Faynberg stipendiyasi
ЭлдорAleksandr Faynberg nomidagi maxsus stipendiya va ko‘krak nishoni to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O’zDJTU talabalariga ALEKSANDR FAYNBERG nomidagi maxsus
stipendiya (keyingi o‘rinlarda — maxsus stipendiya) tayinlash va to‘lash, shuningdek,
ALEKSANDR FAYNBERG nomidagi ko‘krak nishoni (keyingi o‘rinlarda — ko‘krak nishoni)
bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
2. Maxsus stipendiya va ko‘krak nishoni O’zDJTUda Aleksandr Faynberg hayoti va
ijodini o‘rganish, faoliyatini yoritish, ilmiy tadqiq qilish hamda targ‘ib etish yo‘nalishida izlanish
olib borayotgan, alohida faollik ko‘rsatgan o‘qituvchi va talabalarni rag‘batlantirish maqsadida
ta’sis etiladi.
2-bob. Aleksandr Faynberg nomidagi maxsus stipendiyalarni tayinlash tartibi va
mezonlari
3. Maxsus stipendiya kvotasi O’zDJTUdagi fakultetlar sonidan kelib chiqib, har bir
fakultet bo‘yicha bittadan alohida-alohida ajratiladi.
4. Maxsus stipendiya quyidagi mezonlarga javob beradigan O’zDJTUning kunduzgi
ta’lim shaklida tahsil olayotgan bakalavriatining 1-3-bosqich hamda magistraturasining 1-bosqich
talabalariga belgilanadi:
Aleksandr Faynberg hayoti va ijodini o‘rganish, faoliyatini yoritish, ilmiy tadqiq qilish
va targ‘ib etish yo‘nalishida izlanish olib borish;
adabiyot va kitobxonlikni keng targ‘ib qilish yo‘nalishida alohida faollik ko‘rsatish;
adabiyot va kitobxonlikka doir konferensiyalarda (tanlovlarda) qatnashish;
nashr etilgan ishlarning (asarlarning) mavjudligi.
5. Maxsus stipendiya tayinlanishida talabgorlarning ushbu Namunaviy nizomning 4-
bandida belgilangan mezonlarga muvofiq bilim va ijodiy tayyorgarlik darajasini sinovdan
o‘tkazish maqsadida oliy ta’lim muassasasi:
maxsus stipendiyaga talabgorlar orasidan tanlab olish uchun ta’lim yo‘nalishlari va
adabiyot sohasidagi mutaxassislardan iborat tanlov komissiyasini (keyingi o‘rinlarda — Tanlov
komissiyasi) tuzadi va uning ish tartibini belgilaydi;
adiblar hayoti va ijodi bo‘yicha test sinovlari (keyingi o‘rinlarda — test sinovi) savollarini
tasdiqlaydi.
6. Talabgorlar dastlabki ko‘rib chiqish uchun fakultet kengashiga har yili 20-martga qadar
quyidagi hujjatlarni topshiradilar:
sinov daftarchasidan ko‘chirma (o‘zlashtirish ko‘rsatkichi);
kafedra tavsiyanomasi;
ijodiy (ilmiy) ish, uning annotatsiyasi va taqriz (mavjud bo‘lsa);
tyutorning fikr-mulohazalari;
Aleksandr Faynberg hayoti va ijodi hamda faoliyatini (ommaviy axborot vositalarida,
ijtimoiy tarmoqlarda va boshqa) targ‘iboti bo‘yicha materiallar;
Aleksandr Faynberg hayoti va ijodini, faoliyatini tadqiq qilish bo‘yicha respublika va
xalqaro miqyosdagi jurnallarda chop etilgan yakka mualliflikdagi ilmiy maqolalar, o‘tkazilgan
anjumanlardagi faol ishtirokini tasdiqlovchi hujjat (asl nusxasi);
o‘z sohasi bo‘yicha xalqaro yoki respublika darajasidagi ko‘rgazma, biyennale, festival,
simpozium, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlardagi ishtiroki va natijalarga erishganligi (mavjud
bo‘lsa) to‘g‘risida tasdiqlovchi hujjat.
Barcha hujjatlar ikki nusxada, har bir nusxasi alohida jildga joylangan holda taqdim
qilinadi. Har bir jild muqovasida taqdim qilayotgan fakultetning nomi, talabgorning ismi va
familiyasi, ishning nomi ko‘rsatilgan bo‘ladi.
7. Fakultet kengashi har yili 31-martga qadar talabgorlar tomonidan taqdim etilgan
hujjatlarni ko‘rib chiqib, maxsus stipendiyaga nomzodlarni tavsiya etish, nomzodlikka
talabgorlarning o‘qishdagi va ijodiy (ilmiy) faoliyatidagi muvaffaqiyatlarini baholash uchun
muhokamaga qo‘yadi.
Muhokamadan so‘ng yashirin ovoz berish yo‘li bilan eng munosib talabgorlar tanlab
olinadi. Bunda talabgor va uning ishi uchun ovoz berishda ishtirok etgan kengash a’zolarining
uchdan ikki qismidan ortig‘i ovoz berganda, nomzod talabalar ma’qullangan hisoblanadi va
ularning nomzodini fakultet kengashi Tanlov komissiyasiga kiritish maqsadida fakultet dekanatiga
taqdim etadi.
Fakultet dekanati har yili 10-aprelga qadar nomzodlarning hujjatlarini Tanlov
komissiyasiga taqdim etadi.
8. Tanlov komissiyasi:
har yili 20-aprelga qadar talabgorlar bilan test sinovi hamda suhbat o‘tkazadi;
har yili 25-aprelga qadar nomzodlarning so‘nggi tanlovini yashirin ovoz berish yo‘li bilan
tashkil etadi, bunda talabgor va uning ishi uchun ovoz berishda ishtirok etgan komissiya
a’zolarining uchdan ikki qismi yoqlab ovoz berganda, ushbu nomzodni maxsus stipendiya
tayinlash uchun tavsiya qiladi;
har yili 27-aprelga qadar maxsus stipendiya tayinlash uchun tavsiya etish to‘g‘risidagi
qarorni Universitet kengashiga taqdim etadi.
9. Tanlov komissiyasining maxsus stipendiyani tayinlash to‘g‘risidagi qarori asosida har
yili 30-aprelga qadar Universitet kengashining qarori qabul qilinadi.
Universitet kengashining maxsus stipendiyani tayinlash to‘g‘risidagi qarori rektor
buyrug‘i asosida kuchga kiradi.
10. Maxsus stipendiyaga sazovor bo‘lgan talabalarga har yili 20-mayga qadar “Aleksandr
Faynberg nomidagi maxsus stipendiya sovrindori” guvohnomasi (keyingi o‘rinlarda —
guvohnoma) beriladi.
11. Maxsus stipendiya talabalarga har yili, bir o‘quv yili uchun 1-sentabrdan boshlab
belgilangan miqdorga qat’iy rioya qilingan holda tayinlanadi.
Maxsus stipendiya miqdori Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-son
qarori 2-ilovasining 2-bandiga muvofiq belgilanadi.
12. Talaba o‘qishini boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirganda yoki akademik ta’til
olganda maxsus stipendiya to‘lanmaydi. 4-bosqich talabalariga maxsus stipendiya o‘qigan davri
uchun to‘lanadi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
24. Kundalik darslarni o‘zlashtirmaydigan, o‘quv intizomini va odob-axloqni buzgan
talabalarni o‘quv yili mobaynida fakultet kengashining tavsiyasiga binoan oliy ta’lim muassasasi
rektori buyrug‘i asosida maxsus stipendiyadan mahrum qilinishi mumkin.
25. Maxsus stipendiya va ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha ariza va shikoyatlar
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.