FOTOSALONDAGI USTASI FARANGLAR

FOTOSALONDAGI USTASI FARANGLAR


Axborot-kommunikatsiya vositalari va raqamlashtirish imkoniyatlari­ning shiddat bilan rivojlanishi ko‘plab sohalarda yangidan-yangi imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Ayniqsa, komputerimizga o‘rnatilgan turli dasturlar ish sifati va unumdorligini oshi­rishga yordam bermoq­da. Afsuski, oramizda bunday imkoniyatlardan o‘zining g‘araz maqsadlarida foydalanib, jinoyatga qo‘l urayotganlar ham uchrab turibdi. 

Bekman Xalmuratov (ism-shariflar o‘zgartirildi) tanishi Rasul Seytanov bilan yaxshi niyatda fotosalon faoliyatini yo‘lga qo‘yishdi. Yosh, chaqqon yigitlar odamlar bilan til topishish va tinimsiz mehnat evaziga tez orada mijozlar to‘plashga, tumanda ancha tanilishga muvaffaq bo‘lishdi. 

Lekin ish yuzasidan 

Z. Axa­tova bilan tanishishi yigitlar­ning hayotini izdan chiqardi. Gap shundaki, kunlarning birida u o‘ziga qalbaki haydovchilik guvohnomasi zarur bo‘layotganligini aytib qoladi va evaziga katta miqdorda pul taklif etadi. Taklif etilgan pulga qiziqqan yigitlar qalbaki guvohnoma ishlab ko‘rishga kirishadi. Oradan bir-ikki kun o‘tib, fotoshop dasturi va rangli printer yordamida Z. Axatovaga qalbaki haydovchilik guvohonomasini tayyorlab berishga erishishadi.

Bu esa keyingi jinoyatlarga yo‘l ochadi. Bu safar avtomashina oynasini qoraytirish uchun beriladigan ruxsatnomani qalbakilashtirib, uni R. Seytanovning otasiga tegishli avtomashina uchun tayyorlashadi. Lekin YHXB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida avtomashina to‘xtatilib, hujjatlari tekshirilganda, ruxsatnoma ma’lumotlar bazasida yo‘qligi ma’lum bo‘ladi. Holat yuzasidan tegishli tartibda texnik ekspertiza tayinla­nib, uning xulosasi asosida ruxsatnomaning qalbaki ekanligi to‘liq tasdiqlandi. Shu bois firibgarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘ati­lib, tergov-surishtiruv ishlari davomida rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish bo‘yicha yana bir nechta holatlar aniqlandi. Odil sudlov ustasi faranglarga nisbatan tegishli jazo tayinladi. 

Azamat PIRNIYAZOV,

o‘z muxbirimiz.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi.

Report Page