“Fan-texnika taraqqiyotida xotin-qizlarning oʻrni” mavzusida xotin-qizlar forumi bo'lib o'tmoqda.
Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasiVazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 martdagi VM-51-sonli bayoni bilan tasdiqlangan kompleks chora-tadbirlar rejasining 74-bandida “Fan va texnika taraqqiyotida xotin-qizlarning oʻrni” mavzusidagi forumini oʻtkazish vazifasi belgilangan. Band ijrosi yuzasidan joriy yilning 9 iyun kuni Oila va xotin qizlar davlat qoʻmitasi, Fargʻona politexnika instituti, Qoʻqon davlat pedagogiga instituti, Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali hamda Fargʻona davlat universiteti hamkorligida “Fan-texnika taraqqiyotida xotin-qizlarning oʻrni” mavzusida xotin-qizlar forumi oʻtkazildi.
Forumni oʻtkazishdan maqsad: xotin-qizlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarning natijalarini muhokama qilish, yangi texnika, texnologiya va raqobatbardosh mahsulotlarni yaratish va hayotga tadbiq etishlarini qoʻllab-quvvatlash, ilmiy, ijodiy va intelektual salohiyatini yuksaltirish, Oilasi va jamiyatda hamda ilmiy-ijodiy faoliyatida erishayotgan yutuqlarini ibrat sifatida koʻrsatish orqali qizlarni ilmli boʻlishga undash, zamonaviy kasblarni egallashga targʻib qilishdir.
Fargʻona politexnika institutida oʻtkazilgan forumda fan va texnikaning turli yoʻnalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan 200 nafardan ziyod olima, doktorant, magistrant va talaba xotin-qizlar tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalarning natijalari muhokama qilindi.
Forum doirasida ilmiy tadqiqot ishlari olib borayotgan, ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyati bilan shugʻullanib oʻz qobiliyatini namoyon etayotgan xotin-qizlarni amalga oshirilayotgan loyihalari targʻib qilinib, olima, oʻqituvchi, ixtirochi, ratsionalizator, muhandis, loyihachi, dasturchi, shifokor, farmatsevt ayollar hamda talaba qizlar orasida sogʻlom raqobat muhiti vujudga keldi.
Forumda Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Fargʻona davlat universiteti, Qoʻqon dalat pedagogiga instituti, Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali hamda Fargʻona politexnika instituti mutasaddilari, olima ayollar va talaba qizlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.