FOYDALANILGAN MOYNI TOZALASH USKUNALAR LINIYASI

FOYDALANILGAN MOYNI TOZALASH USKUNALAR LINIYASI

PX SERVIS

10/20 tonna miqdordagi foydalanilgan moylarni bir sutkada qayta ishlash sexi

Ushbu texnologik liniya benzin va dizel yoqilg'isini ishlab chiqarishga mo'ljallangan (olinadigan tayyor mahsulot, sifatiga ko'ra, benzin va dizel yoqilg'isiga yaqin). Bunda, plastmass tayyorlashda chiqqan chiqindilar, qayta ishlangan avtomobil shinalari va shuningdek, qayta ishlangan motor moylari, neft shlamlari va boshqa shu kabi moddalar xomashyo sifatida qo'llanadi.

Ishlab chiqarish jarayoni:

Turli xildagi moylar va neft shlamlaridan olingan substrat, isitgichga tushadi va belgilangan haroratgacha isitiladi va harorat sovutgich hovuzi yordamida belgilangan darajaga tushirib olinadi. Shundan keyin mahsus nasos mahsulotni bug'lantirgichga yo'naltiradi.

Suv va moy bug'lari aralashmasi moy tutgichdan o'tadi va rektifikatsion kolonnaga tushib, u yerda fraksion distillyatsiya qilingach, 3 turdagi bug'ga: suv, benzin va dizel yoqilg'isi bug'lariga ajraladi.

Benzin va dizel yoqilg'isi bug'lari mos kondensatorlarda kondensatsiya qilinadi va suyuq holda baklarga yig'iladi va nasos bilan moy qoldiqlaridan tozalash bo'limiga tortiladi va neytralizatsiya va filtratsiyadan o'tadi.

Tayyor mahsulot alohida: benzin va dizel yoqilg'isi baklariga tushadi va uni foydalanishga topshirish mumkin.

Uskunaning o'ziga xosligi:

  • Yuqori avtomatizatsiya darajasi;
  • Xomashyoni to'xtovsiz uzatish;
  • Eksluatatsiyadagi qulaylik;
  • Ekologik zararsiz uskuna.

Xomashyo:

  • Avtomobil shinalari plastmassi;
  • Qayta ishlangan moylar;
  • Neft shlami

Report Page