FOMO
AZ CapitalFOMO — imkoniyatni qo‘ldan boy berish qo‘rquvi
Tasavvur qiling, grafikni ochasiz — bitkoin allaqachon +10% ko‘tarilgan. Ichingizdagi ovoz: ‘Hozir kir, yana o'sadi!’ deydi.
Siz vaziyatni qo’ldan boy berishdan qo’rqib, sotib olasiz — va narx darhol pasaya boshlaydi📉
Tanishmi holatmi?
Bu — FOMO (Fear of Missing Out) — boshqalar foydani olayotganda, “men chetda qolayapman” degan tashvish. U tezroq va o'ylamay qaror qilishingizga undaydi.
Nega FOMO paydo bo‘ladi? (psixologik mexanizm)
1. Ijtimoiy taqqoslash
Boshqalardagi yutuqni ko’rib. Miya “men ortda qolyapman” deb reaksiya qiladi. Bu ichki shoshilish hissini yoqadi.
2. Yo‘qotishdan qo‘rqish
Ko’pchilik, minus bo’lsam ham mayli, lekin vaziyatni qo’ldan boy bermasligim kerak degandek harakat qilishadi.
3. Kamyoblik hissi
Biror narsa limited deb aytilsa, u ko‘zga qimmatroq va tezroq harakat qilishga arziydigandek tuyuladi. Yani - bozorda bunday harakat boshqa bo'lmaydi deb o'ylash.
FOMO treydingda
• Kechikkanda bitim ochish
• Stop lossiz ishlash
• Stop loss yoki take profitni sababsiz o’zgartirish
• Overtrading
Mini-misol: S&P500 kuchli o‘sgach “hech bo‘lmasa ozgina foyda” deb bitim ochish.
Oqibati esa
• Kapital yo‘qotish, katta bosim va distsiplina buziladi
• Emotsional charchoq, pushaymonlik, o‘ziga ishonch pasayadi
* Real misollar (hayot va bozor)
• Kripto 2021: ko‘plar BTC’ni ~$65k atrofida “hamma olayapti” deb olishdi; keyin narx keskin pasaydi.
• Forex: XAUUSD 4300 ga ko'tarilganda odamlar sotib olishdi va narx 4000 ga quladi.
• Aksiya: Nvidia cho‘qqida 2024 22-noyabr, narx 150$ ga chiqdi va odamlar FOMO bilan sotib olishdi, narx esa 86$ ga 45% quladi.
⸻
FOMOni yengish:
A) Muhitni sozlang
• Bildirishnomalarni cheklang; ijtimoiy tarmoqlar uchun kuniga maksimal kam vaqt sarflang. Ulardan kelayotgan reklamalar sizni chalg’itadi. Iloji bo'lsa, trading bo'yicha barcha keraksiz guruh va kanallardan chiqib keting. Faqat tizimingizga e'tibor qarating.
• Doim savdolaringizni tahlil qiling. Qaysilarni shoshib ochganingizni belgilang. U bitimingiz natijasini ham belgilang. So'ng taqqoslab ko'ring, tizimingiz bilan bitim qilganingizda qanday natija chiqar edi, va FOMO bilan qanday natija bo'ldi, yozib boring.
B) Jarayon qoidalari
• 24 soatlik dam. Mabodo FOMO bilan bitim qilayotganingizni sezib qolsangiz, 24 soat dam oling.
• Jurnal: Har bir bitimni alohida yozib oling. Qachon, nima uchun, qancha risk va qanday natija, barchasini yozib boring.
10 daqiqalik “FOMO Breaker”
1. “Nima meni hozir shoshiryapti?” deb o’zizdang so’rang va yozing. Bu ruhiy, moddiy yoki jismoniy holatmi?!
2. Qog‘ozga FOMO bilan bitim ochsangiz mumkin bo'lgan 3 ta xavf — 3 ta foydani yozing. 1-kapitalni yo'q qilish, 2-katta ruhiy bosim, 3-intizom buzulishi. | 1-katta foyda, 3-moddiy muammolar yechim topishi, 3-tez foyda topish.
4. Va xulosa qiling shu yo’nalishingiz maqsadingizga mosmi? Shu savdo uslubingiz sizni qoniqtiradimi?
Xulosa — asosiy saboq
Harakat ortidan quvlaganimizda nazoratni yo‘qotamiz. Haqiqiy trader ovchidek sabrli bo'lishi va eng qulay paytni kutishi kerak.