FERRUM LEK tabletkasi

FERRUM LEK tabletkasi


TTA talabasi

Mallayev Ulmas


Ferrum Lek tabletkasi . Narxi -- 30 donasi 60 000 so'm .




💊DORI SHAKLI : Sirop 




💊TARKIBI 👇


Temir lll gidroksid polimaltozat moddasi.




💊TA'SIRIGA KO'RA 👇 👇


Anemiyaga qarshi vosita . Kamqonlikka davo sifatida qabul qilinadi.





💊QO'LLANILISHI 👇


-- Qonda gemoglobin miqdori ni ko'taradi va temir moddasi zaxirasini ta'minlaydi.


-- Temir tanqisligi anemiyasida qabul qilinadi.

-- Xomiladorlik va emizish davridagi kamqonlik holatlarda qabul qilinadi.

-- Donor bo'lganda , ya'ni qon topshirganda yo'qotilgan qon o'rnini to'ldirish maqsadida 

-- Organizmning jadal o'sish davrida buyuriladi.

-- Temir moddasi tanqisligida buyuriladi.




💊QABUL QILISH USULI 👇


Tabletkasini 12 yoshdan keyin qabul qilish buyuriladi. 12 yoshgacha siropi beriladi. Pastda korsatib o'tilgan 👇




Siropini va tabletkasini ham ovqatlanish vaqtida yoki ovqatlanib bo'lgach 30 daqiqadan keyin qabul qilish mumkin. 


1 yoshgacha bo"lgan bolalarda 2,5 - 5 ml kuniga qabul qilinadi.


1 yoshdan 12 yoshgacha bo'lganlarda 5 - 10 ml kuniga buyuriladi.


12 yoshdan kattalarga 10 - 30 ml siropi yoki 1 -2 tabletka kuniga buyiriladi.


Kattalar va emizikli ayollarga kuniga 10 - 30 ml sirop yoki  1 - 2 tabletka buyuriladi.


Homilador ayollarga kuniga 20 - 30 ml gacha sirop yoki 1 - 3 tabletka buyiriladi.



Tabletkasini 12 yoshdan kichik bo'lganlarga qabul qilish mumkin emas. 






🚫NOJO'YA TA'SIRI 👇 



-- Axlat rangining o'zgarishi

-- Ko'ngil aynish va qusish holatlari

-- Diareya holatlari ,teri toshmasi va qichishishi.






❌QO'LLASH TAQIQLANADI 👇


-- Preparatga yuqori allergik reaksiya bo'lganda

-- Temir moddasi miqdori organizmda ortiqcha bo'lganda.

-- Temir moddasi ning organizmda almashinuvi buzilishida.

-- B 12 vitamini yetishmaslik oqibatidagi kamqonlikda mumkin emas.

-- Fruktozani o'zlashtira olmaslik kabi holatlarda .

-- Temir moddasi tanqisligi bilan bog'liq bo'lmagan anemiyalarda mumkin emas. 



Ferrum Lek ampulasi -- faqat mushak orasiga yuboriladi. Qolgan ma'lumotni admin maslahati degan postdan o'qiysiz 👇.



Ferrum lek siropi ham bor.







🔰 ADMIN MASLAHATI 👇



💥Ferrum lek preparati tabletka , sirop va ampula ko'rinishida chiqadi. Yuqorida ☝ tabletkasi va siropi haqida va dozasi ko'rsatib o'tildi .



💥Ampulasiga kelsak , ampulasi faqat mushak orasiga jo'natiladi. Venaga yoki teri ostiga mumkin emas. Ampulasi homiladorlikning birinchi 3 oyligida mumkin emas. Yana jigar sirrozida , infeksion gepatitda mumkin emas. 


💥Ampulasini yana chaqaloqning 4 oyligigacha bo'lgan vaqtda yuborish tavsiya qilinmaydi


💥Ferrum lekni siropi va tabletkasini homiladorlikning birinchi 3 oyligida qabul qilishni shifokoringizdan so'rang. 



💥Ferrum lek ampulasini mushakka yuborganda qon bosimi tushishi , isitma bosh aylanishi va og'rishi kabi holatlar kuzatilishi mumkin.



💉Qo'llash -- retsept bilan

💉Ishlab chiqaruvchi -- Sloveniya , Germaniya , Turkiya va Uzbekistan.



@FARMAKOLOGIYA_TTA


@KANAL_MUNDARIJASI


,, ТАБЛЕТКА " kanali


Report Page