FVV OGOHLANTIRADI!

Hurmatli hamshaharlar, so'nggi kunlarda havo harorati ko'tarilib tog' cho`qqilariga yog`gan qorlarning erishi natijasida daryo, soylar va kanallarda suvlarning ko`payish holatlari kuzatilmoqda. Bu esa o`z navbatida viloyatning tog` va tog` oldi hududlarida sel, suv toshqinlari bilan bo`liq holatlarni kelib chiqishiga sababchi bo`lib har yili bahor – yoz oylarida talofatli suv toshqinlari natijasida ko`plab fuqarolar jabrlanib ularning mol-mulkiga jiddiy zarar yetkazmoqda.
Nurafshon shahar hududida o`tgan yillarda sel, suv toshqinlari bilan bog`liq holatlar sodir bo`lmagan bo`lsada biroq uzoq muddatli davom etgan yog`ingarchilik sababli shahar hududidagi aholi yashash uylari va ichki ko`chalarda yomg`ir suvlarining yig`ilib qolishi sababli suv toshish holatlari kuzatilgan. Shu o`rinda aytib o`tish lozimki kuchli va surunkali yog`ingarchilik vaqtida aholi uylarining tarnovlaridan tushgan oqava suvlari ham bir joyga yig`ilib oqishi natijasida suv toshqinlarini keltirib chiqarishi mumkin.
Hurmatli fuqarolar va aziz hamshaharlar, yog`ingarchiliklar vaqtida sel, suv toshqinlari bilan bog`liq ko`ngilsiz holatlarni oldini olish maqsadida quyidagi talablarga amal qilishingizni so`raymiz.
- uyingiz ichida tarnovlardan tushadigan yomg`ir suvlarini to`planib qolmasligi uchun hovli ichidan chiqarib yuborish yo`llarini ochib qo`yishingizni;
- uyingiz oldidan o`tuvchi ichki ko`chalardagi suv yo`llari va ariqlarni tozalaligiga e’tibor qaratishingizni;
- qurilish ishlari yakuniga etmagan bino-inshootlar, baland devorlar tagida qolmaslikni, ayniqsa yoshi katta keksalar, voyaga etmagan va yosh bollarni nazoratsiz qoldirmaslikni;
- yoshi katta keksalar va yosh bollarni daryo, kanallar va anhor yaqiniga zarurat bo`lmasa yubormaslikni;
- kuchli shamol va bo`ronlar vaqtida elektr simlari, gaz va suv quvurlari, aloqa kommunikatsiyalari bilan bog`liq avariyalar yuzaga kelganida o`z vaqtida tegishli tashkilotlarga habar berishingizni;
- kuchli shamol va noqulay ob-havo sharoitida ko`chada daraxtlar va elektr simyog`ochlar tagida avtomashinangizni qoldirmaslikni so`rab qolamiz.
Shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo`lgan avariyalar, oqibati sel, suv toshqini bilan bog`liq ko`ngilsiz holatlarga olib kelishi mumkin bo`lgan vaziyatlarda shahar Favqulodda vaziyatlar bo`limi navbatchi-dispetcherlik xizmatining qisqa 101 va 1050 hamda (70) 762-61-01, (70) 202-20-21 telefon raqamlariga qo`ng`iroq qilib o`z vaqtida ma’lumot berishingizni so`raymiz.