Fargʻona hayvonot bogʻidagi jirafa nobud boʻldi

Fargʻona hayvonot bogʻidagi jirafa nobud boʻldi


Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyatidagi hayvonot bogʻida Qozogʻistondan olib kelingan Maksim laqabli jirafa nobud boʻlgani haqida xabarlar tarqaldi. 

Bogʻ direktori holatga izoh berar ekan, jirafaning oʻlimiga anomal sovuq sabab boʻlganini aytdi.

Xonasi kichikligi sabab jirafani tashqariga toza havoga, shamollatishga olib chiqib turilganiga qaramasdan oxirgi payt koʻp yotadigan boʻlib qolgan. 


Anomal sovuq issiq oʻlkalarga moslashgan jirafaga oʻz taʼsirini oʻtkazmasdan qolmagan.

Boshqarmaning Fargʻona shahar boʻlimi inspektorlari nazorat tadbirlari davomida jirafa olib kirib qoʻyilgan xonada issiqlik tizimi mavjud boʻlishiga qaramasdan shamollab qolgan. 

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi, Tabiat resurslari vazirligi viloyat boshqarmasi va boshqa tegishli tashkilotlar ishtirokida jirafa jasadini tekshirilib, shamollaga tasdiqlangandan soʻng dalolatnoma tuzilgan. 


Shuningdek, anomal sovuqda boshqa mayda jonzotlar, xususan, koʻproq issiq oʻlkalarga moslashgan qushlar ham nobud boʻlgan, biroq boshqa yirik hayvonlarga zarar yetmagan.


Tabiat resurslari vazirligi Fargʻona viloyat boshqarmasi matbuot xizmati

Report Page