Faktlar turkumidan: Abdulla Oripov

Faktlar turkumidan: Abdulla Oripov

🔎https://t.me/yoshkitobxonuz

#adiblar_olamidan


Abdulla Oripov 1941 yil Qashqadaryo viloyati Kasonsoy tumani Nekuz qishlog‘ida tug‘ilgan.


1958 yil o‘rta maktabni oltin medal bilan tamomlab, Abdulla Oripov tahsilni O‘zbekiston Davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakultetining jurnalistika bo‘limida davom ettiradi.


1963 yil universitetni a’lo baholar bilan yakunlab, “Yosh gvardiyachi” tahririyatida muharrir bo‘lib ishlaydi;


1996 yildan 2009 yilgacha O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi.


1988 yil O‘zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish qo‘mitasi raisi etib tayinlangan.


Abdulla Oripov Oliy Majlis birinchi va ikkinchi chaqiruvchi deputati va senatori (2005 yil 25 yanvar) bo‘lgan.


1998 yil Abdulla Oripovga O‘zbekiston Qahramoni unvoni topshirildi.


Abdulla Oripov qalamiga “Jannatga yo‘l” (1978), “Tabib va o‘lim” (1980), “Ranjkom”, “Sohibqiron” (1996) dostonlari mansub.


2000-2001 yillar to‘rt tomlik saylanmasi bo‘lmish Abdulla Oripovning “Sara asarlari” nashrdan chiqqan.


Abdulla Oripov 1992 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi muallifi.


Shoir Dante Aligerining “Ilohiy komediyasini”ni, N. Nekrasov, L. Ukrainka, T. Shevchenko, K. Kuliyev va boshqalarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.


“WIPO Creativity Award” oltin medaliga sazovor bo‘lgan.

Report Page