Farzand tarbiyasi.
@PsixologMarxabo
Farzand Alloxni bizga bergan mo'jizasi.
Farzandga ota-ona egalik hissi bilan tarbiya berishi ko'pincha xatoliklarga olib keladi. Ba'zi oilalarda farzand go'yoki ota-ona qo'ygan chegaralarni buzmaydigan, ular xoxlagandek qolipda yashashi, boshqacha bo'lishi mumkinmasdek, qo'g'irchoq desak ham bo'ladi.
Farzandni tarbiyalashda ota-onalarni ikta xatoga yo'l qo'yishlarini ko'ramiz.
1. Bolaga yoshligidan qattiq turmasam, keyin tarbiyalash qiyin bo'ladi.
2. Hozir etganini qilsam, keyin u etganini qildirishga o'rganib qoladi. Qandoq eplayman.
Mana shu ikki xato fikrlash orqali ota-ona farzandi bilan munosabatni qattiqqo'llik hattoki urushga aylantiradi.
Farzandlarimiz kichkinaligida qattiqo'llik va urish bilan etganlarimizni qildirib tarbiya bermoxchi bo'lamiz. Hop bola katta bo'lganidachi? Unda nima yo'l tutasiz?
Farzand tarbiyalashda jazolash, urish

❌ Birinchi bor urganingizda, bolani sizga bo'lgan ishonchi yo'qoladi.
❌ Ikkinchi bor urganingizda, uning bolaligi , beg'uborligi yo'qoladi.
❌ Uchinchi bor urganingizda, bolaning ijtimoiy a'loqalari, yon atrof bilan muloqoti kamayadi.
❌ To'rtinchi bor urganingizda, uning shaxsiyatini zo'ravonlik va shavqatsizlik egallaydi.
☝️Endi farzandingizni davomiy urganingizda va kaltaklaganingizda bolani sizga bo'lgan muxabbati va extiyoji yo'qolib bo'lib boradi.
Oilada ota-ona o'zining ichki kechinmalari, xayotdan kutgan narsalarini ololmaganligi, kimdandir hafa xolati uchun, yoki yoshligidagi qandaydir muammolar yechimini topmay qolib ketganligi uchun o'zi bilmagan holdafarzandni javobgar deb hisoblashi bu xato!
Farzand xuddi o'zizga o'xshashi va siz xohlagandek bo'lishini kutmang.
Aziz onajonlar! Shuni unutmangki:
Farzandingizga qanchalik ko'p e'tibor bersangiz, tinglasangiz, istaklari bilan qiziqsangiz tarbiyasida quyidagi sexrli so'zlarni qo'llasangiz:
⭐ seni yaxshi ko'raman
⭐ sen yaxshisan
⭐ kel, bag'rimga bosay
⭐ nima qilishni xohlarding?
⭐ ko'rsatgan natijangdan xursandman
⭐ senga ishonaman. Sen ajoyibsan
⭐ seni fikringni hurmat qilaman
⭐ sen men uchun Alloximdan ne'matsan
⭐ mashg'ul bo'lgan barcha narsalaringni menga hikoya qilib ber

Aslida har bir ona, farzandiga mexr-shavqatli bo'lishni, aloxida e'tibor berishni, boshqa baqirmaslikni, urmaslikni xohlaydi.
#tavsiya
Aziz onajonlar! Siz qanchalik baxtli bo'lsangiz, o'zingizda baxtni qanchalik his qila olsangiz farzandingiz ham huddi shunday shod va baxtiyor, kelajagi uchun yorqin tasavvurlarga ega bo'lgan, o'z oldiga aniq maqsadlar qo'ya oladigan, kerakli inson ekanligini doim bilib turadigan shaxs bo'lib voyaga yetadi.
