FR

FR

Transformers Education

Forbes nashrining ma’lumot berishicha, jahon mehnat bozorida axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislariga ehtiyoj jadal oshib bormoqda. Jumladan, bu yo‘nalishdagi loyiha menejerlariga bugun yiliga $121,000 dollargacha mablag‘ to‘lanmoqda. Dasturiy ta’minot injeneri $109,000, tarmoqlar xavfsizligini ta’minlash sohasi mutaxassisi yiliga $137,000 dollargacha mablag‘ ishlab topmoqda.

Axborot texnologiyalarining biznes va yirik ishlab chiqarish sanoatida joriy qilinishi, kiber xurujlarning hajmi va ko‘lami oshib borishi bilimga boy mutaxassislarga kasbiy muvaffaqiyat eshiklarini ochmoqda.

Bugun AKT mutaxassisi uchun universitetda olgan nazariy bilimning o‘zi kifoya qilmaydi. Qo‘shimcha izlanish, mustaqil o‘rganish orqaligina mehnat bozoriga tayyor bo‘lish mumkin. Zamonaviy IT-mutaxassisga qo‘yiladigan 3 ta bosh talab:

– dasturlashni bilish;

– yaxshi yoza olish;

– odamlar bilan aloqaga kirishish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.

Amerika Mehnat statistikasi byurosining ma’lumot berishicha, 2024 yilga kelib kompyuter va axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislarga ehtiyoj 12 foizga oshadi. Keyingi 10 yillikda birgina AQShning o‘zida IT sohasi xodimlari soni 3.9 milliondan 4.4 millionga oshadi.

AQSh Mehnat byurosining yana bir qiziq ma’lumoti — 2015 yilda kompyuter va axborot texnologiyalari sohasi xodimi yiliga o‘rtacha $81,430 dollar ishlab topgan bo‘lsa, boshqa sohalarda bu $36,200 dollarni tashkil qiladi. Ko‘rib turibsizki, agar siz talab darajasidagi kadr bo‘lsangiz, moliyaviy daromaddan umuman tashvish tortmasangiz ham bo‘ladi.

Ma’lum bo‘lishicha, Yer yuzidagi har 100 ta tanqidchiga qarshi chiqib, dunyoga yangilik olib kelishga qodir bo‘lgan 1 nafar geniy bor ekan. 20-asrning boshlarida avtomobilsozlikda ulkan rejalarni ko‘zlayotgan Genri Fordga atrofidagilar har bir odamning avtomobilga ega bo‘lishi aqlga zid hodisa ekanini aytishgan. Ammo, Genri Ford bu shubhalarni rad etdi va maqsadiga erishdi.

Xuddi shuningdek, o‘tgan asrning 70-yillarida axborot texnologiyalari o‘zining rivojlanish cho‘qqisida bir muddat to‘xtab qolgandek ko‘ringan edi. Bill Geyts, Stiv Jobs kabi ilg‘or fikr egalarining har bir uyga kompyuter olib kirish orzusi jamoatchilikning kulgisiga sabab bo‘lgan bo‘lsa ham, ular shubhalarga shubha bilan qarashdi va har bir xonadon o‘zining shaxsiy kompyuteriga ega bo‘lishi mumkinligini isbotlashdi.

21-asrning xohlagan fuqarosi axborot texnologiyalarining sub’yekti: odamlar gadjet va aloqa vositalarisiz turmushlarini tasavvur qila olmaydilar hamda elektronika mahsulotlariga ehtiyoj jadal oshib bormoqda. Natijada, sog‘liqni saqlash, qo‘riqlash, ma’lumotlar bilan ishlash, mobil texnologiya, umuman turmush tarzining barcha jabhalari uchun axborot texnologiyalari mutaxassislariga zarurat oshmoqda.

Shuni hisobga olib, hali kasb-hunar kolleji o‘quvchisi bo‘lsangiz, o‘zingiz uchun yorqin kelajak tanlashga hali vaqtingiz bor. Qolaversa. ota-ona sifatida farzandingizni hozirdanoq axborot texnologiyalari sohasiga qiziqtira olsangiz, ularning muvaffaqiyatli istiqboliga poydevor qo‘ygan bo‘lasiz.


Report Page