FARZANDLARIMIZNI ONA TILIMIZGA MUHABBAT BILAN ULG‘AYTIRAYLIK!

FARZANDLARIMIZNI ONA TILIMIZGA MUHABBAT BILAN ULG‘AYTIRAYLIK!

Kadastr agentligi axborot xizmati

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 32 yil to‘lishi munosabati bilan

2021-yil 16-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi xodimlarining farzandlari uchun O‘zbekiston milliy qo‘g‘irchoq teatrida “Farzandlarimizni ona tilimizga muhabbat bilan ulg‘aytiraylik!” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi. 

Tadbirni Kadastr agentligi direktor o‘rinbosari Abdullayev Abdushukur Xamidovich ochib berdi.

Yozuvchilar uyushmasining a’zosi, bolalar uchun sevimli bo‘lgan shoira “Gulxan” jurnali bosh muharriri Zaxro Xasanova ishtirokida o‘tkazilgan bu tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Muharrir bolalar qalbida o‘z ona tiliga nisbatan muhabbat uyg‘otishning ahamiyati, xususan, “Gulxan” jurnalining bu boradagi saʼy-harakatlari haqida so‘zladi hamda o‘z ijodidan ona til haqidagi sheʼrlaridan o‘qib berdi.

Tadbirda bolajonlarning o‘zbek tili bo‘yicha savodxonligi darajasini aniqlashga qaratilgan qiziqarli savol-javoblar ham bo‘lib o‘tdi. Savollarga to‘g‘ri javob berganlarga Kadastr agentligi hamda “Gulxan” jurnalining esdalik  sovg‘alari topshirildi. 

Shuningdek, bolajonlarga O‘zbekiston milliy qo‘g‘irchoq teatri aktyorlari tomonidan sahnalashtirilgan “Vaqt qadri” nomli spektakili namoyish etildi.

Ona tilimizni eʼzozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomi, jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, farzandlarimizni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash hamisha dolzarb maʼnaviy burchimiz bo‘lib qoladi.


Report Page