Fargʼona viloyatida Yer qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish ishlari davom etmoqda.
fargonakadastrOʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 17.06.2019 yildagi “Qishloq xoʼjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-5742-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Fargʼona viloyati Oltiariq tumani misolida Yer qonunbuzilish xolatlarini bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.
Oltiariq tumani Navoiy massivi xududidagi "Sarkarbuvo yerlari" fermer xoʼjaligiga qarashli boʼlgan Navoiy massivi yer xaritasining 382q-konturiga fermer xoʼjaligi rahbari Xaydarov Nematjon tomonidan oʼzboshimchalik bilan qurilgan molxona binolarini buzdirish jarayonidan foto lavxalar.
Shuningdek, Oltiariq tumani, Paxtaobod massivi xududidagi "Xayitali" nomli bogʼdorchilik yoʼnalishidagi fermer xoʼjaligiga qarashlii boʼlgan Paxtaobod massivi yer xaritasining 242q-konturiga fuqaro T. Qoʼziev tomonidann noqonuniy ravishda 0.003 ga bogʼ maydonida qurilgan dala shiyponi bino inshootlarini buzdirish jarayonidan foto lavxalar.
Fargʼona viloyati Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi Matbuot xizmati.