FARGʻONA SHAHRI HAYVONOT BOGʻIDAGI ZEBRA NOBUD BOʻLDI.

FARGʻONA SHAHRI HAYVONOT BOGʻIDAGI ZEBRA NOBUD BOʻLDI.

@ecofarghana

Afrika yovvoyi otlari hamda otlar kenja urugʻi -Zebra hayvoni juda ehtiyotkor, tez yuguradi. 1—1,5 yoshida voyaga yetadi. Qoʻlga oʻrganadi, tutqunlikda koʻpayadi. Vaziyatning qulay kombinatsiyasi bilan, tabiiy sharoitda zebralar 10 yilgacha, asirlikda esa 15 yilgacha yashashi mumkin. Qimmatli terisi uchun koʻplab ovlanishi tufayli soni keskin kamayib ketgan.

Togʻ va grevi zebralari Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan.

Bogʻ direktori holatga izoh berar ekan, zebralar asosan 10-15 yil umr koʻrishini taʼkidlab, 5 yillik zebra hozirda kelganiga 7 yil vaqt mobaynida 12 yil umr koʻrganini bois qarib oʻlganini aytib oʻtdi.

Fargʻona viloyat prokuraturasi, viloyat Ekologiya boshqarmasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi va boshqa tegishli tashkilotlar ishtirokida dalolatnomaga asosan zebra jasadini tekshirilib, hozirda lobaratoriya tahlil ishlari olib borilmoqda.

Tahlil natijalariga koʻra bu haqda yana qoʻshimcha maʼlumot beramiz.

Fargʻona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Report Page