Fikrlarni o'qish
empatik aniqlik
Insonlar tom ma’noda boshqalarning fikrlarini o’qiy olmaydi, ammo o’ylar va his-tuyg’ularni intuitsiya asosida ilg’ab olish uchun aqliy modellar yaratishi mumkin. Bu boshqa insonlarning so’zlari, emotsiyalari va tana tili tomonidan uzatilgan belgilarni “o’qish”ni o’z ichiga oladi va empatik aniqlik tushunchasi sifatida ma’lum.
Aksariyat insonlar boshqalarni ma’lum darajada o'qiy olishadi, ammo autizm spektridagi yoki psixotik kasalliklar bilan og’rigan insonlar boshqalarning hissiyotlarini anglab olishda qiyinchiliklarga duch kelishadi.
Ko’p hollarda, begonalar yo hattoki, qarindosh, do’st va umr yo’ldosh fikrlarini anglash bu yog’da tursin, o’z o’ylarimiz va intilishlarimizni tushunish yetarlicha mashaqqatli jarayondir. Ko’plab insonlar o’z fikrlarini umr yo’ldoshi yoki oila a’zolari “o’qish” qobilyatiga yuqori baxo berishdan iborat aqliy jihatdan jiddiy xatolikka yo’l qo’yishadi, ularni yaxshi bilgan insonlar, ayni paytda, garchi buni ular ochiqcha aytmagan bo’lishiga qaramasdan, ularga tegishli o’y va his-tuyg’ularini ham bilishadi deb taxmin qilishadi.
Odamlar bir-birlarining fikrlarini qanday o’qishadi?

Ilmiy fantastik hikoyalarda, fikrlarni o’qish muntazam ravishda salbiy maqsadlar yo’lida ishlatiladi. Haqiqiy hayotda, boshqalarning fikri va hissiyotlari haqida aniq tasavvurga ega bo'lish, mojarolar va tushunmovchiliklarga duch kelmaslikka va shaxsiy munosabatlarni mustahkamlashga yordam beradi.
Kimningdir fikrini, yoki yanada aniqrog'i, ularning kayfiyatini “o’qish”ga uringanda – ularning tana tili, ovoz ohangi va so'zlar tanlovi bu jarayonni boshlab olishga eng yaxshi yordamchi hisoblanadi. Yana bir muhim element - bu hamdardlik: o'zingizni boshqa bir insonning o’rniga qo'ya olish qobilyati ularning qarashlarini tushunib olishga imkon beradi va ularning fikrlari, his-tuyg'ulari va xatti-harakatlarini tushunishni osonlashtiradi.
Odamlar bir-birlarining fikrlarini o’qiy oladilarmi?
Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, boshqalarning emotsiyalarini va ularning ishonchliligini aniqlashda tanamizning ularga bo'lgan reaksiyalarida, hech bo'lmaganda, ularning nutqini aqliy baholashda namoyon bo'ladi. Shunday qilib, o'z ongimiz va tanamiz boshqalarning his-tuyg'ulariga qanday munosabatda bo'lishi haqidagi ichki intuitsiyalariga ishonish boshqalar to’g’risida aniqroq hukm chiqarishga yordam beradi.
Biz boshqalarga qanday emotsional belgilarini namoyish etamiz?
Boshqa insonlarning o'ylarini o'qishga harakat qilganimizda, biz ularning yuzlariga qarashga moyil bo'lamiz. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, xursand odamlarning yuzlari V shaklda, ya’ni qoshlari va og’izlari yuqoriga ko’tarilgan, jahli chiqqan insonlarning yuzlari ko’proq X shakliga ega, ya’ni qoshlari va og'izlari pastga qaragan bo’ladi. O’zimizdagi va boshqalardagi ushbu moyillikdan xabardor bo’lish muloqot va tushunishni yaxshilashi mumkin.
Sevishgan juftliklar bir-birlarini qanchalik yaxshi o’qiy olishadi?
Sevishgan juftliklarning o’zaro bir-birlarining fikrlarini o’qiy olishi boshqa barcha insonlarning fikrlarini o’qiy olishlaridan ko’ra yaxshiroq deb bo’lmaydi. Gent universiteti vakili Selin Hinnekens va hamkasblarining ma'lumotlariga ko'ra (2020), “Oldingi o’tkazilgan tadqiqotlar oiladagi er-xotinlar bir-birlarining fikrlari va his-tuyg'ularini ilg’ab olish darajasi sezilarli darajada past ekanligini ko'rsatdi. Ularning empatik aniqlik darajasi o’rtacha 30-35 %ni tashkil etadi. Ushbu statistikani boshqacha tahlil qilib ko’rsangiz, turmush o’rtog’ingiz fikrlarini noto'g'ri o'qish ehtimolingiz 65-80 foizga teng bo'lishi mumkin.”- deb ta’kidlaydi mualliflar. Er-xotinlar bir-birlarining fikrlarini obyektiv jihatdan baxolashlariga har bir tomonning munosabatlar to’g’risidagi o’z tuyg’ulari ta’sir etadi.
Turli madaniyat vakillari insonlarni turlicha o’qishadimi?
Turli madaniyat vakillari sifatida voyaga yetayotgan bolalar emotsiyalarni namoyish etish va ifodalashda shu hududga tegishli tartiblarni o’zlashtirishga o’rganishadi. Jumladan, Yaponiyaliklar boshqa odamlar orasida o’z emotsiyalarni berkitishiga hayrixohlik bildirishi mumkin. Shuningdek, kishilar o’z “ madaniy aksentlari” asosida boshqa odamlarni turlich o’qiydilar. Misol uchun, amerikaliklar yuzdagi xursandchilik, qayg'u va ajablanish ifodalarni boshqalarga qaraganda kuchliroq darajada baxolaydilar.
Odamlarni o'qiy olish mahoratingizni yaxshilash

Hattoki atrofdagilari bilan yaxshi chiqishib ketuvchi insonlar ham bir tomonlama yondashuvga moyilligi, ma'lum madaniy tendensiyalar yoki vaziyatlar bilan bog'liq omillar tufayli masalan, yig'layotganga o’xshab ko’ringan odam, aslida, mavsumiy allergiyasi bo’lishi mumkinligini anglamagan holda boshqa insonlarning his-tuyg'ularini tez-tez noto'g'ri talqin qilishadi. Boshqalar o'z his-tuyg'ularini qanday namoyon etishlari haqida va shu bilan birga, bizning ongimiz va tanamiz boshqalarning his-tuyg'ulariga qanday munosabatda bo'lishi haqida ko'proq bilish odamlarni o'qish ko'nikmasini yaxshilashga yordam beradi.
O’z tana tilingizni sizni oshkor qilishidan saqlashingiz mumkinmi?
Yuz emotsiyalarni yetkazishda asosiy vosita hisoblanadi, ammo, umumiy tana tili ham bu jarayonda o’z o’rniga ega. Ko'pincha, biz o’z yuz ifodamizni neytral holatda tutishga intilsak-da, tana tilimiz bizni oshkor etib qo’yadi. Ijtimoiy yoki professional vaziyatlarda ko'p narsalarni oshkor etishni oldini olishda, yuz va tana holatini birgalikda hisobga olish muhim.
Qay vaziyatda fikrlarni o'qish mashaqqatli jarayon bo'lishi mumkin?
Autizm va Diqqat Yetishmovchiligi Giperaktivligi sindromi kabi psixiatrik va xulq-atvor kasalliklari boshqalarning fikrlari va his-tuyg'ularini o'qish jarayonini qiyinlashtiradi. Garchi autizm va diqqat yetishmovchiligi kasalligi bilan og'rigan insonlar hamdardlik hissidan butunlay mosuvo bo’lmagan bo’lsa-da, ular kichik ishoralarni ilg’ab olish yoki kimningdir so’zlari yoki ovoz ohangni baholashga yetarlicha vaqt ajratmasdan, beixtiyor javob qaytarib yuborishlari mumkin.
Bu qiyinchiliklarning tub sabablari miyaning bir necha qismlarida bo'lish ehtimolligi mavjud. Ba'zi tadqiqotchilar bunga sabab sifatida hissiyot, axloqiy qarorlar qabul qilish va ijtimoiy vaziyatni baxolashda muhim vazifani bajaruvchi, old qismda joylashgan tsingulatsiya korteksidagi miyaning atipik faoliyatiga ishora qiladilar.
Kimlar boshqa insonlarning fikrlarini o’qishga qiynalishadi?
Autizm bilan bir qatorda, empatik aniqlikni tadqiq etish ijtimoiy munosabatlarda o’zlarini bezovta his qiluvchi insonlarga qaratilgan bo'lib, ular o’zaro ijtimoiy munosabatlarni oldindan aytib bo'lmaydigan yoki chalkash deb qabul qilganliklari sababli emotsiyalarni o’qish bilan bog’liq qiyinchiliklarga duch kelishadi. Ammo, tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, ijtimoiy bezovtalikni boshdan kechiruvchi insonlar ikki xil bo'lishi mumkin - ularning ba'zilari uchun o’zgalarning fikrini o'qib olish jarayoni mashaqqatli jarayon bo’lsa, boshqalarning o’ylarini o’qib olishda a’lo bo’lish darajasi ularning o’z atrofidagi insonlarga yuqori sezgirligi oshishiga va o’zlarining bu insonlar tomonidan qanday baxolanishiga sezuvchanlikning yuqorlashishiga sabab bo’lgan insonlarning soni kamroqni tashkil etadi.
Qanday qilib autizm bilan hayot kechirayotgan insonlar boshqa insonlarning his-tuyg'ularini o'qishni o'rganishlari mumkin?
Kognitiv xulq-atvor terapiyasi autizm, giperaktivlik sindromi hamda rivojlanishda nuqsonlari bo’lgan insonlarga, ahamiyatsiz qoldirilgan sharoitda boshqa insonlarning fikrlarini o’qish va tegishli munosabat bildirishni qiyinlashtiruvchi, umumiy ijtimoiy imo-ishoralarni yaxshiroq aniqlashni o'rganishga yordam beradi.

Maqola Psychologytoday saytidan olindi.