Filialda magistratura imtihonlari boshlandi

Filialda magistratura imtihonlari boshlandi

Farrux Najimov
Konsultasiya berish jarayoni

Bugun 16-avgustdan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filialida magistratura bosqichiga roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar uchun imtihonlar boshlandi. Magistratura abituriyentlari test sinovlariga faqat fuqarolik pasporti va imtihonda qatnashish uchun maxsus ruxsatnoma bilan kiritilmoqda. Ruxsatnomani http://magistr.edu.uz va http://ruxsatnoma.edu.uz/ manzili orqali yuklab olish imkoniyati yaratilgan.

Barcha karantin talablariga to‘liq rioya qilgan holda, jarayonlarning tartibli va adolatli o‘tishi ta’minlangan. Magistratura imtihonlari 6 ta yoʻnalishda bo'lib o'tadi. Ushbu yo'nalishlarga 169 ta nafarga yaqin abituriyent ro’yxatdan o’tgan.

Imtihonlari 16-18 avgust kunlari filial Bosh binosida boʻlib oʻtadi.

Imtihon jarayonlari


Imtihon jarayonlari

Magistratura va ijodiy imtihon jarayonlarini onlayn kuzatuvi

https://imtihon.edu.uz/Qashqadaryo/50



Report Page