Faktura yuborishdagi xatoliklar izohi

Faktura yuborishdagi xatoliklar izohi

uzasboyangiliklari
G'aznachilikka jo'natilgan hisobvaraq-fakturalar qabul qilinmasdan qaytganda chiqadigan xatoliklar
  • Protokoldagi xatolik ko'rinishi: Наим. товара:Сжиженный углеводородный газ, используемый в качестве моторного топлива для автомобильного транспорта и ед. измер. 20 ~Ошибка : Количество товаров Сжиженный углеводородный газ, используемый в качестве моторного топлива для автомобильного транспорта в счет фактуре 464 больше чем количество товаров в дог.400. .

Yechim: Tovar (ish, xizmat)ning shartnomadagi miqdoridan fakturadagi miqdor oshib ketganda chiqadi. https://t.me/uzasboyangiliklari/201 shu yerda batafsil ma'lumot berilgandi. Shuningdek, https://t.me/uzasboyangiliklari/210 bu yerdayam ma'lumot berilgan.


  • Protokoldagi xatolik ko'rinishi: Договор по лот.ид `22110024409239` и по КЛС `100010860304087092901079001` в состоянии `Отклонен Казначейством`

Yechim: Shartnomaning holati g'aznachilikda tasdiqlangan holatda emas, balki qaytarilgan (Otklonen) bo'lganda chiqadi.


  • Protokoldagi xatolik ko'rinishi: Имеется дублированные счет фактуры по номеру =`298`, по дате `27.07.2022` и ИНН поставщика `302068174` и по сумме 66,273,500.00

Yechim: G'aznachilik organlarida avval mavjud bo'lgan hisobvaraq-faktura bilan raqami, sanasi, summasi va yetkazib beruvchi tashkilot STIRi bir xil bo'lgan hujjat jo'natilganda chiqadi. Bunda tegishli hisobvaraq-faktura g'aznachilik organlarida qo'lda kiritilgan bo'lishi yoki tizimning o'zida shu kabi hisobvaraq-faktura avval yuborilgan bo'lishi mumkin.


  • Protokoldagi xatolik ko'rinishi: В спецификация договора и счет фактуры в позиции `1` не совпадает свойства товара : 0;1;1;0;2;0;3;0;4;2;5;1;6;0;7;0; <> 0;1;6;4; .

Yechim: Qo'shimcha kelishuvdagi va asosiy shartnomadagi tovar parametrlari bir xil emas, hisobvaraq-faktura esa qo'shimcha kelishuv tuzilmasdan avval yaratilgan, shu sababli shunaqa xatolik chiqyapti. Hujjatni yetkazib beruvchiga qaytarib yuborish kerak, qaytadan lot raqamini qo'yib, hisobvaraq-faktura tuzib jo'natishsa bo'ladi.


  • Protokoldagi xatolik ko'rinishi: Сумма счет фактур 2,000,000.00 меньше 14,000,000.00 суммы платежей . разница 12,000,000.00 сумму(не возвращен).

Yechim: Bu kabi xatolik qo'shimcha fakturalarni jo'natishda chiqadi. Qo'shimcha faktura jo'natilganda tegishli shartnoma bo'yicha jami fakturalar summasi shartnoma bo'yicha kassa xarajati summasidan oshib ketmasligi talab etiladi. Bunda agar qo'shimcha faktura tuzishga ehtiyoj bo'lmasa, tuzatuvchi yoki standart faktura tuzish kerak bo'ladi.


  • Protokoldagi xatolik ko'rinishi: При корректировочной фактуре ид основной фактуры 9015519 не найдено.

Yechim: Tuzatuvchi hisobvaraq-fakturada asosiy faktura IDsi xato bo'lganda chiqadi. Bu kabi xatoliklar endilikda amaliyotda uchrayotgani yo'q.


  • Protokoldagi xatolik ko'rinishi: Отсутствует договор по лот.ид 22111008550062 и по КЛС 400122860352227109603018001

Yechim: Hisobvaraq-fakturada lot raqami va shaxsiy g'azna hisobvaraq ko'rsatiladi. Lekin g'aznachilik organlarida bu kabi shartnoma topilmaganda chiqadi. Yoki lot raqami, yoki shaxsiy g'azna hisobvaraq xato ko'rsatilgan bo'lishi mumkin.


  • Protokoldagi xatolik ko'rinishi: Нельзя ввести документ за 2020 год.

Yechim: O'tgan moliya yillariga tegishli shartnomalar bo'yicha hisobvaraq-fakturalar jo'natilganda chiqadi.


  • Protokoldagi xatolik ko'rinishi: ASBO_INVOICE -> : Параметр <CONTRACTNUMBER> длина значения больше 50

Yechim: Shartnoma raqami joyida ko'pi bilan 50 tagacha harf, belgi, raqamlarni ko'rsatish mumkin. Belgilar soni 50 tadan ortib ketganda chiqadi.


  • Protokoldagi xatolik ko'rinishi: ASBO_INVOICE -> : Параметр <WARRANTNUMBER> длина значения больше 10

Yechim: Hisobvaraq-fakturada ishonchnoma raqami ham ko'rsatilishi mumkin. Ba'zi tizimlarda mazkur joyga ortiqcha yozuvlar yoki belgilar tushib qolishi mumkin. Ishonchnoma raqami ko'pi bilan 10 ta raqamdan iborat bo'lishi kerak va mazkur talabga to'g'ri kelmaydigan hujjatlarda mazkur xatolik chiqadi. Bunda hisobvaraq-fakturani yetkazib beruvchiga qaytarib yuborish kerak bo'ladi.


  • Protokoldagi xatolik ko'rinishi: Идет подготовка к закрытию опердня

Yechim: Bu g'aznachilik organlarida bank kuni yopilayotgan vaqtida chiqadi. Hisobvaraq-fakturani keyinroq jo'natish tavsiya etiladi.


  • Protokoldagi xatolik ko'rinishi: Спецификация.Нарушено уникальность

Yechim: Shartnomada tovar (ish, xizmat)ning kodi bo'ladi. Bu kod lot raqami orqali hisobvaraq-fakturaning spetsifikatsiya qismi to'ldirilganda avtomatik tarzda tushadi, lekin foydalanuvchiga ko'rinmaydi. Misol uchun, shartnoma bo’yicha 8 ta pozitsiya bor va 1,2,3,4 qatorda tovar kodi 36.00.20.130-00001 bo'lsa, 5,6,7,8 qatorda tovar kodi 37.00.11.110-00001. Hisobvaraq-faktura tuzishda spetsifikatsiya qatorlari shartnoma bo’yicha 5,6,7,8 qatorlarda mavjud ma’lumotlarni, 1,2,3,4 qatorga ko'rsatib, elektron yuborilsa, yuqoridagi kabi xatolik chiqadi.


  • Protokoldagi xatolik ko'rinishi: ИНН поставщика в договоре '526750431' не равно '32808941170023' с ИНН поставщика в счет фактуре

Yechim: Shartnoma ro'yxatdan o'tkazilganda tashkilotning STIRi ko'rsatilgan. Hisobvaraq-fakturada esa JSHSHIR ko'rsatilyapti. Shu sababli bunda shartnomaga o'zgartirish kerak bo'ladi, chunki hisobvaraq-fakturani to'g'rilash imkoni yo'q. Shartnomada turgan STIRni JSHSHIRga o'zgartirish uchun respublika tovar-xom ashyo birjasining 71-207-00-33 telefon raqamiga bog'lanish kerak.


  • Protokoldagi xatolik ko'rinishi: K10-03001; Хисоб-фактура маълумотлари тўлик киритилмаган.;

Yechim:


  • Protokoldagi xatolik ko'rinishi: K10-03002; Ишончнома раками киритилмаган.;

Yechim:


  • Protokoldagi xatolik ko'rinishi: K10-03003;  Ишончнома санаси хисоб-фактура санасидан кейин кўйилган.;

Yechim:


  • Protokoldagi xatolik ko'rinishi: K10-03004; Ушбу шартномага хисоб-фактура киритилган.;

Yechim:


  • Protokoldagi xatolik ko'rinishi: K10-03005; Спецификацияда ўлчов бирлиги шартномага мос эмас.;

Yechim:


  • Protokoldagi xatolik ko'rinishi: K10-03006; Хисоб-фактурада ишончнома (доверенность) кисми тўлдирилмаган.;

Yechim:


  • Protokoldagi xatolik ko'rinishi: K10-03007; Хисоб-фактурадаги товар (хизмат) нархи шартномадаги нархга мос эмас.

Yechim:


  • Protokoldagi xatolik ko'rinishi: K10-03008; Шартнома ва хисоб-фактурадаги хисоб-ракамлар бир-бирига мос эмас

Yechim:


  • Protokoldagi xatolik ko'rinishi: K10-03009; Буюртмачи хисобчиси талабига асосан кайтарилди;

Yechim:


  • Protokoldagi xatolik ko'rinishi: K10-03010; Ушбу сана ва ракам билан бир-бирини такрорловчи хужжат ДМБАТ дастурида мавжуд.

Yechim:


Hisobvaraq-fakturalarni g'aznachilikka jo'natish vaqti chiqadigan xatoliklar



Hisobvaraq-fakturalarni boshqa tashkilotlarga jo'natish vaqti chiqadigan xatoliklar
  • Xatolik ko'rinishi: Необходимо указать код льготы по НДС. № товара: 1. ИНН/ПИНФЛ 202459520 стал плательщиком НДС в обязательном порядке. Причина: Бюджет ташкилотлари

Yechim: Byudjet tashkiloti my.soliq.uz'dagi kabinetiga kirib, "imtiyoz" deb yozib qidiruv beradi. Shunda so'ng soliq imtiyozlaridan foydalanish bo'yicha murojaat xizmatini tanlab kiriladi. Unga bu bog'ich orqali ham kirsa bo'ladi https://my.soliq.uz/lgota/yur/own/appeal?lang=uz.

Bu yerda tegishli bandlar to'ldiriladi va yuboriladi.

  • Xatolik ko'rinishi: Некорректная последовательность порядковых номеров товаров

Yechim: Bu kabi xatolik chiqqanda hisobvaraq-fakturani qayta tuzish kerak bo'ladi.

  • Xatolik ko'rinishi: Сообщение из роуминга: Поставщик: 200034102. Покупатель: 207254171. Р/С покупателя: 301821860124017045204018034 ID инвест.объекта не указан!
  • Yoki Сообщение из роуминга: Должны быть указаны оба значения: ID инвестиционного объекта и его название, либо не указаны оба

Yechim: Hisobvaraq-faktura oynasida Investitsiya dasturi doirasida obyekt ID raqami nomli tugma qo'shilgan, shu tugmaga bayroqcha qo'yish va shaffof qurilish tizimida tuzilgan shartnomadagi tegishli id raqamini kiritish kerak bo'ladi. ID raqami to'g'ri kiritilsa, uning nomi avtomatik chiqadi.


Report Page