Ferienjob dasturida qatnashmoqchimisiz?!

Ferienjob dasturida qatnashmoqchimisiz?!

Toshkent davlat transport universiteti Xalqaro hamkorlik boshqarmasi
Quyida yozilganlarni diqqat bilan o'qib chiqing!

Dasturda qatnashish uchun uning shartlariga to'gri kelishingiz kerak!

👉 Dastur 18-30 yoshdagilar uchun va faqat 3 oyga mo'ljallangan. Dastur davomida sizda ta'til bo'lishi shart! Bitiruvchi kurslar qatnasha olamydi!

O'zbekistondagi barcha universitet talabalari qatnasha oladi, qachonki ularda quyidagi mavsumlardan birida ta'til bo'lsa!

👉 MART-APREL-MAY oylari Transport universiteti 2-bosqich sirtqi talabalari uchun ta'til! (bahorgi mavsumda qatnasha olasiz yozda qatnasha olmaysiz!). Shuningdek, boshqa universitet talabalariga ushbu oylarda ta'til bo'lsa qatnasha oladi!

(Ariza topshirish muddati: 18-dekabrgacha)

👉 APREL-MAY-IYUN oylari Transport universiteti talabalari qatnasha olmaydi, AMMO boshqa universitet talabalariga ushbu oylarda ta'til bo'lsa qatnasha oladi!

(Ariza topshirish muddati: 18-dekabrgacha)

👉 IYUN-IYUL-AVGUST oylari Transport universiteti 3 va 4-bosqich Sirtqi va Kunduzgi talabalari uchun ta'til shu bois qatnasha olasiz! Shuningdek, boshqa universitet talabalariga ushbu oylarda ta'til bo'lsa qatnasha oladi!

(Ariza topshirish muddati: 23-dekabrgacha)

👉ID karta bilan ariza qabul qilinmaydi! Qizil pasportingiz bo'lmasa, HOZIROQ TOPSHIRING agar dasturga ariza topshirish yakunlangunicha qizil pasportingiz chiqsa, keyin hujjat to'g'rilaysiz, agar ulgurmasangiz qatnasha olmaysiz! Hozircha yashil pasport bilan hujjat tayyorlashni boshlasangiz bo'ladi.

Muddat kam qoldi iltimos inobatga oling!

TIL DARAJASI bo'lishi tavsiya etiladi, dasturga hujjat topshirgach biz o'zimiz sizga qisqa muddatda nemis tili darslarini tashkil qilib beramiz, bundan havotir olmang! Agar ingliz va rus nemis tillarini bilsangiz bu o'zingizga katta foyda.

DASTUR HAQIDA MA'LUMOT:

Germaniya ketgunga qadar XARAJATLARINGIZ:

Kompaniyaga 500€, sug'urtaga 50€, elchixonaga 80-100€, borib-kelish bileti uchun taxminan 800-1000 € = umumiy taxminan 1500€ atrofida xarajat qilasiz. (To'lov faqat boshida 3 500 000 so'm qilinadi qolgani bosqichma-boshqich amalga oshiriladi. So'ng hujjatlarizni tayyorlashni boshlaymiz.

DAROMADINGIZ:

Saotiga 13,50 yevro (brutto/yalpi) olasiz, oyiga o'rtacha 2300€ pul topasiz 3 oy mobaynida. Birinchi oyda Germaniyaga ketgunga qadar qilgan xarajatlaringizni qoplasangiz qolgan oylarda daromadga kirasiz. (kelasi yil yozgacha soatiga ish haqqi oshishi kutilmoqda.)

Germaniyadagi xarajatlaringiz oyiga ovqatlanish va yotoqxona uchun 400-600€ gacha sarflaysiz (sayohatga chiqishiz mumkin, pulizni qanday sarflashiz o'zizga bog'liq).

ISH BERUVCHI

Asosan yordamchi ishlarda, firmada mahsulotlarni qadoqlash, logistika, cara haydash, pochta, tashish ishlarini boshqarish va tashkil etish kabi ishlarda ishlaysizlar (qaysi shaharda ishlashiz va yana boshqa qo'shimcha ma'lumotlar haqida batafsil Germaniyadan siz uchun kelgan ish bo'yicha TAKLIF XATIda yozilgan bo'ladi)

Talabalardan kelib tushgan ayrim savollarga javoblarni taqdim etamiz!

· Dastur nomi “Ferienjob für schüler”

· Dastur 90 kunga mo‘ljallangan bu Germaniyada qolish kuniga bo‘lgan haqqingiz.

· Viza chiqishi uchun barcha hujjatlarni qilamiz, agar siz sudlanmagan bo'lsangiz muammongiz bo'lmasa qonun bilan, katta ehtimol bilan viza olasiz! Viza chiqmasa pulingiz qaytarilib beriladi, bu boyicha batafsil sizga beradigan shartnomamizda yozilgan.

· Bu dasturda yiliga bir marta qatnashish mumkin.

· Ish haqqini kelasi oyning 15-20-sanasiga oladi. (Oxirgi oyni kelgach ham olaverasiz, O‘zbekistonda bo‘lgan paytizda kartangizga kelib tushaveradi).

· Oldindan avans beriladi. (Avans bu ish haqqingni oldindan bir qismini olish bu podarka emas.)

· Ijara haqqini oyligingizdan berishingiz mumkin (Germaniyaga kirib kelgan qochqinlar hisobiga joy toppish muammo shuning uchun narxlar qimmatlashgan). Kvartira va soliq oylikdan ushlab qolinadi bu uchun uydan pul olib kelish shart emas.

· Har kim har xil xarajat qiladi yoki ekanom qiladi. 35-40 soat ish (qo‘shimcha ish olib bilishingiz o‘zizni ko‘rsatishizga bog‘liq) bo‘lsa soatiga 13.50 sent yevro oylik olasiz, 200-300 yevrogacha soliqqa ketadi (kelasi yil qaytarib olishlariz mumkin), ijaraga 400-500 yevrogacha ketadi, u yerda yeb-ichish o‘zlarizga bog‘liq, sof foyda 1500-1600 yevro atrofida qoladi har oy.

· Shanba, yakshanba istalgan davlatizga bora olasiz ishga faqat grafik asosida vaqtida kelasiz (also kechikmang).

· Dam olish kunlari ishlasangiz yoki agar kechgi smenda bo'lsa ishiz qo‘shimcha to‘lov qilishadi sizga. Rasmiy bayram kunlariga ham ish vaqtingiz to'g'ri kelsa qo'shimcha pul qo‘shiladi.


Nasib bo'lsa, qatnashish istagingiz bo'lsa menga quyidagilarni yozib tashlang:

1. Dasturda qaysi oylarda qatnashmoqchisiz? (Belgilangan oylarda sizda ta'til bo'lishi shart! (chunki universitetingiz imzolab beradigan ikkita hujjat bor, yo'qsa imzolab berishmaydi.))

2. Ism-familiya

3. Universitetingiz nomi

4. Nechinchi kurssiz, Sirtqmi, Kunduzgi?

5. O'qishga kirgan yilingiz

6. O'qishni tamomlash yiliz

7. Yo'nalishingiz nomi to'liq

8. Telefon raqamingiz

Ushbu ma'lumotlarni @Nazira_Olimova (ovozli xabar jo'natmang) telegram linkiga yozib uzatganingizdan keyin sizga shartnoma va kerakli hujjatlarni tashlab beradi.


Report Page