdo trenerlari assotsiatsiyasi Kotlerga "Marketing mukammalligi" mukofotini berdi. U 1975 yilda o‘tkazilgan so‘rovnomada AMA akademiklari tomonidan "Marketingni fikrlash bo‘yicha yetakchi"si sifatida tan olindi. Shuningdek, 1978-yilda marketingga qo‘shgan hissasi sharaflanib, Kotlerga AMAning "Paul Converse" mukofoti taqdim etildi. 1989-yilda u Charlz Kulidj Parlinning marketing tadqiqotlari bo‘yicha mukofoti sohibi bo‘ldi. 1995-yilda Savdo va marketing bo‘yicha xalqaro tashkilot (SMEI) "Yilning eng yaxshi marketologi" deb topildi.


2011-yilda Kotlerga "Marketing bo‘yicha afsona bo‘lish" unvoni berildi. 2012-yilda u Akademiklar boshqaruvi ro‘yxatida 1-o‘rinni egalladi. 2013-yilda marketing nazariyasi va amaliyotiga qo‘shgan katta hissasi uchun Uilyam L. Uilki nomidagi Amerika Marketing Assotsiatsiyasi jamg‘armasining “Yaxshiroq dunyo uchun marketing” mukofotining birinchi laureati bo‘ldi. Shu yili u “Sheth Foundation” medalining marketing va amaliyotiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun birinchi laureat bo‘ldi.

Professor Kotler "IBM", "General Electric", "AT&T", "Honeywell", "Bank of America", "Merck" va boshqa yirik kompaniyalarga marketing strategiyasini rejalashtirish, marketingni tashkil etish va xalqaro marketing bo‘yicha maslahatlar bergan.


Filip Kotler Yevropa, Osiyo va Janubiy Amerika bo‘ylab ko‘p sayohat qildi, ko‘plab kompaniyalarga ularning raqobatbardoshligini oshirish uchun iqtisodiyot va marketing fanining asosiy tamoyillarini qanday qo‘llash bo‘yicha maslahatlar berib, ma‘ruzalar o‘qidi. Shuningdek, ularga o‘z kompaniyalarining yutuqlari va resurslarini global raqobat uchun qanday rivojlantirish va joylashtirish bo‘yicha ham maslahatlar berdi.

Report Page