FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI

FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI

“TALABALAR TEATR STUDIYALARI” O‘RTASIDA

VATANPARVARLIKNI MADH ETUVCHI ENG YAXSHI SAHNA ASARI

TANLOVINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA

NIZOM

 

I. Umumiy qoidalar

 

1. Mazkur Nizom Farg‘ona davlat universitetida faoliyat yuritayotgan talabalar teatr studiyalari o‘rtasida vatanparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etuvchi eng yaxshi sahna asari tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.

2. Tanlov talabalarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, milliy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, tarixiy merosga sadoqat va fuqarolik mas’uliyatini kuchaytirishga qaratilgan.

3. Tanlov yoshlar masalalari va ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi bo‘limi, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda tegishli kafedra va bo‘limlar hamkorligida tashkil etiladi.

 

II. Tanlovning maqsad va vazifalari

4. Tanlovning maqsadi:

·       yoshlar qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash;

·       talabalar teatr studiyalarining ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;

·       sahna san’ati orqali milliy va umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib qilish;

·       iqtidorli talabalarni aniqlash va rag‘batlantirish.

5. Tanlovning vazifalari:

·       vatanparvarlik mavzusidagi sahna asarlarini yaratish va namoyish etishni

·       rag‘batlantirish;

·       teatr san’ati vositasida yoshlarni ma’naviy tarbiyalash;

·       talabalar o‘rtasida ijodiy hamkorlik va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish.

 

III. Tanlov ishtirokchilari

·                       6. Tanlovda fakultetlarda faoliyat yuritayotgan talabalar teatr studiyalari ishtirok etishlari mumkin.

7. Har bir teatr studiyasi tanlovga bitta sahna asari bilan qatnashadi.

8. Jamoa tarkibi kamida 5 nafar va ko‘pi bilan 20 nafar talabadan iborat bo‘lishi tavsiya etiladi.

 

IV. Tanlovni o‘tkazish tartibi

9. Tanlov quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi:

·                        arizalarni qabul qilish;

·                        sahna asarlari ssenariylarini ko‘rib chiqish;

·                        yakuniy sahna chiqishlari;

·                        g‘oliblarni aniqlash va taqdirlash.

10. Sahna asarlarining davomiyligi 15–25 daqiqadan oshmasligi lozim.

11. Sahna asarlari quyidagi mavzulardan birini yoki bir nechtasini qamrab

·                        olishi mumkin:

·                        Vatanga muhabbat;

·                        milliy qahramonlar va tarixiy shaxslar;

·                        mustaqillik va taraqqiyot;

·                        harbiy-vatanparvarlik;

·                        fidoyilik va jasorat;

·                        yoshlarning Yangi O‘zbekiston taraqqiyotidagi o‘rni.

12. Sahna asarlarida milliy qadriyatlar, odob-axloq me’yorlari va amaldagi qonunchilik talablariga zid bo‘lgan holatlarga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

V. Baholash mezonlari

13. Tanlov ishtirokchilari quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

№

Baholash mezoni

Maksimal

ball

1.     

Mavzuning dolzarbligi va vatanparvarlik g‘oyasining yoritilishi

20

2.     

Ssenariyning mazmuni va badiiy yechimi

20

3.     

Aktyorlik mahorati

20

4.     

Rejissyorlik ishlanmasi

15

5.     

Sahna madaniyati va badiiy bezaklar

10

6.     

Musiqiy va texnik ta’minot

5

7.     

Tomoshabinga ta’sir kuchi va ijodiy yondashuv

10

JAMI

100 ball

 

VI. Hakamlar hay’ati

 

14. Tanlov natijalarini baholash uchun universitet rahbariyatining buyrug‘i bilan hakamlar hay’ati tuziladi.

15. Hakamlar hay’ati tarkibiga teatr san’ati mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullar va jamoatchilik vakillari kiritilishi mumkin.

16. Hakamlar hay’atining qarori yakuniy hisoblanadi.

VII. G‘oliblarni taqdirlash

17. Tanlov yakunlariga ko‘ra quyidagi o‘rinlar belgilanadi:

I o‘rin;

II o‘rin;

III o‘rin.

18. Shuningdek, quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlanishi mumkin:

· “Eng yaxshi sahna asari”;

· “Eng yaxshi aktyor”;

· “Eng yaxshi aktrisa”;

· “Eng yaxshi rejissyorlik ishi”;

· “Eng yaxshi badiiy yechim”;

· “Tomoshabinlar e’tirofi”.

19. G‘oliblar universitet rektorining diplom, sertifikat, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

VIII. Yakuniy qoidalar

20. Tanlov bilan bog‘liq tashkiliy masalalar Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan muvofiqlashtiriladi.

21. Mazkur Nizom talablari barcha ishtirokchilar uchun majburiy hisoblanadi.

22. Nizomda nazarda tutilmagan masalalar tanlov tashkiliy qo‘mitasi tomonidan amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida hal etiladi.




Report Page