FARG’ONADA TIL BAYRAMI TADBIRLARI ALISHER NAVOIY HAYKALI POYIGA GUL QO’YISHDAN BOSHLANDI
Одилжон ЖалоловTil – millat ruhi, davlat timsoli, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.
1989-yilning 21-oktyabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra, O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi.
Ayni kunlarda o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 32 yil to‘lishi munosabati bilan butun respublika miqyosida qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Mazkur bayram bugun 21-oktabr kuni erta tongda viloyatimiz markazida qad rostlagan g’azal mulkining sultoni Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo’yish marosimi bilan boshlandi.
Tadbirda hokimlik vakillari, shoir va yozuvchilar, oliy o’quv yurtlari, xalq ta’limi boshqarmasi, viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi vakillari, maktabgacha ta’lim boshqarmasi, mahallalar va keng jamoatchilik vakillari, OAV xodimlari ishtirok etishdi.
Bayram tadbirlari barcha tashkilotlar, ta’lim muassasalarida kotarinki ruhda davom etmoqda.
Fargona viloyat xalq ta`limi boshqarmasi axborot xizmati.
Создано с помощью Telegraph X Pro