FSP - 27.11.2021

FSP - 27.11.2021

Dr. Suyunov


Assalomu aleykum va rahmatullohi va barakatuh.

Alhamdulillah 27.11.2021 kuni FSPni topshirdim Halle(Saale)da, bestanden. Alloh yetkazganiga shukur.


Shu örinda özimdagi Tajribalar bilan bölishmoqchiman, kimgadir foydasi tegsa xursand bölaman. Bu örinda Apostille/Legalisation haqida ham yozib ötaman.


1) Bildungsgutschein von Agentur für Arbeit.


Agentur für Arbeit dan Moliyaviy (Bildungsgutschein) yordam olsangiz böladi. Siz Au-Pair/FSJ/BFD/Ausbildung/Sprachkurs qilasiz buni farqi yöq. Nemis tili kursi/Imtihoni, FSP kursi/FSP Imtihoni, Kitoblar va hokazolar uchun

Men ham yordam oldim, Fachsprachprüfung uchun 430€ tölagan edim (Sachsen-Anhaltda shu summa), bir necha kundan keyin ular meni hisobimga ötkazib berishdi. Aslida FSP kursi uchun deb tel qilgan edim, keyin Kursga bormadim uyda tayyorlanishni afzal kördim.

Boshqa bir Gruziyalik Vrach döstim uchun 2.500€ lik FSP-kursi pulini tölab berishyapti.

Siz ham sörab köring, yordam olsangiz zarar qilmaydi. Boshqa bir tanishimga esa berishmabdi..... Bu siz bilan ishlaydigan Ansprechpartner/in ga bog'liq menimcha. 

Mana bu link orqali ma'lumot olsangiz bo'ladi

https://www.arbeitsagentur.de/bildungsgutschein


2) IQ-Netzwerk Sachsen-Anhalt


Agar Sachsen-Anhlatda FSP/KP topshirmoqchi bölsangiz IQ-Netzwerkdan bemalol yordam olangiz böladi. Sizga Hujjatlarni tayyorlashda, ularni Landesprüfungsamtga yuborishda, BE olishda yordam berishadi. Shuningdek bepul FSP Kurslari (Kurslar Halberstadt, Halle(Saale) va Magdeburgda joylashgan) va KP Kurslariga (Magdeburgda) borishingiz mumkin. 

IQ-Netzwerk bepul yordam beradi. 

Mana bu link orqali ma'lumot olsangiz bo'ladi

https://www.sachsen-anhalt.netzwerk-iq.de/fuer-eingewanderte/qualifizierungsangebote/fuer-akademische-heilberufe/


3) Apostille va Legalisatsiya. Bu faqat (ausländische Unterlagen - chet ellik hujjatlar uchun tegishli, qisqasi Uzbdan olib borilgan hamma hujjatlar).


Hozirgi kunda ba'zi Bundeslandlar Hujjatlarini Apostille/Legalisation qiligan variantda qabul qilishyapti.

 Xususan: Sachsen, Sachsen-Anhalt, NRW...... Meni Bilganim faqat Bayernda oddiy holatda Beglaubigte Kopie+Übersetzungen holatida qabul qilyapti. Bulardan boshqa Ölkalar haqida ma'lumotni Internetdan izlab körish kerak. Masalan Hamburg uchun hujjatlar töplami haqida ma'lumotga ega emasman.


Men Sachsen-Anhaltga hujjatlarimni IQ-Netzwerk orqali yubordim. Sachsen-Anhalt ham 01.01.2021 dan Apostille/Legalisation sörayapti. Avval men ham Beglaubigte Kopie+Übersetzungen holatida yubordim. 2 haftadan keyin FSP uchun Bestätigung berishdi va tölov qilib FSP uchun Termin oldim.


Oradan 10-14 kun ötib hujjatlarim töliq emasligini aytishdi Apostille/Legalisation qilishim kerakligi va men olib borgan Certifikat Good of Standing ham bölmas ekan (Toshkentdan Skoriydan olgandim) - Yuqori Sog'liqni Saqlash Tashkilotidan olib keling deyishdi.

Va shunday qilib bir amallab Vazirlikdan (SSVdan) oldim - ancha vaqt va yugur-yugurdan söng.


Endi Eng qiziq tomoni Uzbda qilingan Apostille hujjatlar Germaniyada tan olinmaydi.  

Mana bu yerda yozilgan:

https://www.auswaertiges-amt.de/blob/2096892/b076b3eb6c44a77697737fdb9cac0675/liste-haager-apostille-data.pdf

https://www.auswaertiges-amt.de/de/urkunden/2007718#content_1


Legalisatsiya esa faqat Toshkentdagi Germaniya Elchixonasi orqali.

Men Elchixonaga E-Mail yozdim. Javob esa mana bu: Die Botschaft macht keine Legalisierung seit 2001. Yoki mana bu yerdan ham öqib körish mumkin: https://taschkent.diplo.de/uz-de/service/-/1443968


Xösh Apostille tan olinmas ekan, Legalisatsiya qilinmas ekan, endi nima qilish kerak???

Xuddi shu savol bilan Landesprüfungsamtga murojaat qilindi. Va IQ-Netzwerk orqali Argumentieren qilindi. (qisqacha Apostille tan olinmaydi, Legalisatsiya qilishni iloji yöq) IQ-Netzwerk buni Sachsen-Anhaltga kelmoqchi bölgan boshqa Özbek Vrachlari uchun ham muhim deb hisobladi va Landesprüfungsamtga bu haqida batafsil E-Mail yubordi

 

Va Menga mana bu Javob keldi.

(Alle Unterlagen aus dem Ausland sind im LPA grundsätzlich mit einer Haager Apostille zu versehen oder von der Deutschen Botschaft im Ausbildungsland legalisiert einzureichen.)

Demak Baribir ham hujjatlar faqat Apostille/Legalisatsiya qilingan holatda qabul qilinadi deb.


Xösh edi özi nima bu Apostille? qayerda, qanday qilinadi? 


Avval boshida bu qiyin bölsa kerak deb öylagandim yöq Allohga shukur ishlar tez bitdi. Diplomim va Tug'ilganlik haqidagi guvohnomani Uzbga qaytda yubordim. Sudlanmaganlikni yangitdan oldim, orada SSV dan Ma'lumotnoma ham chiqdi. 

Mana shu 4 tasini Apostille qildirdim. 


1) Adliya Varizligidan chiqqan hujjatlar (FHDYOdan guvohnoma va sudlanmaganlik ) - Davlat Xizmatlari Markazi orqali qilinadi (shu örinda Nikoh guvohnomasi). Tölov qilasiz va 7-10 kun kutasiz.


2) Sudlanmaganlik ham tepada yozganimdek DXM orqali


3) Diplom - (Diplom deyilganda Ilovasi ham kiradi, köpchilik söradi ilovasi hammi deb? albatta ikkalasi birga qilinadi) Öz.Res.Vaz.Mah.huzuridagi Ta'lim Sifatini Nazorat qilish Davlat Inspeksiyasi orqali.

Endi bu bilan shug'ullanadigan maxsus "Agentura yoki Tarjima markazlari" bor. Perevod dokumetov deb hamma yoqda e'lonlar tiqilib yotibdi. Ayniqsa Toshkentda

Men Chilonzor Davlat Xizmatlari Markazidan joylashgan ana shunday Tarjima markazi orali qildim. Pulini tölaysiz 7-10 kun kutasiz


4) Certifikat Good of Standig - Öz.Res-Tash.Ish.Var Konsullik Departamenti orqali tasdiqlanadi va buni ham ösha tashkilot orqali qildim.

Narxlari esa har bir hujjat 150ming sömdan. DXM da esa yana ham arzonroq


Apostille 2 xil hujjatga qöyiladi

1-Originalga

2-Notarial Kopiyaga 


Men Originalga qöyishni afzal bildim.


E'tibor bering. Notarial Kopiyaga qilaman desangiz bular mahalliy Notariusdan Kopiya qilib unga Apostille qöyadi. Bu esa Germaniyada Tan olinmaydi. Shuning uchun Kopiyani Elchixonada qildirib keyin unga Apostille qildiring. Bu ayniqsa Grandda öqiganlar uchun yaxshi. Elchixonada Kopiya qildirasiz va unga Apostille qilasiz - keyin Diplom kerak bölmaydi.


Bu bilan nima demoqchiman Agar Sachsen-Anhaltga kelmoqchi bölsangiz albatta Apostille qildirib oling bular baribir söraydi. Sachsenda ham shunday. Agar boshqa Bundeslandga bormoqchi bölsangiz avval ma'lumot yig'ib oling. Masalan Bayern uchun umuman kerakmas. Bu shunchaki ma'lumot uchun edi. Kerakmas deb hisoblasangiz e'tibor bermang 😁😁😁


4) Fachsprachprüfungga tayyorlanish haqida.


Uyda bemalol örtacha 3 oy tayyorlandim. Agar intensiv tayyorlansa 2 oy ham yetadi.

Deutsch für Ärztinnen und Ärzte kitobidan öqidim. Pdf variantini bemalol topsa böladi, Telegram kanallarida yoki guruhlarda ham bor. Audiosini esa bu yerdan eshitish mumkin. 

https://app.deutschkurs-medizin.de/#/dialogs


va albatta YouTube https://www.youtube.com/channel/UCsWBNwfMj0oF5a6fadcMELg


Telegramda köplab Fachsprachprüfung guruhlar bor, izlab topsa böladi. Bironta sherik bilan Simulation qilib tayyorlanish yaxshi.

Va Men FSJ qilayotgan Klinikum Chemnitz - Thorax- Gefäß- und endovaskulärchirurgie dan köp narsa örgandim...

Sönggi söz örnida agar yozganlarim oz bölsa ham foydali bölsa men Xursandman. Harakat qilishdan töxtamang..... Hammamizni Omadimizni bersin.


Sirojiddin Suyunov (Dr.Suyunov) Chemnitz 28.11.2021

Report Page