F.A.Q — Drone School

F.A.Q — Drone School

Drone School

Hurmatli Do‘stlar! 

Sizdan ko‘pincha o‘quv kursining davomiyligi, o‘quv jarayoniga vaqt ajratish, tarif rejasi to‘lovi asoslari, bir martalik yoki oylik to‘lovlar haqida savollar kelib tushadi.

Onlayn maktab nima uchun yaratilgan?

— Onlayn maktab - qandaydir sabablarga ko‘ra oflayn maktablarga tashrif buyurishga vaqt topa olmaydigan insonlar uchun yaratilgan. Ushbu muammoda Onlayn-ta’lim yordam beradi, bunda siz tinch sharoitda o‘z uyingizda bo‘lasiz, bu yerda esa siz imkon qadar zaruriy bilimlarni olish uchun diqqatingizni bera olasiz.

Onlayn-ta’lim bu nima?

— Onlayn-ta’lim – bu internet orqali amalga oshiriladigan bilimlarni ulashish jarayonidir.
Jarayonning formati va muddatlari turlichadir: soatli vebinarlarning ixcham sikli, videoma’ruzalar va vazifalar bilan murakkab kurslar, o‘yin shaklidagi amaliy master-klasslar… Maqsadli auditoriyaning talablari va o‘z oldida belgilagan vazifalariga qarab, kurs yaratuvchisi konsepsiyani aniqlab oladi. 

Drone School kurslariga qanday yozilish mumkin?

— Mashg‘ulotlarga kirishish juda oson. Barcha tarif rejalarini o‘rganib chiqing, o‘zingiz uchun ko‘proq mos keluvchi tarif rejasini tanlang. Tarif rejasining imkoniyatlarini, plyus va minuslarini tekshirib ko‘ring. Shundan so‘ng @khasanovonline manziliga tanlangan tarif haqida xabar yuborasiz, barchasi kelishilganidan so‘ng ma’lumotlar paketi yuboriladi, bular: F.I.Sh, Telefon raqami va elektron pochta. 

Drone School’da o‘qitish qanday o‘tkaziladi?

— Ma’lumotlaringizni yuborganingizdan so‘ng, biz sizni barcha mashg‘ulotlaringiz o‘tkaziladigan maxsus-o‘qituvchi platformaga ulab qo‘yamiz. Platformada video, audio va matnli darslar ishtirok etadi. Onlayn-kursni xarid qilganingizda sizga modullardan biriga kirish imkoni beriladi, darsni o‘zlashtirganingizdan keyin esa – keyingisi ochiladi. Ushbu proseduradan o‘tmaslikning iloji yo‘q. Bu darslar haqiqatdan ham siz uchun foydali bo‘lishi va sizning samarali o‘zlashtirishingiz uchun amalga oshirilgan. 

Kurs uchun to‘lov har oy yoki bir marotaba amalga oshiriladimi?

— Yo‘q, kurs uchun to‘lov bir marta amalga oshiriladi va shu bilan o‘quv jarayoni yakuniga qadar.

O‘quv jarayoniga qancha vaqt ajratish lozim?

— Kuniga 10 daqiqadan boshlab 2 soatgacha. Grafigi juda egiluvchan, u imkon qadar o‘quvchilarga moslashtiriladi. Darslarni asosiy mashg‘ulotlar yoki ishdan bo‘sh vaqtingizda o‘rganishingiz mumkin. 

O‘quv kursining davomiyligi qanday?

— Barchasi aslida o‘zingizga bog‘liq, siz uni bir oyning o‘zida ham tugallashingiz mumkin. Muammo sizning kursni qanchalik tez o‘zlashtirishni istashingizdadir. 
Sizni hech kim shoshiltirmaydi, albatta. O‘zingiz uchun qulay bo‘lgan istalgan vaqtda o‘rganishga kirishing. 

Uy vazifasini bajarish qanchalik muhim?

— Avvalambor shuni ta’kidlab o‘tish joizki, uy vazifalari Sizning xohish va maqsadlaringizga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. Bu grammatika va leksika uchun mashqlar, audio eshitish, o‘qish yoki so‘zlashish uchun vazifalar. 
Biz muntazam ravishda uy vazifalarini bajarishni tavsiya qilamiz, chunki ular o‘tilgan materiallarni yaxshiroq o‘zlashtirish va belgilangan maqsad sari tezroq odimlashga yordam beradi. Biroq, aytaylik, siz ishingizda o‘ta band bo‘lsangiz, unda uy vazifasi sizning imkoniyatlaringizdan kelib chiqib berib boriladi.

Mashg‘ulotlar qanday grafikda o‘tkaziladi?

— Mashg‘ulotlar uchun qulay vaqtni o‘zingiz tanlaysiz: ertalabki, kunduzgim kechki vaqtlar. 

Bir modulni o‘tish uchun qancha vaqt kerak bo‘ladi?

— Ushbu savolga aniq javob berib bo‘lmaydi. Barchasi o‘z urinishlaringiz, qobiliyatingiz va xohishingizga bog‘liq. 

Drone School’dagi mashg‘ulotlar oddiy kurslardan nimasi bilan afzal?

— Ish grafigi juda zich bo‘lgan band insonlar uchun 1,5-2 soat vaqtni yo‘lga, kurslarga yoki repetitorga yo‘qotish bu mislsiz ish hisoblanadi. 

Pullarni qaytarish kafolati.

— Siz o‘qituvchi va murabbiylarning barcha ko‘rsatmalariga jiddiy amal qilsangiz, barcha o‘rgatilgan materiallarni o‘rgansangiz, barcha modullardan muvaffaqiyatli o‘tsangiz va o‘qishni a’loga tugatdingiz deylik. O‘z onlayn-maktabingizni loyihalashtirdingiz va ishga tushirdingiz, lekin u daromad keltirishdan bosh tortdi. Mana shunday vaziyatda biz pulingizni to‘liq qaytarishni kafolatlaymiz.


@Khasanov

Report Page