FAMILY (Mafia) EP15

FAMILY (Mafia) EP15

Dreams chapter x Kim Yena
Ep15

Seokjin maxbuslar saqlanadigan xonada o'tirar ekan politsachilardan biri unga ovqat olib keldi. Bu uni eski yordamchisi Lee Joo Yeon edi.

-Detektiv Kim ko'rishmaganimizga ancha bo'ldi

-Joo Yeon seni ko'rganimdan xursandman.

-Men ham degan bo'lardimu ammo hozir sharoit bunday emas.

-Afsus, meni sotqin ekanligimga ishonasanmi?

-Yo'q, unday deb o'ylaganimda detektiv deb chaqirarmidim?

-Albatta yo'q. Raxmat menga ishonganing uchun

-Aslida sizga raxmat, meni tuxmat qilib hibsga olishganda katta yordam bergansiz. Men ham qo'limdan kelgan yordamni beraman.

-Rostanmi?

-Ha detektiv Kim

-Umuman olganda menga juda katta yordaming kerak

-Eshitaman sizni.

-Bankga borib bir narsani aniqlash kerak. Kim Moyon nomiga xisob raqami ochilgan, u yerda nima saqlanayotganini bil

-Hop, bajaraman

-Raxmat

-Yana yordam kerak bo'lsa bemalol

-Hop

Lee Joo Yeon ovqatni tashlab chiqib ketdi. Seokjin esa xonada asabiylashgancha o'tirardi. Jungkook bilan aloqaga chiqishni kimga ishonsa bo'ladi? Hech kimga... ayniqsa NISga...

Quyosh botish arafasi...Taehyung qora kastyumini kiydi so'ng pastga tushdi. Uni mashinada Jimin va Hoseok kutayotgan edi. Jimin mashina eshigini ochdi, Taehyung mashina o'tirdi. So'ng shahar chekkasidagi ibodatxonaga borishdi.

Ibodatxonada odamlar juda ko'p yo'lak motam gullari bilan to'lgan yo'lak oxiridagi eshiklari ochiq turgan xonadan ayol kishini yig'i ovozi eshitilardi. Taehyung qizargan ko'zini ishqaladi so'ng asta xonaga kirdi. Uni ko'rgan ayol o'rnidan turib bag'riga bosdi.

-Taehyung... Yoongi, og'lim...

Taehyung musht bo'lib turgan qo'llarini ochdi, ayolni bag'riga bosdi. Ammo Yoongini oyisiga nima deyishni bilmasdi... Hech kim uni ota-onasi vafot etganda taʼziya bildirmagan, hech kim unga dalda bermagan... Shu sababli ham u buni qanday qilishni bilmasdi. Ayol esa Taehyungni yelkasiga boshini qo'ygancha yig'lardi.

Lee Joo Yeon tushlik vaqtida bankga bordi.

-Salom men politsiyadanman

-Qanday yordam bera olishim mumkin?

-Men Kim Moyonni g'oyib bo'lish ishi bo'yicha tergov olib boryapkan detektiv Lee Joo Yeonman

-Aha

-Menga Kim Moyon hisobi haqida ma'lumotlar kerak

-Marxamat bu yerga yuring sizga ma'lumotlarni beraman

-Hop, raxmat

Kim Joo Yeon bank ishchisini ortidan ichkariga kirdi, ishchi unga xisob raqam haqidagi ma'lumotlarni berdi. Kim Joo Yeon ma'lumotlarni Seokjinga olib bordi.

-U haqga o'xshaydi, haqiqatdan ham otam ma'lumotlarni Moyonni nomiga hisob raqam ochib yig'gan ekan.

-U deganda kimni nazarda tutyapsiz?

-Aa... Bir tanishim

-Ha

-Raxmat

-Arzimaydi.

Lee Joo Yeon ma'lumotlarni olib xonasiga kirdi va Namjoonga qo'ng'iroq qildi.

-Hyungnim, sizlarda sotqin borga o'xshaydi, kimdir Seokjinga ma'lumot yetkazib turgan.

-Tushunarli, raxmat

-Sizga ham, haligi lavozimim oshishi haqida...

-Men aytgan ishimni albatta bajaraman

-Raxmat Hyungnim

Birozdan so'ng ayol tinchlandi, Taehyung Yoongini sur'atiga ta'zim aildi va xurmat extirom ko'rsatdi, uni ortidan Hoseok va Jimin ham ta'zim qilishdi so'ng birga mehmonlar uchun tayyorlangan joyga o'tirishdi.

-Bunga hali ham ishona olmayman

-Men ham

-U men uchun qadrli edi, o'z akamdek bo'lib qolgan edi

-U men uchun qadrli do'st edi. Uni yo'qligiga ishona olmayman, bu juda qayg'uli

-Ayniqsa uni oilasi uchun... Rafiqasiga achinaman yaqinda farzandli bo'lishligi kerak edi, tug'ilmay turib yetim qoldi farzandi...

-Afsus

Taehyung Hoseok va Jiminni suxbatini tinglab o'tirar ammo biror gap ayta olmasdi. Kimgadir dalda bera olmaslik uni ich-ichidan kemirardi. Yoongini o'limiga o'zini ayblardi... Agar uni mafia oilasiga olib kelmaganda, Yoongi pulsizlikdan qiynalsada bugun tirik, rafiqasi beva, bo'lajak farzandi esa yetim bo'lmasdi. Ammo endi afsus bilan hech nimani o'zgartirib bo'lmaydi.

-Taehyung seni biror gaping yo'qmi?

-Men...haligi...tashqariga chiqishim kerak

Taehyung o'rnidan turib tashqariga chiqib ketdi.

-Nega unga gapirasan?

-Nima xato qildim...

-Ko'rmayapsanmi? U Yoongini o'limida o'zini aybdor his qilyapti, hammamizdan ko'ra hozir unga qiyinroq

-Lekin hech nima demagandan bundayga o'xshamaydi...

-Tentak... Sen haqiqatdan ham hech nimani bilmaysan

-Ya'ni? Nimani bilmayman

-Taehyung va Yoongi o'rta maktabdan buyon yaqin do'st bo'lishgan.

-Ikkisimi?

-Umuman olganda uch kishi Taehyung, Namjoon va Yoongi

-Lekin Namjoon Yoongini xatto dafn marosimiga ham kelmadi.

-Bunga ham sabab bor

-Qanday?

-Min Mari

-Yoongini rafiqasimi?

-Ha

-Shoshma Namjoon Yoongini rafiqasini sevadimi?

"Bas qiling"-Taehyung jahl bilan ularni yoniga keldi. Shundan so'ng ikkisi ham jim bo'ldi.

-Ular haqida gapirganingizni ikkinchi eshitmay.

-Hop

-Men ketishim kerak

-Yaxshi

Taehyung ular orasidan ketdi. Mashinada ketar ekan o'tmishda uch do'stni ajratib yuborgan voqeani esladi.

15-qism tugadi.

Report Page