Fault.

Fault.

Author : #ParkHerin

-Men sengga aytgandim Herin, bu joy ayollar uchun emas, ayniqsa sendek yosh qizlar uchun.

-Janob meni kechiring. Uning bunday qiliqlariga indamay qarab turishim kerak edimi? (Herin.

-sen haligacha kimga tan jahorati yetkazganingni bilmayapsan shekilli.

-meni kechiring janob. Boshqa qaytarilmaydi. (herin.

-albatta boshqa qaytarilmaydi, chunki ishdan bo'shatdim seni. 2 hafta ishlab berganing uchun maoshingni kassadan olib ketishing mumkin.

-ammo janob men hozir ishlashim kerak. (herin.

-seni tushunaman Herin. Lekin endi bu yerda ishlay olmaysan. Hozir sen shifoxonaga borib iltimosnoma yozib berishing kerak. Sudga berish ehtimoli bor. (Herin indamay club boshqaruvchisi xonasidan chiqib ketdi.


Arang ko'zlarini ochgan yigit palata chiroqlari nuridan qayta ko'zini yumdi. Biroz vaqt shunday holatda yotgancha sekinlik bilan o'rnidan turishga harakat qildi. Kechagi voqealarni eslashga urinib, tibbiy yordam ko'rsatilgan boshini ushlagancha og'riqdan qisqa ingrash chiqardi. Atrofga alanglagancha dori vositalari tahlangan stolda indamay nimalarnidir yozayotgan qizni ko'rishi bilanoq nigohlari to'xtadi. Boshini ushlab, ko'rsatkich barmog'ini u tomon qadadi.

-Sen qiz.. (Taehyung.

-Ha men.. (yozayotgan barmoqlarini to'xtatib arang o'rnidan turgan holsiz yigitga qaradi.

-hech narsa, shunchaki kuchli ekansan(Taehyung boshini ushlagancha qizga qarab kuldi.)buncha berilib nimalarni yozyapsan.

-o'lmay qolganliging haqida tilxat. (herin.

-O'lishim ham mumkin edimi?! (Taehyung.

-ha biroz qattiqroq urganimda albatta. (Herin.

-barmen qiz. (Taehyung.

-endi unday emas, seni deb ishimdan ayrildim, bilasanmi sen kelmasingdan oldin hammasi yaxshi edi, hech kim menga no jo'ya harakat qilmayotgandi ham. Koshki kelmasang. (herin.

-Hammasiga o'zing aybdorsan. (Taehyung.

-qanaqasiga men. (herin.

-mening etiborimni tortmasliging kerak edi. (Taehyung.

-rostanmi?, sening etiboringni tortish uchun nima qildim. Menimcha deyarli hech narsa. (herin.

-aynan sening hech narsa qilmaganing, mening savollarimni javobsiz qoldirganing senga bo'lgan etiborimni tortdi. Qiziqishimni uyg'otdi. barmen qiz. (Taehyung gapirarkan Herin allaqachon iltimos xatini yozib, ryugzagini yelkasiga taqqancha yigitiga 10 qadamcha yaqinlashdi.


-Men uchun uyg'ongan qiziqishing o'zing uchun qayta joyiga borib uxlasin. (herin.

-bunday bo'lmasachi? (Taehyung.


-Mayli nima bo'lsa ham kasalxona harajatlarini qoplay olmayman. Yonimda bir chaqa ham yo'q. Agar juda ham pulga zarur bo'lsang ishga joylashib maosh olishimgacha kutasan. Unda ham oz ozdan qarzimni uzishim mumkin. Ungacha meni bezovta qilma iltimos, ha aytgancha seni endi umuman uchratmayman deb umid qilaman. Chunki keyingi safar uchrashganda etiboringni tortmaslik uchun o'ldirib qo'yishim mumkin. (Herin yigitga ohirgi so'zlarini aytib palatadan chiqib ketdi. Yigit qizning dadilligi va so'zlarining ravonligidan unga bo'lgan qiziqishi yanada oshgani ajablanarli emas. Taehyung boshini bir ikki ushlagancha kimgadir qo'ng'iroq qildi.

📞-Minghu qayerdasan?!. Clubga borib kechagi meni urgan qiz haqida ma'lumot to'plab menga habar ber. (Taehyung.

-tushundim janob. Hozir sizni olib ketaymi?!

📞-yo'q. Sen batafsil hammasini aniqlab keyin meni olib ketasan.

-yaxshi janob.

Qo'ng'iroq yakunlandi Taehyung o'rnidan turib Herin yozgan qog'ozni o'qish uchun zo'r ishtiyoq bilan stolga yaqinlashdi.

-Herin. Demak barmen qizaloq isming Herin ekanda. (Taehyung xuddi katta bir yangilik eshitganday quvondi.... Kollejda dars boshlanishiga 10 daqiqa bor. Herin kollej oshxonasidan uxlab qolgan miyasini uyg'otish uchun qahva va bir bo'lak non sotib oldi...

-Herin Park seni direktor chaqiryapti. (sinf boshlovchisi chaqirigidan qahva ichganiga qaramasdan uxlab qolgan herin uygonib ketdi.

-Nega?! (herin.

-o'zidan so'raysan.

Herin Direktor xonasiga nimadandir qattiq qo'rqqandek sekinlik bilan borib, eshik yonida qotib qoldi..

-kirmaysanmi?! (kursdosh qizning qilgan pichingini anglagandek eshikni ochib ichkariga kirdi.

-Hayrli tong honim. (herin.

-senga ham, o'tir Herin.

-nimadir bo'ldimi?! (Herin.

-Herin jiddiy muammo bo'lmasa seni chaqirmasdim. Ishlashingga qarshi emasman, ammo ketma ket sababsiz qolishlar, baholar o'zlashtirishi yomonligi.. Bilasanmi hozir sen barcha kollej o'qituvchilari ko'ziga yomon ko'rinib qolyapsan.

-honim axir men allaqachon balog'at yoshiga yetganman, buning ustiga bitiruvchi kursdaman. (herin.

-bu ahamiyatsiz, kollejda o'z ishing bilan shug'ullan, ishlashingga qarshi emasman, ammo darslardan ozod bolganingda. Universitet imtixonlari ham yaqin. Ularga tayyorlan.

-ammo men to'liq darsga kelsam och qolaman, Universitet uchun esa umuman vaqtim yo'q. (herin.

-unda yetimxonaga qaytishing mumkin.

-yo'q honim. Mayli hammasiga tayyorman. Darslarga to'liq kelaman. (Herin.

-Yaxshi darsingga qayt.

Herin eshikdan chiqishi bilan devorga suyanib ko'zlarini yumgancha ko'z yoshlarini qo'yib yubordi. Yetimxona... Ota onasiz bolalar qaramogiga olingan maskan... U yer haqida hamma har hil fikrda... Herinning ham yetimxonada yuragining yarmi qolib ketgan... Ammo Herin u yerga qayta olmaydi.. Uni yetimxonadan olib ketish uchun ham ishlashi kerak.... Hayollarini bir burchakka yig'ib, kozidagi yoshlarini ko'rsatmaslikka urinib, o'rnidan turib darsxonasiga ketdi.


*Taehyung birinchi marta kasalxonaga tushgan odamday kasalxonaning har bir burchagini aylangancha xuddi oromgohda dam olayotgan bolakayday o'ynoqi harakatlar bilan ko'ziga ko'ringan hamshiralarga gap otardi. Allaqachon Herin haqida toliq malumot to'plagan Minghu kasalxonadan Taehyungni izlab zo'rg'a topishga ulgurdi.

-Janob

-xo'sh nima bo'ldi? Nimadir topoldingmi?! (Taehyung.

-Ha janob, oddiy kollej o'quvchisi, bu yil bitiruvchi, ismi Park Herin. Ota onasi 2 yil oldin vafot etgan. Saengwon ko'chasida ijarada yashar ekan.

-ajoyib, qani ketdik. Kollejning nomi nima ekan?! (Taehyung.

-Hwanjon kolleji. (Taehyung minghuni yelkalaridan ushlagancha kasalxona yolaklaridan katta va tez qadamlar bilan chiqib ketishdi.... Darslar tugagan payt. Herin clubdagi ikki haftalik maoshiga ozi uchun yeyishga mahsulotlar va bir ikkita qishgi bolalar kiyimi, oyoqkiyim olgancha kollejdan chiqib Yetimxonaga yo'l oldi.....

Taehyung herindan 20 daqiqa kech kollejga yetib keldi... Taehyung kollej yo'laklari bo'ylab savlat bilan yurarkan kollejning istalgan qizi undan ko'zini uzolmasdi. Direktor xonasini surishtirib topgancha to'g'ri uning qabuliga yo'l oldi.


-Marhamat janob kim, kelishingiz haqida habar berganingizda maxsus tayyorgarlik ko'rardik. Shu kollejning bosh homiysi va rahnamosi hisoblangan Janob Kim Minhoning o'g'li bo'lsangiz.

-yo'q, yo'q, hech qanday tayyorgarlik shartmas, otamning yutuqlari ortidan mashxur bo'lgan erkak bo'lishni istamayman. Bu yerga bir odam haqida bilish uchun keldim. (Taehyung stulga oyoqlarini chalmashtirib tahlagancha direktorga qaradi.

-albatta janob, kim haqida bilishni xohlaysiz.

-Park Herin. Adashmasam shu kollejning bitiruvchi kurs qizi. (Taehyung.

-Ha albatta, nimadir bo'ldimi?, odatda bu o'quvchimiz haqida hech kim surishtirib kelmaydi.

-hech qanday muammo yo'q, shu qiz haqida to'liq ma'lumot bera olasizmi? (Taehyung.

-Ha. Xo'sh Park Herin 19 yoshda, ota onasi 2 yil oldin vafot etgan, hech kimning qaramogisiz yolg'iz ijarada turadi. Kollej darslari tugagandan so'ng shu kollejning hojatxonasida tozalovchi bo'lib ishlaydi. Tungi smenalarda ham qayerdadir ishlashini eshitganman.

-Rahmat sizga. (Taehyung clubda o'zi bilmagan holda qilgan ishidan afsuslanganday o'zi o'tirgan stolga tikilib jim qoldi.) uni ko'rsam bo'ladimi?

-hozir darslar tugagan. Allaqachon ketgan bo'lishi mumkin janob.

-qayerga ketganini bilasizmi? (Taehyung.

-men bilmayman, sinfdoshlari bilishi mumkin. Hozir bir daqiqa. 📞: sinf boshchisini xonamga yuboring. (bir daqiqadan so'ng herinning sinfdoshi jiye kirib keldi.

-honim keldim.

-Jiye Herin qayerga ketganini bilmaysanmi? (Jiye qarshisida unga tikilib turgan yigitni ko'rib tili aylanmay qoldi. Jiyening ko'zlariga Taehyung juda kelishgan ko'rinib ketdi. Xatto u haqida orzu qilishga ham ulgurdi.) Jiye eshityapsanmi?

-uzur honim. Yetimxonaga ketayotgani haqida eshitgandim.

-Ha herin yetimxonaga...

-Rahmat sengga. (Taehyung direktorning ohirgi gaplariga etibor bermasdan xonadan chiqib ketdi.) Minghu yetimxonaga ketdik. (Taehyung mashinaga otirarkan haydovchi mashinani o't oldirib to'g'ri yetimxona tomon harakatlantirdi... Bu kichkinagina shaharda faqat bitta bolalar uyi bor edi...


*Herin qo'lidagi 4 yoshlar chamasi bolakayni mahkam quchgancha to'lib ketgan ko'z yoshlarini tashqariga chiqarardi.

-honim jinwoni hech kimga berib yubormang iltimos. Yaqinda uy sotib olaman, keyin uni olib ketaman. (Herin.

-bu menga bog'liq emas, Herin. Kuniga 3 4 ta ota onalar jinwoni korib asrab olgisi keladi, ammo seni deb uni hech kimga bermayapmiz. Lekin u hali kichkina u ham ota ona mehrini ko'rsin, his qilsin. Sen ham yanggi hayot boshla..

-Yo'q, yo'q honim. Kelgan ota onalarning hammasi ham yaxshi deb ayta olasizmi?, uni hech kimga bermang, yangi hayotimni faqat jinwo bilan boshlayman. (Herin.

-Yaxshi Herin. Endi sen ham ketaqol. Jinwoni ham uxlaydigan payti keldi.

-Mayli meni kuzatishga men bilan birga chiqsin. (herin uxlashga tayyor turgan bolakayni ko'targancha yetimxona darvozasiga chiqdi.


*Taehyung mashinada o'tirgancha herinning u yerdan chiqishini kutardi. Kutaverib zerikkan Taehyung mashinadan tushdi.... Darvoza oldiga yaqinlashib kelayotgan qizni uzoqdan payqashga ulgurgan Taehyung qo'lidagi bolani ko'rib muzlab qoldi.. Hayolida ming hil fikrlar aylana boshladi... Nahotki u herinning bolasi?!..


-Mayli men ketdim, yana kelaman. Agar yana nimadir kerak bo'lsa men olib kelaman. (Herin qo'lidagi bolani tarbiyachiga berib yuzidan qattiq o'pgancha darvozadan tashqariga chiqdi... Taehyung herindan ancha uzoqda bo'lsa ham u payqab qolmasligi uchun mashinaga qayta o'tirdi.. Herin kozlaridagi yoshni artgancha yo'lida davom etdi.


-Janob qizni kuzatamizmi? (Taehyung barmog'ini tishlagancha Minghuni so'zlarini etiborsiz qoldirdi.

-qanday qilib 19 yoshli qizning bolasi bo'lishi mumkin Minghu.. Sira tushunmayapman kamiga kollej talabasi, seningcha g'alati emasmi?!. (Taehyung.

-Menimcha yo'q, balki bolasi emasdir.. Aniq bilmaymiz.. Kuzatamizmi? U bizdan ancha uzoqlashdi..

-balki. Yo'q clubga hayda. Tinchlanishim kerak.. (Taehyung.

-kecha shu clubda yaralanib, bugun kasalxonadan chiqib, yana shu yerga borishni aytyapsizmi?! Yo'q janob otangizga hech narsa demadim, bu safar ham nimadir bo'lsa....

-hech narsa bo'lmaydi. Clubga hayda. (Taehyung.


Tungi club shovqinli tus olgan, bu yerning ashaddiy muhlislarini o'ziga tortuvchi Remix musiqalar.... Taehyung ham shu musiqalardan raqsga tushayotgani ajablanarli emas.... Mast bo'lsa ham bugungi kuning Herin bilan bog'liq voqeani miyasida aylantirgancha musiqaning ritmiga moslab o'ynardi....Minghu oyog'ida arang turgan Taehyungni barmen stoliga joylashtirib muz solingan sovuq ichimlikni ichirishga harakat qildi.

-Heyy nima qilyapsan. Hoxlamayman(Taehyung.

-Janob balki ketarmiz.

-Yo'q hoxlamayman, oldin savolimga javob ber seni ham bolang bormi.? (Taehyung minghuni ko'ksiga o'zini tashlab yubordi. Ko'p ichib yuborganidan hushini yo'qotdi. Minghu uni yelkasidan ushlagancha clubdan tashqariga olib chiqib ketdi...


*Darslar allaqachon boshlangan. Direktorning so'zlaridan keyin Herin darslarga vaqtida qatnashishga majbur bo'ldi. Bu safar ham orqa partadan joy olgan holda sinfdosh qizlarining giybatlarini, yigitlari haqida qilgan ishlarini sezdirmasdan eshitgancha o'tirardi. Jiye ham allaqachon kechagi yigit haqida malumot to'plashga va Herin bilan u yigit o'rtasida bolg'a voqeani ham bilishga ulgurgandi. Jiye sinfxonasiga kirgancha Heringa piching qilishni kanda qilmadi.

-Herin kecha seni bir yigit so'rab keldi. Kim u? Bizlarga ham u haqida aytib ber.

-Kim haqida gapiryapsan?(Herin qaddini rostlagancha jiyega hayratomuz tikildi.

-O'zingni bilmaganlikka olma, yoki ko'proq pul topish ilinjida tungi kapalak bo'lib clublarda ishlay boshladingmi? (Herin jiyening gaplarini etiborsiz qoodirgandek shunchaki jilmaydi.

-Davom et(Herin. Sinfdagi qiz va yigitlar Herinning ortidan giybat qilishni boshlashgan hatto u shundoqqina sinfda bo'lsa ham.

-Nimani davom etay, xo'sh bir kechalik hizmat uchun qancha olasan..

-Sen bilganingdanda ko'proq. (Herin.

-demak foxishaman degin.. (Herin sekinlik bilan o'rnidan turib jiyening yuziga tarsaki tortib yubordi, sochidan ushlab stulda o'tirgan joyidan yerga Itarib yubordi... Herin jiyening bo'ynida qolgan kichik qizil dogni ham payqashga ulgurdi.. Asossiz jiyening qilayotgan tuhmatiga aslida o'zida bo'lgan voqeani heringa ag'darishga uriyotgandi...

-Nima qilganing, sen kim bolibsanki menga qo'l ko'tarasan. (Jiye yuziga tushgan tarsaki o'rnini ushlagancha o'rnidan turdi.

-hech kim. Kechirasan Jiye gaplaring o'xshamadi, eng yaxshi pardoz vositang ham bo'yningdagi ajoyib tamg'ani yashira olmabdi. (Herinning so'zlaridan yuzini ushlayotgan qo'llari allaqachon sinfdoshlari tomonidan payqalgan bo'ynini changallashga tushdi.

-sen... Sen.. (Jiye sinfdosh yigit va qizlar oldida sharmanda bo'lmaslik xonadan chiqib ketdi.

Dars boshlanganiga 30 daqiqa bo'lganiga qaramay jiye hali ham qaytib kelmadi. Yana 15 daqiqadan keyin Herinning direktor xonasiga chaqirilganligini eslatuvchi qo'ng'iroq sinf o'qituvchisi tomonidan heringa yetkazildi.


-meni chaqirtiribsiz.. (Herin direktor xonasiga kirganida yuzini yerga qaratib qo'llarini bir biriga mahkamlagancha jiye yeglab o'tirardi. Herin jiyega qarama qarshi stulga o'tirdi.

-Jiyega qo'l ko'taribsan, sababi nimada?

-o'zi aytmadimi? (Herin jiyega ishora qilgancha.

-honim men unga shunchaki kechagi ishi haqida gapirib berishini so'ragandim, u esa meni urdi.

-bunchalik yolgonchi bo'lmasang jiye, shuncha odam oldida meni foxishaga chiqarding. (Herin.

-shundaymi jiye?

-honim kechagi kelgan yigit nima uchun herinni so'radi deb o'ylaysiz unda?

-har holda sening boyningdagi o'pich izini qilgani uchun kelmagan. (Herinning so'zlaridan jiyening yuragi taka puka bo'lib ketdi.

-buni sen qilding, hamma oldida meni bugding.

-kechirasan, jiye xonada kamera bor, seni buggan taqdirimdayam bo'yning doirasimon holda qizarishi kerak edi. Keyin agar men ayol kishini yoqtirib qolsam ham seni sevmasdim, bu ish tugul yoningga ham yaqinlashmasdim. (Herin o'z so'zlarini yakunlab direktor xonasidan chiqib ketdi.



*Oradan 1 hafta o'tdi chamasi Taehyungning ham boshidagi jarohati tuzaldi, kichik chandiqni aytmaganda.. Kundalik darslar tugab Herin o'z ishini qilish uchun kollej hojatxonasiga yo'l oldi... Hojatxona tomon borar ekan qo'l yuvish xonasida sinfdosh qizlar Herinni giybat qilishayotganini ko'zi tushib qoldi..


-jiye aytib berdi, Herin clubda o'sha so'rab kelgan yigitni boshiga shisha bilan urgan emish.. Shunga undan hisobini olgani kelgan ekan.

-ha men ham shunday deb eshitdim.. Ismi Kim Taehyung ekanini aytimi?

-aytdi, jiyeni sevib qolganmisha.


Herin ularning bevosita suhbatidan ovoz chiqarmay kulgancha o'z ishini davom ettirdi.

-demak ismi Kim Taehyung ekanda, jiyeni sevib qolibdi, bu yolg'on yoki rost menga nima.. (Herin 2 soat ichida ikkala Hojatxonani yaraqlatib, yangi joylashgan qahvaxonadagi ishiga yo'l oldi......

*Tinimsiz hayol surish bilan boshiga og'riq kirgan Taehyung yo'l chetidagi kichik ammo odamlar bilan gavjum qahvaxonada to'xtadi.. Bugun Taehyungning o'zi mashina boshqarayotgandi....

-Herin mijoz keldi...tashqarida buyurtma qora qapuchino.

-Hozir (Herin aytilgan qahvani maxsus qutiga solgancha ko'chaga chiqdi... Mashina derazasidan qahva idishini uzatarkan Taehyung qizni ko'rib qotib qoldi.

-buyurtmangiz janob. Sizdan 500 won. (Herin.

-Yo xudoyim sen??! (Taehyung herinni ko'rib lablarini keng yozib kulib yubordi.

-bu safar seni etiboringni tortmasligim uchun suhbatlashishim kerakmi? Ammo meni bunga vaqtim yo'q. Qahvani pulini olib qilishing mumkin. Qarzim yarmi to'landi deb hisobla(Herin.

-Yo'q shunchaki seni ko'rganimdan xursandman. (Taehyung o'zida yo'q quvonch bilan mashinadan tushdi.

-nima istaysan. (herin.

-Hech narsa, gaplashib olsak bo'ladimi? (Taehyung.

-Kechirasan hozir ish vaqtim. Mana buyurtmang. (Herin Taehyungning qo'liga qahvani tutqazgancha ichkariga kirib ketdi.. Taehyung nima bo'lganini anglolmay biroz turib qoldi. U 3 kundan beri o'ylayotgan savolning javobini bilish uchun ham Herin bilan suhbatlashishi kerak...

-qachon vaqting bo'ladi? . (Taehyung buyurtmalarni qabul qilish uchun mo'ljallangan stolga qo'lini qoygancha pullarni hisoblayotgan Heringa yuzlandi.

-sen ketmadingmi? Bu safar seni o'ldirishimni kutmayapsan deb umid qilaman. (Herin.

-o'sha kungi qilgan ishim uchun uzur mast edim. Hozir faqat sendan so'raydigan narsalarim bor. (Taehyung.

-Hammangiz bir hilsiz, doim mastligingizni ro'kach qilasiz, mastlikda rostlikni aytishingizni bilasizmi?. Nimani so'ramoqchisan(Herin.

-bu uzoq suhbat, ko'p vaqt kerak. Iltimos keyin seni bezovta qilmayman. (Taehyung.

-Yaxshi ishdan keyin vaqtim bo'ladi ungacha kuta olasanmi? (Herin.

-Albatta Taehyung o'zining lo'ppi yuzlarini shishirib tabassum qilgancha deraza tomonda joylashgan stollardan biriga o'tirib o'z qahvasini icha boshladi.. Bu orada Herin o'z ishini bajarardi... Qahva va shirinliklar tayyorlash, buyurtmalarni uzatish hisoblash hatto orada tozalash ham.. Ora orada uni haligacha kutayotgan yigitni charchoqdan ko'zlari yumulayotganini ko'rib kulib qo'yardi... Oradan 3 soat vaqt o'tdi qahvaxona biroz bo'shadi.. Herin yana chalg'ib Taehyung o'tirgan stolga qaraganida Taehyung allaqachon derazaga suyanib uxlab qolgandi... Herin o'zini aybdor his qilgancha biroz vaqti qolganda dam olish uchun o'zining kichik yostig'i va yupqa adyolini olib chiqib, odamlar to'kilayotganiga qaramasdan Taehyungning derzaga suyanib qolgan boshini stolga qoygan yostigiga qo'yib ustidan adyolni yopib qo'ydi..... Soat 22:30 daqiqa o'tdi, qaxvahona to'liq bo'shadi... Atrof jim jit.. Taehyung esa hali ham uxlamoqda.. Herin esa qaxvahonani tozalab, pollarini yuvardi..

-Men ancha uxladimmi? (Taehyung ko'zlarini ochgancha pol yuvayotgan qizga qarab ustidagi adyolni mahkamroq o'radi.

-Ha kamida 6 soat.. Yaxshigina charchabsan.. (Herin ishini yakunlagancha pol lattani chelagiga solib farroshlik buyumlari qo'yiladigan xonaga joylashtirib chiqdi.

-yostiq va adyol uchun rahmat. (Taehyung.

-arzimaydi. Xo'sh 30 daqiqa vaqtim bor. (Herin o'zi va Taehyung uchun qahva solingan idishlarni stolga qoygancha Taehyungga qarama qarshi stulga o'tirdi.) ich uyqing o'chadi.

-Rahmat. Xo'sh demak kollej talabasisan Park Herin. (Taehyung qahvadan hoplagancha.

-shunday. Uxlaganingda ko'zlaring yarim ochiq holda qolarkan. Yoshligingda nimadandir qattiq qo'rqqanmisan?! (Herin.

-ha.. (Taehyung qisqa javob berib yana yostiqqa qo'llarini chalmashtirgancha boshini qo'ydi...








Report Page