FANIGAN tabletkasi haqida

FANIGAN tabletkasi haqida


TTA talabasi

Mallayev Ulmas




Fanigan tabletkasi



#Fanigan tabletkasi

#фаниган таблеткаси 





💊DORI SHAKLI 👇



Tabletka






💊TARKIBI 👇


Har bir tabletka o'zida : 500 mg paratsetamol va 50 mg diklofenak natriy moddasini saqlaydi.







💊TA'SIRIGA KO'RA 👇



Analgetik , ya'ni og'riq qoldiruvchi va antipiretik ta'sirga ega.





💊TA'SIR MEXANIZMI QANAQA 👇



Fanigan tabletkalari – yaqqol yalligʻlanishga qarshi, ogʻriqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi taʼsirga ega majmuaviy preparatdir. Bu preparatning farmakologik faolligi Fanigan tabletkalari tarkibiga kiruvchi paratsetamol va diklofenak natriyning xususiyatlariga bogʻliq.


 


Taʼsir mexanizmi: 👇


Paratsetamol: Qon tomirlarni kengaytirib va qon oqimini, ter ajralishini va teri orqali issiqlikni yoʻqotilishini kuchaytirib, gipotalamusdagi issiqlikni hosil boʻlish markaziga isitmani tushiruvchi taʼsirga ega deb hisoblanadi. Uning asosiy taʼsiri gipotalamusda prostaglandinlar sintezini susaytirish deb hisoblanadi.


Diklofenak -- Diklofenak natriy yaqqol ogʻriqni qoldiruvchi va yalligʻlanishga qarshi samaraga ega nosteroid vosita hisoblanadi. U prostaglandinlar (siklooksigenazalar) sintezining ingibitori sifatida taʼsir qiladi. 







💊QO'LLANILISHI 👇



-- Yalligʻlanish kasalliklari va degenerativ revmatizmdagi (revmatoid artrit, ankilozlovchi spondilit, osteoartrit, spondiloartrit) ogʻriq sindromida .



-- Umurtqa pogʻonasi kasalliklarida ogʻriq sindromida qo'llaniladi.



-- Podagraning oʻtkir xurujida qo'llaniladi.



-- Yalligʻlanish va shish bilan kechuvchi jarohatdan keyingi va operatsiyadan keyin ogʻriq sindromida qo'llaniladi.



-- Migrenning oʻtkir xurujida qo'llaniladi.



-- Buyrak va oʻt qopi sanchigʻida qo'llaniladi.



--Ogʻriq sindromi va yalligʻlanish bilan kechuvchi ginekologik kasalliklar (birlamchi algodismenoreya, adneksit va boshqalar)da qo'llaniladi.



-- Ogʻriq bilan kechuvchi quloq, tomoq, burunni oʻtkir yalligʻlanishli kasalliklari (faringit, tonzillit, otit va boshqalar)da qo'llaniladi.



-- Tish ogʻrigʻida qoʻllaniladi.






💊QO'LLASH USULI VA DOZASI 👇



Faniganni og'riq bo'lgan holatlarda tavsiya qilinadi. Kuniga 2 - 3 tabletkagacha mumkin. 


Ovqatdan keyin qabul qilinadi 







⭕️NOJO'YA TA"SIRI 👇



-- Ko'ngil aynish va qusish 


-- Bosh og'rig'i va bosh aylanishi kuzatilishi mumkin 


-- Me'da ichak sistemasida yara hosil qilishi mumkin ( uzoq qo'llanilganda ) .









❌QO'LLASH MUMKIN BO'LMAGAN HOLATLAR 👇


-- Preparatga allergik reaksiya bo'lganda .


-- Me'da ichak yara holatlarida mumkin emas 


-- Homiladorlik va emizish davrida mumkin emas .



-- Og'ir yurak yetishmovchiligida mumkin emas.





Faniganning geli ham bor .








📌Qo'llash -- retsept bilan

📌Ishlab chiqaruvchi -- Hindiston




https://t.me/joinchat/7qZ0b_jtzZczMWQy

Kanalimizga a'zo bo'ling 👆





@DORILAR_TMA

@FARMAKOLOGIYA_TTA



,, ТАБЛЕТКА " kanali






Report Page