FINAL NATIJASI

FINAL NATIJASI

Dildora O'roqova, @intellect_klub

Assalomu alaykum.

📣 “Intellect” guruhida 2020-yilning sentabr oyidan buyon davom etib kelayotgan “Duel” loyihasining 2-mavsumi ham o‘z nihoyasiga yetdi!

Demak, jami 32 ishtirokchi o‘rtasida o‘tkazilgan turnir mobaynida umumiy hisobda 31 ta duel bahslari, ya’ni 31 ta hikoya tahlili bo‘lib o‘tdi.

⚠️ 17-yanvar kuni o‘tkazilgan final bosqichi natijalari bilan tanishing:

➖ Umumiy hisobda, Maftuna Nurboyeva 44%, Gulasal Qodirova esa 56% hakamlar ovozini to‘pladi.


📜 Ishtirokchilarning hakamlar hay'ati tomonidan berilgan qo‘shimcha shart bo‘yicha ijodlari:

Maftuna Nurboyeva:

“Hayotning tugal haqiqati shu.. o‘lim ham, iztiroblardan iborat bo‘lgan hayot ham – bu bir narsa, ya’ni adashuvlardan iborat bo‘lgan labirintdir – undan chiqish/chiqmaslikni esa yoʻlchi yulduz — ruhimiz, irodamiz hal qiladi.. Shu xayollar girdobida qolgan Korte qaroqlarini arang ocha turib, sassiz pichirladi, tobora jonsizlanayotgan tilidan Pliniyning quyidagi soʻzlari uchib chiqdi: "Tabiat tomonidan insonga tuhfa qilingan ne’matlar ichida o‘z vaqtida kelgan o‘limdan boshqa yaxshiroq narsa yo‘q – bu har bir insonga berilgan qalb davosidir.."

Gulasal Qodirova:

“Ammo nega xonaga to‘satdan qorong‘ulik cho‘kdi? Axir, ko‘chada hali yop-yorug‘ kun. O‘zini bosgan falajga o‘xshash allaqanday iskanjani so‘nggi bir siltanish bilan uza-uza Juzeppe Korte to‘shak yonidagi soatga ko‘l cho‘zdi. Soat kunduzgi uch yarimni ko‘rsatardi. U yuzini derazaga burib, qopqalar qandaydir sirli buyruqqa bo‘ysunganday, sekin tushayotganini, kunning yorug‘ini yopib borayotganini ko‘rdi.

Корте қопқалар токи кун ёруғини батамом ёпиб бўлгунга қадар аллақандай ожиз умид билан деразага қараб турди. Атрофи бутунлай қоронғулашиб бўлгач эса ўша шамолдаги шамдек турган умиди ҳам пирпираб ўчганини ногоҳ англади. Аммо ҳеч қандай даҳшатга тушмади. Бошини ёстиққа қўяркан бутун ҳаёти кўз олдидан ўтди. Нимани хаёл сурса ҳам ҳамма ўйлари уни яна етти қаватли касалхонага етаклаб келаётганини сезиб қолди. Аввалига 7-қаватда туради-да, бирдан 1-қаватда пайдо бўлаверади. 

Бора-бора кўзи илиндими хаёллар ҳам уни тинч қўйди. У энди ҳеч нарсани ҳис қилмас, ҳеч нарсадан қўрқмас, ҳеч нарсани ўйламас эди.

Бир неча соатдан сўнг унинг хонасида замбиллар шарақи эшитилиб, Корте олиб кетилди. Унинг жонсиз танаси аллақачон музлаб улгурганди...”

Quyida esa hakamlar tomonidan keltirilgan fikrlar:

Nodirabegim Ibrohimova ✍:

“Икки тақриз ҳам яхши ёзилган. Баҳс сокин ўтгани учун ғолибни аниқлаш қийин бўлди. Қўшимча шарт бўйича кўпроқ Мафтунанинг якуни ёқди. Икки қизга ҳам омад тилайман”.

Dilfuza Bonu Avazova ✍:

“Тақризларни ўқиб чиқдим. Мафтунанинг тақризи ўта жўн. Гуласал Қодирова яхши тақриз ёзибди. Умуман, тақриз эмас асар таҳлили даражасида ёза билибди. Тақриз ва савол-жавобдаёқ Гуласал Мафтунадан салоҳиятли экани очиқ кўриниб турган эди. Гуласалга адабиётшунослик илмида мувафаққият тилайман”.

Raxshona Ahmedova ✍:

“Duelning oxirgi bahsi haqida nima deyish mumkin?! Final biz kutgandek bo'lmadi. Ehtimol, qaysidir bosqichda yo'l qo'ygan xatolarimiz endi bo'y ko'rsatgandir...
 Lekin nima bo'lganda ham har ikki ishtirokchiga keyingi faoliyatlarida omad! Bu loyiha yana davom etadi degan umiddaman”.

Mohira Eshpo‘latova ✍:

“Ikkala taqriz ham yaxshi yozilgan. 
Maftunada badiiylik kuchli. Ammo final uchun bu yetarli emas edi.
Gulasal- izlangan. Boshqa ijodkorlarning ham asarlari bilan solishtirib tahlil qilgan. Hayotimizning qog'ozbozlikka o‘ralashib, asl mohiyati bir chekkada qolib ketayotganini alohida ta'kidlab o'tgan. 7 qavatning ma'nosini to'g'ri ochib bera olgan mening nazarimda”.

Dildora O‘roqova ✍:

“Tanlangan hikoyadagi ramziylik va chuqur falsafiy ma’nolarni har ikkala ishtirokchi ham yaxshi yoritib bergan. Ushbu ta’rifi keltirilgan vaziyatda inson hayoti, sharoitlari va boshqa kishilar bilan kurashining ma’nosizligiga ishora bor. Hikoya markazi esa - taqdirning muqarrarligi... 
Duelda juda murosali bahsni kuzatdik (Garchi taqrizlarga ikki xil yondashuv bo‘lsa-da). Har ikkala ishtirokchiga ham rahmat! Ilmlari yanada ziyoda bo‘lsin! ”

⚡Demak, “Duel” loyihasining 2-mavsumi g‘oliblari quyidagilar:



🔥 G‘oliblarimizni chin dildan tabriklaymiz! Loyihada ishtirok etgan barcha qatnashuvchilarga hamda doimiy kuzatib borgan qadrli guruhdoshlarimizga esa katta Tashakkur! 👏


Hurmat bilan, Intellect_klub guruhi muvofiqlashtiruvchilari.

Report Page