#buqiziqarli

#buqiziqarli


“Disney” kompaniyasi dunyoga oʻzining ajoyib multfilmlari bilan tanilgan. Ushbu multfilm qahramonlari esa o'yinchoqlar koʻrinishida kompaniyaga milliardlab (AQSH dollarida) foyda keltiradi.

Ammo, kompaniya uzoq yillardan beri Xitoyda (bu birgina mamlakat misolida) nohalol tadbirkorlar evaziga daromadining katta qismidan ayrilib keladi.

Kontrafakt va qalbaki oʻyinchoqlar muammosiga yechim qidirgan Disney, an’anaviy usullar kerakli natijaga olib kelmagach, xaridorlar e’tiborini original mahsulotlarga qaratish uchun ajoyib yoʻl topadi.

Mamlakatda yirik marketing kampaniyasi boshlanadi va uning doirasida Disney brendi ostidagi mahsulotlar, Gonkongdagi Disneylendga sayohatni yutib olish imkonini beruvchi, golografik stikerlar bilan chiqarila boshlanadi.

Bunday imkoniyatni qoʻldan boy berishni istamagan”o'yinchoqsevarlar”esa doʻkonlardan golografik stikerli - original mahsulotlarni olishni boshlashadi.

Ushbu oddiygina sxema Disneyga sotuv hajmini koʻpaytirish bilan bir qatorda soxta mahsulot sotuvchilar haqida juda koʻp ma’lumot olishga yordam berdi. Sababi, mijozlar Disney brendi ostida ammo stikerlari boʻlmagan mahsulotlar qayerda sotilayotgani haqida kompaniyaga arizalar bilan murojaat qilishni boshlaydi.

Report Page