Farzandlikka olish haqida

Farzandlikka olish haqida

Aliev Aydos Maxsetovich, Tórtkól tumani FHDYO bólimi мutaxassisi



 Farzandlikka olish haqida o‘zgartirishlar kiritish sudning hal qiluv qarori asosida tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etgan FHDYО organida, farzandlikka olingan bolaning tug‘ilgan joyi o‘zgartirilganda esa — farzandlikka oluvchilar doimiy yashaydigan yoki vaqtincha turadigan joydagi FHDYO organi tomonidan amalga oshiriladi.

Farzandlikka olinayotgan bolaning tug‘ilganligi to‘g‘risidagi yozuvlar daftariga zarur o‘zgartirishlar FHDYО organlari tomonidan, farzandlikka olish to‘g‘risidagi sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab o‘n kun mobaynida kiritiladi. FHDYО organiga ko‘rsatib o‘tilgan muddat tugagandan keyin murojaat qilingan taqdirda sud qarorida ushbu qaror o‘z kuchini yo‘qotmaganligi haqida yozuv bo‘lishi kerak.

 Farzandlikka olishni rasmiylashtirishda FHDYО organiga:

sudning qonuniy kuchga kirgan farzandlikka olish haqidagi qaroridan ko‘chirma;

farzandlikka olinayotgan bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi;

farzandlikka oluvchi(lar)ning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi.

            FHDYO organi qabul qilingan hujjatlar asosida tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga tegishli o‘zgartirishlarni kiritadi va tug‘ilganlik haqida yangi guvohnoma beradi.

Agar sudning hal qiluv qarorida 10 yoshgacha bo‘lgan bolaning tug‘ilgan joyi respublika doirasida o‘zgartirilgan bo‘lsa, u holda farzandlikka oluvchining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi FHDYO organi tiklangan dalolatnoma yozuvini qayd etadi va tug‘ilganlik to‘g‘risidagi dastlabki dalolatnoma yozuvini bekor qilish to‘g‘risidagi xabarnomani uni qayd etgan FHDYO organiga belgilangan tartibda yuboradi.

Farzandlikka olishni sir saqlash maqsadida farzandlikka olish uchun hujjatlar farzandlikka oluvchilarning vakillari tomonidan, qonunchilikda belgilangan tartibda FHDYO organiga taqdim etilishi mumkin.

 Ushbu harakatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabr kuni qabul qilingan 387-sonli “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori asosida bajariladi.


Report Page